g) Atmosfera ifloslanishining o’simlik va hayvonlarga ta’siri. Sanoat korxonalaridan, transportdan, tog’-kon sanoatidan, maishiy-kommunal xo’jalikdan, qishloq xo’jalik mashinalaridan chiqayotgan va atmosferaga qo’shilayotgan chang, kul, qurum, tutun, zaharli gazlar yana qaytib Yer yuzasidagi o’simlik barglariga, tuproq va suv orqali esa ildiziga o’tadi, daraxtlar kam hosilli bo’lib qoladi.
Hayvonlar esa iflos havodan nafas olganda organizmida zaharli changlar va gazlar yig’ilib, ularning kasallanib, o’lishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |