5. Nechanchi yili GDRda inqilob boshlanib ketdi, ikki davlatni ajratib turgan, “sovuq urush” ramzi bo‘lgan Berlin devori buzib tashlandi? A) 1986-yili B) 1987-yili
C) 1988-yili D) 1989-yili
6. 1948-yil 1-yanvardan… A) Italiya NATOga a’zo bo‘ldi
B) Italiya “Marshall rejasi”ga qo‘shildi
C) Italiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi
D) Italiya hududida AQSHning harbiy bazalari joylashtirildi
7. Italiyada nechanchi yili Yevropa iqtisodiy hamkorligini (YIH) tuzish to‘g‘risida Rim shartnomasi imzolandi? A) 1948-yili B) 1957-yili
C) 1960-yili D) 1965-yili
8. 1974-yili Italiyada qanday voqea ro‘y berdi? A) Italiyada chuqur iqtisodiy inqiroz boshlandi
B) Italiyada ish tashlashlar boshlandi
C) Italiyada mafiya tizimlarining faoliyati kuchaydi?
D) Italiyada davlat to‘ntarilishi amalga oshirildi
9. Nechanchi yillar boshlari Italiyada mafiyaga qarshi kurash davri bo‘ldi? A) 1950-1960-yillar B) 1960-1970-yillar
C) 1970-1980-yillar D) 1980-1990-yillar
10. Germaniya Federativ Respublikasining hozirgi kundagi poytaxti qaysi shahar? A) Rim shahri B) Berlin shahri
C) Madrid shahri D) London shahri
11. Italiya Respublikasining hozirgi kundagi poytaxtini aniqlang. A) Rim shahri B) Berlin shahri
C) Madrid shahri D) London shahri
23-MAVZU. 1946 – 1991-YILLARDA YAPONIYA VA OSIYONING YANGI INDUSTRIAL MAMLAKATLARI Ikkinchi jahon urushida Yaponiya mag‘lubiyatga uchradi. Urush da 6,5 mln. yaponlar halok bo‘ldi, Yaponiya o‘zining barcha mustamlakalaridan ayrildi. Mamlakat AQSH tomonidan okkupatsiya qilinib, hokimiyat general Duglas Makar tur boshchiligidagi AQSH okkupatsion qo‘shinlari shtabiga o‘tdi. 1952-yilgacha Yaponiya hukum ati shu shtab tomonidan nazorat qilindi, mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha reja va tashabbusl ar ham shu shtabga tegishli edi.
Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar ikkita maqsadni: birinchidan, Yaponiyaning demokratik davlatga aylanishi va hech qachon boshqalarga xavf solmasligini; ikkinchidan, yaponlarda o‘zining ming yillik jangchilik an’analariga ega bo‘lgan jangovarlik ruhini sindirish ni ko‘zlagan edilar.
Shu yillari AQSHning iqtisodiy yordami ham to‘xtovsiz oshib bordi. Yaponiyada mehnat munosabatlarini demokratlashtirish maqsadida 1946-yil kasaba uyushmalari to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Osiyocha tafakkur, mehnat an’an alariga ega bo‘lgan yaponlarni g‘arbcha mehnat usullariga ko‘niktirish oson kechmadi. Amerikaliklar yaponlarni eng zamonaviy biznes usullari bilan tanishtirib bordi. 1950-yildan kadrlar tayyorlashning amerikacha standartlari joriy qilindi. Yapon mahsulotlarining sifatini oshirishga katta e’tibor qaratildi. Edvards Deming va boshqa amerikalik mashhur iqtisod chilar ma’ruzalar bilan chiqdi. Yaponiya iqtisodini boshqarish davlat tizimi yaratildi. Bu tadbirlar 1950 – 1960-yillarda Yaponiyaning to‘liq iqtisodiy tiklanishiga olib keldi.