Atamalar izohi: Industrial sivilizatsiya


Kuba: modernizatsiyalashning inqilobiy varianti



Download 1,47 Mb.
bet74/87
Sana26.02.2022
Hajmi1,47 Mb.
#471477
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87
Bog'liq
10-sinf Jahon tarixi Vord darslik

1. Kuba: modernizatsiyalashning inqilobiy varianti. 1950-yillar oxirida Karib dengizidagi kichikina orol – Kubada yuz bergan voqealar butun dunyoning e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Kuba jamiyatni modernizatsiya qilishning inqilobiy yo‘lini tanladi.
1959-yil 1-yanvar kuni Fidel Kastro boshchiligida qo‘zg‘olonchilar Kuba poytaxti Gavana shahriga kirib kelishdi, inqilob g‘alaba qozondi. F. Kastro hukuma ti faqat keskin sifat o‘zgari shi Kubani qo loqlikdan olib chiqadi, jamiyatni taraqqiyot ning zamonaviy darajasiga ko‘taradi, deb o‘ylab, keskin ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirdi.
AQSHning Kubadagi yangi hukumatga dushmanlarcha munosabati aniq bo‘lgach, F. Kastro hukumati SSSR bilan kelishuv orqali mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlay boshladi. Bu esa 1962-yilgi Karib inqiroziga olib keldi.
Kuba dastlabki davrda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini modernizatsiya qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Sof agrar mamlakat bo‘lgan Kubani agrar-industrial mamlakatga aylantirish kursi tanlandi.
Ammo 1980-yillardan jamiyatni modernizatsiya qilishning Kuba vari an tida ma’lum kamchiliklar ko‘zga tashlana boshladi. Iqtisodiy o‘sish sur’a tlari, aholining yashash darajasi pasaydi. SSSRning parchalanishi Kuba uchun juda katta zarba bo‘ldi. 1990-yillarda ko‘pchilik F. Kastro rejimining qulashini bashorat qilgan edi. Ammo bu rejim saqlanib qoldi.
2. Chili: modernizatsiyaning neokonservativ varianti. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘tgan vaqt davomida Lotin Amerikasi mamlakatlari jami yatni modernizatsiya qilishning optimal va riantini izladilar. 1960-yillari Chilida hukumat mamlakatni modernizatsiyalashga harakat qildi. Bunda u ilgari ilg‘or mamlakatlarda sinovdan o‘tgan islohotchilik tizimlariga tayandi. Ammo boshlangan islohotlar borgan sari jamiyatdagi bo‘linishni kuchaytirdi, mamlakat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohalarida keskinlikni yuzaga keltirdi. Navbatdagi prezident saylovlaridan oldin Xalq birligi bloki tashkil qilinib, unga kommunistlar, sotsialistlar, radikallar va Xalq faoliyati yagona harakati kirdi. 1970-yili shu blok nomzodi Salvador Alyende Chili prezidenti qilib saylandi.
S. Alyende hukumati chuqur islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. Ammo jamiyat manfaatl ariga ta’sir qiladigan, odatdagi hayot tarzini, an’anaviy ijtimoiy aloqalarni buzadigan har qanday tadbir singari S. Alyende hukumati boshlagan islohot lar ham mamlakatda turli qarashlar, qarshiliklarni keltir ib chiq ardi. 1973-yili . davlat to‘ntarishi amalga oshirilib, hokimiyatga general Augusto Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi. Chilida qamal holat i e’lon qilin di. Konstitutsiya va deyarli barcha demo kratik erkinliklar bekor qilindi.
Pinochet hukumati tan lagan mo derni zatsiyalashning neokonservativ varianti katta ijtimoiy muammolarga olib keldi. Avvalo, ish haqi, ayniqsa, islo hotlarning dast labki yillarida, se zilarli darajada kamaydi, ishsizlik keskin oshdi.
Neokonservativ modernizatsiyalashning bunday ziddiyatli natijalari mamlakatdagi umumiy siyosiy muhitga ham ta’sir ko‘rsatdi. 1989-yili o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida Xristian-demokratik partiya yetakchisi P. Eylvin g‘olib chiqdi. Diktatura davri tugadi.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish