2. Tashqi siyosat. Buyuk Britaniya AQSHga tayandi, o‘zining NATOdagi ishti rokini faollashtirdi, AQSHning Hindixitoydagi tajovuzkor siyosatini, Janubiy Afrika va Janubiy Rodeziyadagi irqchilik rejimlarini qo‘llab-quvvatladi. 1969-yili Shimoliy Irl andiya muammosi yana keskinlashdi va Buyuk Britaniya u yerga qo‘shin kiritdi. Brita niya imperiyasining qoldiq larini saqlab qolishga intilib, 1982-yili Folklend orollari uchun Argentina bilan urush olib bordi. Bu urushda “imperiyachilik tafakkur”ini namoyon qilgan Buyuk Britaniya g‘alaba qozondi.
3. Fransiya. Ikkinchi jahon urushi Fransiyaga nihoyatda katta zarar yetkazdi. 1945-yili sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi darajasining yarmiga ham yetmadi. Moliya tizimi izdan chiqqan edi. Aholi asosiy qismining moddiy ahvoli keskin yomonlashdi.
4. To‘rtinchi respublika. 1946-yili Fransiyaning yangi konsti tutsiyasi kuchga kirdi. Bu Yevropadagi eng demokratik konstitutsiyalardan biri bo‘ldi.
Boshqa G‘arb davlatlari singari Fransiya ham «Marshall re jasi»ga qo‘shildi. Xo‘jalik katta tezlik bilan tiklandi. 1950-yillari iqtisodiy o‘sish boshlandi. To‘rtinchi respublika yillarida sanoatning zamonaviy sohalari paydo bo‘ldi. Ammo ichki siyosiy va iqtisodiy rivojlanishning murakkabligi siyosiy va ijtimoiy holatning keskinl ashuviga olib keldi. 1958-yili Fransiyada navbatdagi siyosiy inqiroz boshlandi. Hokimiyatga kelgan Sharl de Goll Milliy majlisni tarqatib yubordi. To‘rtinchi respublika barham topdi.
5. Beshinchi respublika. 1958-yil sentabrda referendum o‘tka zilib, unda fransuzlar Sh. de Goll boshchiligida ishlab chiqilgan konst itutsiyani ma’q ulladilar. 1958-yil 21-dekabrda Sh. de Goll Fransiya prezidenti qilib saylandi.
Fransiyaning buyukligini tikl ashga intilgan Sh. de Goll kuchli iqti sod va mustaqil tashqi siyosatga ega bo‘lgan davlatni shakllantirishga kirishdi. Mustamlakachilik endi o‘tmish ekanli gini tushungan prezident 1960-yili Fransiyaning Afrikadagi deyarli barcha mustam lakalariga musta qillik berdi.
1960-yillar oxirida Fransiya iqtisodiyotini modernizatsiya qilish davom etdi. Fransiya sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yirik eksport qiluvchisiga aylandi. Fransuz mehnatk ashlarining moddiy farovonligi ham ancha yaxshilandi.
Ammo 1960-yillar oxirida Beshinchi respublikada inqiroz boshlandi. Davl atning qat’iy tartibga solish siyosati fransuz jamiyatining ko‘plab qatl aml arini norozi qildi. 1968-yil mayda Parij talabalarining namoyishi boshlandi. Prezident tashabbusi bilan o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning ko‘pchiligi prezidentni qo‘llamadi. Sh. de Goll iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.
1970-yillarning oxirida Fransiya iqtisodiyoti juda murakkab holatda edi. Shundan so‘ng sotsialist Fransua Mitteran Fransiya prezidenti etib saylandi. So‘l kuchlarning hamkorlikdagi dasturida ko‘pchilik fransuzlar manfaatiga mos bo‘lgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotl ar ko‘zda tutildi. Biroq inflatsiyani to‘xtatishning iloji bo‘lmadi. Ishsiz lik ham oshib bordi. Bu siyosat kichik o‘zgarishlar bilan 1992-yilgacha saqlab qolindi.