Atamalar izohi: Industrial sivilizatsiya


Mustaqillikning e’lon qilinishi



Download 1,47 Mb.
bet69/87
Sana26.02.2022
Hajmi1,47 Mb.
#471477
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87
Bog'liq
10-sinf Jahon tarixi Vord darslik

Mustaqillikning e’lon qilinishi. 1946-yil 9-dekabrda Ta’sis majl is i ochildi. Inglizlar Hindistonni ikkita davlatga – Hindiston va Pokistonga bo‘lish rejasini ishlab chiqdi. Aholining hind va musulmon diniy jamoalariga mansubligi bo‘linish uchun asos qilib olindi.
1947-yil 15-avgust kuni ikkita mustaqil davlat – Hindiston va Pokiston tashkil topganligi e’lon qilindi. Hindiston hukumatini Javaharlal Neru, Pokistonnikini esa Liikat Alixon boshqardi.
Hindistonning bo‘linishi ko‘plab muammolarni keltirib chiqardi. Bo‘li nish paytidagi mojarolarda odamlarning ommaviy o‘ldirilishi uzoq yillarga Hindiston va Pokis ton o‘rtasida o‘zaro dushmanlik hissini shakllantirdi. O‘z yurtini tashlab, boshqa hududlarga ko‘chish ham millionlab kishilar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Musulmon larni himoya qilganlikda ayblangan Maxatma Gandi hind-mutaassibi tomonidan o‘ldirildi.
M. Gandining o‘limi hindlar uchun juda katta milliy fojia bo‘ldi. Bu fojia jazavaga tushgan olomonni biroz jilovladi, o‘ylab ko‘rishga, qon to‘kishni to‘xtatishga majbur qildi.
Iqtisodiy rivojlanish. Mustamlakachilikning iqtisodiy qoldiq larini yengib o‘tish oson kechmadi. Hukumat keng islohotlar olib bordi. Iqtisodning barcha soha lari erkin bozor siyosatiga jalb qilinib, ular asosini xususiy tadbir korlik va xususiy investitsiyalar tashkil qildi.
Eng katta islohot agrar sohada o‘tkazildi. Yer unda mehnat qiladigan dehqonlarga tarqatildi. Yerni ijaraga berib, undan foyda olishga asoslangan tizim bekor qilindi. Biroq mehnat unumdorligi o‘smadi, hosild orlik juda sekin o‘sdi, oziq-ovqat muammosi yana uzoq vaqt saqlanib qoldi.
1950-yillarning ikkinchi yarmi – 1960-yillar Hindistonda jadal industrlashtirish boshlandi. Davlatga qarashli yirik sanoat korxonalari qurildi. Ammo iqtisodiy o‘sish natijalari aholining o‘sish sur’atlari oldida juda past bo‘lib, yalpi milliy mahsulotning yarmidan ko‘pi ichki iste’molga sarf qilinar edi. Natijada 1960-yillarda sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan va madaniyat sohala ri da erishil gan muvaffaqiyatlarga, iqtis odiyotdagi o‘zgarishlarga qaramasdan, aholining yashash darajasi, turmush madaniyati pastligicha qolaverdi.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish