Bofta gulli islimi – o‘simlik elementlaridan tuzilgan dona gulli naqshlarning bir turi.
Bofta – naqshlardan aylanib o‘tib, tanob singari hosil qilingan shakl.
Gajak – gajaksimon qayrilgan naqsh.
Gajak gul – naqsh elementi, ikki tomonlama gajagi bor.
Gardish – doiralardan tashkil topgan, ritmik joylashgan naqshlar kompozitsiyasi.
Gardish guli – gardishga (aylanma) ga o‘xshatib solingan naqsh.
Geometrik ornament – naqsh turi, har xil geometrik shakllardan tuzilgan.
Girdob – aylana naqsh.
Girih – geometrik shakllardan tuzilgan naqsh. CHigal tugun, handasiy naqsh.
Guash – elimli bo‘yoq turi, suvda eriydi. Guash ustidan boshqa bo‘yoqni surish mumkin.
Gulzori iroqi – murakkab o‘simliksimon elementlardan tashkil topgan naqsh.
Do'stlaringiz bilan baham: |