Atamalar izohi: Industrial sivilizatsiya


-yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Ronald Reygan



Download 1,47 Mb.
bet48/87
Sana26.02.2022
Hajmi1,47 Mb.
#471477
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87
Bog'liq
10-sinf Jahon tarixi Vord darslik

1980-yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Ronald Reygan ma’muriyati inqirozdan chiqish yo‘llarini topishga urinib, davlatning iqtisodga aralashuvini chekladi, sarmoya kiritish uchun katta soliq imtiyozlari joriy qildi. Xususiy tashabbus rag‘batlantirildi. Bu va boshqa bir qator tadbirlar “Reyganomika” nomini oldi. «Reyganomika» AQSH uchun yaxshi natijalarga olib keldi. Infl atsiya pasaydi, ishsizlik kamaydi, iste’mol buyuml ariga talab ortdi. Chet el kapitalining kirib kelishi ancha kuchaydi.
1990-yillar boshida AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi. O‘sish sur’atlarining pasayishi xo‘jalikning hamma jabhalarini qamrab oldi.
2. Siyosiy rivojlanish. 1940-yillar oxiri – 1950-yillar boshi AQSHda siyosiy reaksiyaning avj olishi bilan xarakterlanadi. Bu ko‘p jihatdan bosh langan “sovuq urush” bilan bog‘liq edi. 1952-yilgi saylovlarda respublikachilar partiyasidan nomzod Duayt Eyzenxauer g‘olib chiqdi. AQSH hukumatini u boshqargan dastlabki yillar da reaksiya yanada kuchaydi. Mamlakatda makkartizm avj oldi. Senator Jozef Makkarti davlat organlarida josuslar va kommunistlarni aniqlash uchun tekshiruvlar olib bordi. J. Makkarti faoliyatini ko‘pgina reaksion tashkilotlar qo‘llab-quvvatladi.
1960-yillari fuqarolar tengligi uchun harakat o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetdi. Ko‘plab joylarda qora tanlilarning g‘alayonlari bo‘lib o‘tdi. Bunga qarshi o‘ta o‘ng harakat vakillari siyosiy qotilliklarni amalga oshira boshladilar. 1963-yili AQSH prezidenti Jon Kennedi, 1968-yili qora tanlilar tengligi uchun harakatning eng mashhur arbobi, Nobel tinchlik mukofoti sovrindori, ruhoniy Martin Lyuter King o‘ldirildi. 1960-yillardagi fuqarolar huquqlari uchun harakatning o‘ziga xos tomoni shundaki, u ommaviy ijtimoiy norozilik harakatlari bilan bir paytga to‘g‘ri keldi. Bu harakat vakillari, ayniqsa, AQSH Vyetnamda olib borayotgan urushga qarshi keskin norozilik namoyish larini uyushtirdi. Shunday qilib, 1960-yillar ijtimoiy-siyosiy burilishl ar davri bo‘ldi.
Respublikachilarning hokimiyatga qaytishi Amerika jamiyatiga to‘liq barqarorlik olib kelmadi. Demokratlar partiyasining Uotergeyt mehmonxonasidagi saylovoldi shtabiga respublikachilar vakillari tomonidan xufiya eshitish vositalarining o‘rnatilishi «Uotergeyt ishi» nomli siyosiy jan jalga aylanib, prezident Richard Niksonning impichmentiga (iste’fosiga) olib keldi. Hokimiyatning yuqori qatlamida korrupsiya hollari ko‘paydi. Bularn ing hammasi ijro va qonunchilik hoki miyatiga amerikaliklarning ishon chini so‘ndirdi.
1980-yillar – 1990-yillarning boshlari neokonservatizm g‘oyasi tantanasi davri bo‘ldi. Bu yillarda AQSH ichki taraqqiyotda ham, xalqaro mayd onda ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish