Atlari ” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga berilgan tashqi taqriz



Download 15,94 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi15,94 Kb.
#219648
Bog'liq
tashqi taqriz


Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Sharq filologiyasi fakulteti “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi magistranti

Tursunboev Akbar Dilmurod o’g’lining “Ketma-ket tarjimaning lingvistik va ekstralingvistik jihatlari

mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga berilgan

TASHQI TAQRIZ

So‘nggi yillarda yurtimizda bir qancha tarmoqlar shiddat bilan rivojlanmoqda, shu jumladan hukumatimiz tomonidan aynan maktabgacha ta’lim tizimiga bo‘lgan e’tibor ham yuqori. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasi dolzarbligicha qolmoqda.

Yosh avlodni sog‘lom, ma’naviy va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘rgatish, sport va badiiy yo‘nalishdagi to‘garaklar tashkil etilishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois, intellektual salohiyati yuqori, chet tillarda erkin so‘zlasha oluvchi farzandlarni tarbiyalash asosiy maqsadlardan biridir.

Hozirgi kunda nafaqat maktab va oliy o‘quv yurtlari talabalariga, balki maktabgacha talim muassasasi tarbiyalanuvchilari va turli sohada ishlovchi xodimlarga ham chet tilini, xususan, xitoy tilini o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. Buning sababi bor, fan va madaniy jihatdan rivojlangan davlatlarning tillarini o‘rganish jahon ilm- fani va taraqqiyoti yutuqlarini egallashning bosh omilidir.

Tursunboev Akbar Dilmurod o’g’li mazkur mavzuga qo‘l urishi, xitoy tajribasi asosida ketma-ket tarjimaning lingvistik va ekstralingvistik jihatlari tadqiq etishi juda dolzarb vazifadir. Magistrlik dissertatsiya ishida eng zamonaviy uslubiy qo‘llanmalar hamda kataloglar yordamida bir nechta interfaol metodlar tadqiq etilganiga amin bo‘ldim. Qolaversa, 3-6 yosh oralig‘idagi bolalarga ta’lim berish jarayonida zerikarli metodlar asosida emas, balki umuman yangilik bo‘lgan interfaol usullarni umumlashmasidan kelib chiqqan holda ta’lim berish eng yuqori natijalarni berishi to‘liq ifodalangan va isbotlangan.

Aynan ana shu bitiruv malakaviy ishida keltirilgan barcha usullardan amaliyotda ham to‘liq foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblayman.

Mazkur bitiruv malakaviy ishida ham ba’zi kichik kamchiliklar mavjud. Masalan, orfografik xatolar va pininglarda lotin alifbolarining qo‘llanilishida ba’zi kamchiliklar aniqlandi.

Mazkur kichik kamchiliklar bitiruv malakaviy ishining mazmun mohiyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi, Tursunboev Akbar Dilmurod o’g’lining “Ketma-ket tarjimaning lingvistik va ekstralingvistik jihatlari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi to‘liq yakunlangan, xulosalar aniq dalillar yordamida keltirilgan. Bitiruv malakaviy ishi himoyaga tavsiya etiladi hamda yuqori ijobiy bahoga loyiq deb hisoblanadi.



Nizomiy nomidagi

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Xorijiy tillar 2” kafedrasi mudiri PhD Yunusova N.
Download 15,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish