Davlat mexanizmi muayyan obektiv tamoyillar asosida amalga oshiriladi, bu esa jamiyatni davlat tomonidan idora etishning samaradorligini taminlash kafolati hisoblanadi. Qonun chiqarish va ijro etish vakolatlari ayni bir shaxs qo`lida yoki ayni bir organ ixtiyorida jamlangan bo`lsa, erkinlik mavjud bo`lmaydi, zero davlat boshlig`i yoki parlament noto`g`ri qonunlar qabul qilishi va ulardan turli maqsadlarda foydalanishi mumkin. Shu sbabli hokimyatlar bo`linishi printsipiga amal qilinishi lozim. Hokimyatlar bo`linishi uchala hokimyatning muvozanatini, tengligini hamda ularning o`zaro bir-birini tiyib turishini va qarama-qarshi tasir etishini taminlovchi tizmidir.
Davlatga o`z hokimyatini amalga oshirish imkonini beruvchi tashkiliy modiy kuch – bu davlat apparatidir. Bu apparat davlatning nimadan tashkil topganligini anglatadi. Davlat apparati – davlat hokimyatini amalga oshiruvchi organlar tizmi. U davlat oldida turgan maqsad va vazifalarni bajarishga qaratilgan asosiy funksiyalarni ado etadi. Apparat – jamiyatda boshqaruvni amalga oshiruvchi lavozimli hodimlar va boshqaruv organlar yig`indisidir. Davlat va huquq nazariyasida davlat hikimyatini amalga oshiruvchi maxsus tashkilot <> va <> atamalari bilan ifodalanadi. Yuridik adabiyotlarda <> va <> degan tushunchalar ko`p uchraydi. Bu tushunchalar bir xil ma`no va mazmunga ega . Lekin <> kengroq tushuncha bo`lib, unga davlat organlaridan tashqari, davlat apparati ishini tashkil qiluvchi va unga yordam beruvchi bo`limlar, muassasalar ham kiradi. Ularga tayanib, davlat apparati o`z faoliyati – davlat funksiyalarini amalga oshiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy islohotlarda davlatning ro`li, uning bosh islohotchilik xususiyatlarini ushbu sermazmun ishni amalga oshirishda davlatning, davlat organlarining va eng asosiysi, davlat mehanizimining tutgan o`rni beqiyosdir. Davlat mexanizimida jamiyat oldidagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi vazifa va funksiyalarni bajarish maqsadida, bir qanchha davlat organlari iyerarxiya asosida yagona bir tizimga birlashadi. Shuningdek, u o`z funksiyalarini bajarib, davlat hokimyatini amalga oshiradi.
Davlat mehanizimi davalt apparatiga nisbatan ancha keng va muarkkab. U davalat apparati va tashkilotlar tizmidan iborat bo`lib , ular vositasida davlat hokimyati amalga oshiriladi va jamiyat ustidan davlatnin rahbarligi ta`minlanadi. Har qanday holatda ham barcha tarkibiy qismlarning faoliyati uning o`z oldiga maqsad, vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgandir. Davlat mexanizimi davlat apparatidan tashqari davlat korxona va muassasalarini ham o`z ichiga oladi va harbir davlat organi, tashkiloti vakolatlari va faoliyat doirasining muayyan huquqiy asoslarga ega ekanligi, davlatning o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalarini hamda funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkiliy, moliyaviy va boshqa vositalar bilan ta`minlaganligi uning mihim belgilaridan hisoblanadi.
Broq bu o`rinda gap o`ziga xos qisimlardan iborat bo`lgan, ular o`rtasidagi aloqalar davalt shaklini belgilab beruvchi muayyan tarkibdagi boshqaruv tizmi haqida boradi. Bunda davlatning ham <> ham <> ni belgilab beruvchi <> tushunchasi asosiy tushuncha hisoblanadi. Shuning uchun ham biz << davlat apparati>> va <>ni sinonim sifatida tushunamiz.
Hokimyatlar bo`linishi prinsipi – bu davlat hokimyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyati tarmoqlariga taqsimlanishidir. Davlat hokimyati vakolatlarining taqsimlanishi (mohiyati) – bu hokimyat har uchala tarmog`ining muvozanatini, tengligini hamda ularning o`zaro bir-birini tiyib turishini va qarama-qarshi ta`sir etishini ta`minlovchi tizimdir. Ayni paytda ushbu organlar vakolatlari shundayki ular bir-biridan xoli harakat qila olmaydi va davlat hokimyati uch mustaqil tarmoq kooperatsiyasi jarayonida amalga oshiriladi. Hokimyat vakolatlari taqsimlanishi prinsipi mazmunini tavsiflovchi quyidagi jihatlarni ko`rsatib o`tish mumkin: - demokratik davlatlarda hokimyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlari o`zaro yagona davlat mexanizimi bilan chambarchas bog`lanibgina qolmay, balki nisbatan ular mustaqil hamdir; - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari o`rtasida hokimyatlarning muayyan nisbati mavjud bo`ladi hamda cheklovlar va muvozanat tizmi amal qiladi. Hokimyat vakolatlari taqsimlanishi prinspi davlat va huquq nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo`lib, unga ko`ra yagona davlat hokimyati mustaqil va bir-biriga bo`ysunmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatiga bo`linadi (ular bilan bir qatorda ba`zan ta`sis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimyati ham ajratiladi ). Ushbu prinspning vazifasi davlat hokimyati to`laligicha bir shaxs yoki organ qo`lida jamlanishiga yo`l qo`ymaslikdan iboratdir. Shuni aytib o`tish joizki hokimyatning to`liq bir shaxs yokim organ qo`lida jamlanishi demokratiya va inson huquq hamda erkinliklariga bevosita xavf tug`diradi, avtoritar tuzim o`rnatilishiga olib keliadi.
Hokimyat vakolatlarini taqsimlash nazariyasi fransuz mutafakkiri Sh.L.Monteskening <> asarida bayon etilgan. Uning fikricha, adolatli qurilgan davlattda hokimyat yagona emas, balki aksincha bir-biriga tobe bo`lmagan uchta hokimyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyati bo`lishi shart. Ularning har qanday ko`rinishda biron-bir organ yoki shaxs qo`lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetkazadi, suiiste`molliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi blan aslo kelishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimyatlarning bir qo`lda birlashtirilishi qonunning ustun bo`lishiga zarar yetkazadi, agar, sudyalar faqat sudlov bilan mashg`ul bo`lmay, qonun yaratish ishi bilan shug`ullansa, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin.
Hokimyat vakolatlari taqsimlanishi prinspi ilk bor 1787-yilgi AQSH Konstitutsiyasida o`z ifodasini topgan. Ushbu prinspga ko`ra hokimyat vakolatlari nafaqat uning turli tarmoqlari o`rtasida taqsimlanadi, balki <> orqali ular bir-birini nazorat qiladi. Hokimyat vakolatlari taqsimlanishi tamoyili O`zbekiston Respublikasdi Knistitutsiuyasining 11- moddasida konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri sifatida mustahkamlab qo`yilgan. Unga ko`ra <>.
Do'stlaringiz bilan baham: |