Ultirabinafsha nurlari
Ozon qatlamining emirilishi oqibatida Er yuziga tushayotgan ultirabinafsha nurlarning miqdori oshib bormoqda. Ultirabinafsha nurlar insonlarda teri rakining oshishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bu yana boshqa organizmlarga ham ziyon etkazishi mumkin. Ozon qatlami Erdagi hayotni ta’minlash uchun juda muhim sanaladi, shu sabab butun dunyo davlatlari sanoatida CFC ni ishlatishni to‘xtatishi lozim.
Ozon qatlami erdagi hayotni va Er yuzini xavf – xatardan muhofaza etadi.
Qayta ishlash
Bu qayta foydalanishning bir ko‘rinishi bo‘lib, unda tabiiy resurslarni yoki tovarlarni o‘zgartirib taqdim etishni o‘z ichiga oladi. Qayta ishlanadigan materiallar o‘z ichiga shishalar, metallar, qog‘oz, plastmassa, hovli va oshxona jihozlarini qamrab oladi.
Qayta ishlash va qayta foydalanishning farqi nimada?
Plastiklarni boshqa materiallarga nisbatan qayta ishlash biroz qiyinroq. CHunki, ko‘plab plastik turlaridan foydalanilmoqda. Har bir plastik konteynerlarida plastiklarni ishlashda foydalangan tur ko‘rsatiladi va qayta ishlash kodi belgilanadi. Ko‘plab plastik qoplar 2 yoki 4 plastik turidan ishlab chiqariladi. 6 va 7- turlar har doim ham qayta ishlanmaydi, chunki ular turli xil plastiklar aralashmasidan hosil qilingan. Qayta ishlashdan avval har bir plastik turi ehtiyotlik bilan ajratilish kerak.
*Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005 (49- bet, 61- bet, 68- bet; 103-104;113-114; 135-betlar )
Atmosferaning tuzilishi va asosiy xususiyatlari
Atmosfera er sharining havo qobig‘i bo‘lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobig‘i bo‘lmaganida er yuzasida kunduzi q1000S va kechqurun-1000S harorat kuzatilgan bo‘lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km balandlikdan o‘tadi. Atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo‘lib, uning asosiy massasi(90%) 10-16 km balandlikkacha bo‘lgan quyi troposfera qismida joylashgan. Troposferada har 100 metrga ko‘tarilganda havo harorati 0,60S ga kamayadi va q400S dan –500 S gacha pasayadi. Ob-havo va iqlim asosan troposferadagi jarayonlar bilan bog‘liq. Atmosferaning shu qatlamida barcha yog‘inlar va bulutlar hosil bo‘ladi, bo‘ronlar yuz beradi. Troposfera ustida 40-50 km. gacha balandlikda stratosfera joylashgan va unda harorat pasayib boradi. Stratosferada 22-24 km oraliqda Erdagi tirik organizmlarni ximoya qiladigan, ultrabinafsha nurlanishning katta qismini yutib qoladigan ozon(03) qatlami joylashgan. Ozon gazi yig‘ilganda yupqa, 2-4 mm qatlamni hosil qiladi, lekin himoya ahamiyati juda
Atmosferada uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari mavjud bo‘lib, so‘nggi yillarda inson ta’sirining kuchayishi natijasida gazlar balansining o‘zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi azot va kislorodning miqdori juda katta bo‘lishiga qaramasdan salbiy ta’sir tobora kuchayib bormoqda. Kislorodning asosiy manbai bo‘lgan o‘rmonlarning maydoni tezlik bilan qisqarmoqda, okeanning neft maxsulotlari bilan ifloslanishi fitoplankton (suv yuzasida suzib yuradigan mikroskopik o‘simliklar) faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmoqda. qazilma yoqilg‘ilardan foydalanish jarayonida o‘nlab milliard tonna kislorod sarf bo‘lmoqda. Bu jarayonlar kelajakda kislorod balansining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |