3. Tashqi siyosat. Jahonda yetakchilik mavqeyini egallab olgan AQSH Ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda ikkita tamoyilning uyg‘unli giga asoslangan faol tashqi siyosat olib bordi. Birinchidan, AQSH kuch yordamida o‘zlariga ma’qul bo‘lmagan o‘zgarishlarga qarshilik qildi. Ikkin chidan, qarshilik qilish mumkin bo‘lmagan hollarda ularga moslashib, bu o‘zgarishlardan saboq olishga intildi. Jahonda o‘z gegemonligini o‘rnatishga uringan AQSH, yer yuzining barcha mintaqalar ida xalqaro munos abatlarga faol aralashdi. Ko‘p marta o‘z manfaatlarini ta’minlash uchun G‘arb demokratiyasini himoya qi lish bahonasida boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuchdan foydalandi. Masalan, 1965 – 1973-yillari AQSH Vyetnamda faol urush harakatlarini olib bordi.
SSSRni o‘zining asosiy mafkuraviy, siyosiy va harbiy raqibi deb hisoblagan AQSH «sovuq urush» yillarida uzoq vaqt SSSRga va uning ittifoqchilariga qarshi harakat qilib, ko‘plab iqtisodiy, siyosiy va harbiy ittifoqlarni tashkil qildi.
SSSRda M. S. Gorbachyov boshchiligida yangi siyosiy rahbariyat ning hoki miyatga kelishi bilan sovet – Amerika munosabatlarida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar boshlandi. Ayniqsa, Strategik hujum qurollarini cheklash va qis qartirish to‘g‘risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Boshqa ko‘plab sohalarda ham sovet – Amerika munosabatlari yaxshilandi. Shunday holat 1991-yil SSSR tarqalib ketgunga qadar davom etdi.
Atamalar izohi:
Retsessiya (chekinish) – bu atama iqtisodiyotda ishlab chiqarishning nisbatan mo‘tadil pasayishini yoki iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashuvini bildiradi.
Gegemon (rahbarlik, hukmronlik) – hukmron bo‘lishga, boshqa davlatlar va xalqlar ustidan hukmronlik qilish uchun intilishga asoslangan siyosat.
Konversiya (aylantirmoq, o‘zgartirmoq) – harbiy sanoat kompleksi korxonalarini xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga o‘tkazish. Urushdan keyin sanoatni tinchlik davriga moslab qayta qurish.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Urushdan keyin AQSH iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari to‘g‘risida gapirib bering.
2. AQSHda makkartizm siyosati nimaga qaratilgan edi?
3. Prezident R. Nikson qanday islohotlarni amalga oshirdi?
4. «Reyganomika» nima va R. Reygan davridagi iqtisodiy o‘sishning sabablari nimada edi?
5. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSH tashqi siyosati qanday asosiy prinsiplarga tayandi?
6. XX asrning 80-yillarida Sovet Ittifoqi va AQSH munosabatlari haqida nimalar bilasiz?
Test
Do'stlaringiz bilan baham: |