Atamalar izohi:
Katolitsizm – xristian dinining asosiy mazhablaridan biri.
Avtoritarizm – siyosiy rejim, unda jamiyat davlat va uning boshlig‘iga bo‘ysundiriladi, hokimiyat tepasida turgan shaxs o‘zini o‘zi shu hokimiyatga haqli deb e’lon qiladi.
Kortes – Ispaniya va Portugaliyada parlamentning nomlanishi.
Dekret – (decretum— qaror, decernere —qaror qilish) – davlat organi va lavozimdagi shaxsning huquqiy akti, qarori.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Nima uchun Italiyadagi siyosiy inqiroz fashistlarning hokimiyatga kelishi bilan yakunlandi? Italyan fashizmining asosiy jihatlarini ta’rifl ang.
2. B. Mussolini haqida nimalarni bilasiz?
3. Italyan fashistlarining militaristik va tajovuzkor tashqi siyosati nimalarda namoyon bo‘ldi?
4. Birinchi jahon urushidan keyin Ispaniyada ichki ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning kuchayishiga nima sabab bo‘ldi?
5. Nima uchun Primo de Rivera hokimiyatni o‘zida saqlab qola olmadi?
6. Ispaniyada Xalq fronti hukumatining inqiroziga nimalar sabab bo‘ldi?
7. Ispaniyada falangachilar g‘alabasining va Franko diktaturasi o‘rnatilishining sabablari nimada edi?
10-MAVZU. 1918 – 1939-YILLARDA LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI
Janubiy Amerikada va Shimoliy Amerikan ing janubiy qismida joylashgan davlatlar, shuningdek, Karib dengizidagi orollar Lotin Amerikasi mamlakatlari deb ataladi. Bu nom yevropaliklar bosqinidan keyin mahalliy aholi lotin tilidan kel ib chiqqan ispan, portugal, fransuz tillarida so‘zlasha boshlaganlari uchun berilgan.
Bu gun xalqaro huj jatlarda bu hudud «Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlak atlari» deb yuritiladi.
1920-yillarda mintaqadagi holat. Birinchi jahon urushi Lo tin Ame rikasi mamlakatlarida kapitalizm rivojlanishi jarayonini yanada jadallashtirdi.
Yevropadan keladigan tovarlar va kapital oqimi vaqtincha kamaydi. Jahon bozorida mintaqa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va xomashyo mahsulotlarining narxi, xususan, Kuba shakarining narxi 11 marta oshdi. Bu kapitalning jamg‘arilishi, mahalliy ishlab chiqarishning rivojlanishi, iqtisodning nisbatan barqaror sur’atlar bilan o‘sishi uchun imkoniyat yaratdi. Agroeksport, tog‘-kon va yengil sanoat tarmoqlari jadal rivojlandi. Ammo 1920-yillar oxiriga kelib ekstensiv asosda iqtisodni samarali rivojlantirishning imkoniyatlari tugadi.
1920-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari siyosiy jihatdan faqat nomigagina respublika edi. Aholining katta, ayniqsa, yirik iqtisodiy va madaniy markazlardan uzoqda joylashgan ko‘pchilik qismi savodsiz yoki kamsavod bo‘lib, saylovlarda qatnashmasdi va demokratik tuzum uchun ijtimoiy asos bo‘la olmasdi.
1920-yillardagi liberal islohotchilik Lotin Amerikasida ancha oyoqqa turgan mahalliy burjuaziyaning, shuningdek, aholining keng qatlami manfaatlarini aks ettirardi. Shu sababli islohotchi hukumatlar ijtimoiy siyosatga katta ahamiyat qaratdi. Argentinada Ipolito Irigoyen hukumatining faoliyati bu davr liberal-islohotchilik siyosatiga yorqin misol bo‘lishi mumkin. Uning hukumati milliy sanoatning rivojlanishini rag‘batlantirdi, davlat neft sanoatini shakllantirdi. Qishloqda kuchli fermerlar qatlami shakllandi, ijarachilarning ahvoli yaxshilandi. Irigoyen 8 soatlik ish kuni to‘g‘risida qonun qabul qilinishiga erishdi. Ish haqi oshirildi, ishchi va xizmatchilarning katta qismi uchun pensiya belgilandi, o‘smirlar va ayollar mehnati cheklandi. Irigoyen Argentinaning milliy suverenitetini qat’iy himoya qildi.
1930-yillarda Lotin Amerikasi. Iqtisodda davlat rolining oshishi. 1929 – 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Lotin Amerikasi mamlakatlarida qaror topgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning salbiy tomonlarini, iqtisodning tashqi bozorga haddan tashqari qaramligining og‘ir oqi batlarini ochib tashladi. Inqiroz yillari Lotin Amerikasi mamlakatlarining an’anaviy mahsulotlariga jahon bozorida talab kamayib ketdi. Minglab plantatsiyalar, zavod va fabrikalar to‘xtab qoldi. O‘z xaridorini topmagan millionlab tonna qahva, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yo‘q qilindi. Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar xonavayron bo‘ldi. Yuz minglab kishilar ishsiz qoldi. Mehnatkashlar, aholi o‘rta qatlamining umumiy yashash darajasi yomonlashdi. Iqtisodiy inqiroz mintaqadagi hukmron rejimlarni jamiyatdagi tayanchidan mahrum qildi, ijtimoiy beqarorlikning o‘sishiga, jiddiy siyosiy o‘zgarishlarga olib keldi. Ayni paytda, har bir mamlakatda voqealar turlicha rivojlandi.
Masalan, aynan shunday holat tufayli Argentinada 1930-yili harbiy to‘ntarish amalga oshirilib, Ipolito Irigoyenning ikkinchi hukumati ag‘darib tashlandi, hokimiyatga konservator guruhlar qaytdi. Braziliyada aksincha, inqiroz bu yerda hukmronlik qilayotgan «qahva oligarxiyasi»ning pozitsiyasini susaytirdi va bundan muxolifatchi burjua-millatchi doiralar foydalanib qoldi. 1930-yilgi burjua inqilobi oligarxiya rejimini ag‘darib tashladi. Kolumbiyada ham shu yili konservativ oligarxiya rejimi o‘rniga liberal-islohotchilar keldi. Chili va Kubada ommaviy inqilobiy chiqishlar natijasida inqirozdan sal oldin hokimiyatga kelgan diktatorlik rejimlari ag‘darib tashlandi.
Shu tariqa, 1930-yillarda Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida ko‘pincha bir-birini almashtirgan turli siyosiy rejimlar – boshqaruv shakli bo‘yicha diktatorlik va konstitutsion, ijtimoiy mazmuni bo‘yicha konservativ, liberalislohotchi, millatchi va so‘l kuchlar hukmronlik qilishda davom etdilar. Bu davrda davlatning iqtisodiy faollashuvi Lotin Amerikasida kapitalistik taraqqiyot yo‘lidan ancha oldinlab ketgan Argentina, Meksika, Braziliya, Chili va Urugvay kabi davlatlar uchun xos jarayon edi. 1930-yillarda Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiy siyosatida yuz bergan o‘zgarishlar mahalliy ishlab chiqarishning o‘sishi va milliy kapitalning kuchayishiga olib keldi.
Lotin Amerikasi va AQSH munosabatlari. Jahon urushlari oralig‘ida Lotin Amerikasi davlatlari uchun muhim muammo ularning AQSH bilan munosabatlari bo‘ldi. Birinchi jahon urushi yillarida Lotin Amerikasiga Yevropa davlatlari e’tiborining susayishidan foydalangan AQSH kapitali Markaziy va Janubiy Amerikaga kirib keldi. AQSHga qarshi kayfiyatlarning avj olishidan xavfsirab va mintaqada o‘zining ta’sirini oshirish maqsadida 1933-yili AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt o‘z hukumatining Lotin Amerikasi davlatlariga intervensiya uyushtirmasligini va boshqa ko‘rinishda bu davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini hamda ular bilan «yaxshi qo‘shnichilik» munosabatlari o‘rnatishini e’lon qildi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida 1920-yillar oxiriga kelib iqtisodni ekstensiv asosda samarali rivojlantirishning imkoniyatlari tugadi. 1933-yilda AQSH prezidenti F. Ruzvelt o‘z hukumatining Lotin Amerikasi davlatlariga «yaxshi qo‘shnichilik» munos abatlari o‘rnatishini e’lon qildi.
Bu Lotin Amerikasiga nisbatan AQSH siyosatining o‘zgarganligini, ekspansiyaning yumshoqroq shakliga o‘tilganligini anglatdi va Amerika qit’asi davlatlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning yaxshilanishida ijobiy qadam bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |