mufti
|
Муфти
|
muftiy
|
– musulmondunyosida oliy martabali ruhoniy. Muftiy diniy-huquqiy masalalarni izohlash, talqin etish, shariatni tadbiq etish masalalarida hal qiluvchi huquqqa ega bo’lgan. Muftiy qozikalon murakkab deb hisoblovchi turli diniy va huquqiy masalalar bo’yicha shariatga asoslanib fatvo (qaror) chiqargan. Bu fatvo uning yoki bir necha muftiyning muhri bilan tasdiqlangach, qoziga berilar edi. Qozi bu fatvoga asoslangan holda hukm chiqargan.
|
munshi
|
Мунши
|
munshi
|
– O’rta Osiyo xonliklari davrida xonlar va ayrim hokimlarning shaxsiy kotibi. Munshi lavozimiga odatda, ma’lumotli va chiroyli yozadigan kishilargina olingan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |