nomadic uzbek’s state
|
государство кочевых узбеков
|
ko’chmanchi o’zbeklar davlati
|
– Janubiy-G’arbiy Sibirda Abulxayirxon asos solgan (1428) davlat. Poytaxti Tura shahri bo’lgan. Abulxayirxon juda qisqa vaqt ichida mayda qismlarga bo’linib ketgan Shaybon ulusining katta qismida o’z hukmronligini o’rnatishga erishgan. 1468-yilda Abulxayrxon vafot etgach bu davlat parchalanib ketadi. Faqat uning nabirasi Muhammad Shayboniyxon XV asrning 80-yillarida bu davlatni qayta birlashtirishga muvaffaq bo’ladi va temuriylar davlatiga istilochilik yurishlarini boshlab, temuriylardan hokimiyatni tortib olishga muvaffaq bo’ladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |