B)Bu ishing menga yoqmadi.
C) Anvar har qanday vaziyatda ham ishga kech keladi.
D) Bu kishilar hayajoni menga tanish.
36. Boy insonlar pulni ko’proq topish hamda jamlashni o’ylasa, kambag’al odamlar uni ko’roq sarflashni o’ylaydi.
Ushbu gap haqida bildirilgan hukmlarning nechtasi xato?
1) Gapda beshta to’ldiruvchili so’z birikmasi mavjud.
2) Gapda yasama bo'lgan ikkita tobe ikkita hokim qism vazifasini bajargan qism qatnashgan.
3) Gapda feʼlli soʻz birikmalarining soni otli birikmardan koʻp.
4) Gapda tobe qism vazifasini bajarib kelgan yasama soʻzlar bir xil sintaktik vazifani bajargan.
5) Gapda toʻldiruvchili birikma vazifasida kelgan koʻrsatish olmoshi toʻldiruvchi vazifasida ishlagan soʻzga ishora qilgan.
6) Gapdagi soʻz birikmalar soni toʻqqizta.
A) bittasi B) ikkitasi
C) uchtasi D) toʻrttasi
37. Berilgan gaplarning qaysi birida to`ldiruvchini aniqlab kelgan ajratilgan sifatlovchi aniqlovchi mavjud?
A) Biri olim – xushfe’l, yoqimli.
B) Ko`kdagi oy tanhodir, yakka-yu yolg`iz.
C) Qozoq sahrosi – bu beadad sahro, Xayolday bepoyon, cheksiz va yiroq.
D) Yo`lim boshladi to kezdim dala-tog`, Kezdim ne yurtlarni – chiroyi tengsiz.
38. Qaysi gapda ega va kesim orasida tinish belgisi qo’llanishi qoidasiga rioya qilingan?
A) Bu yigit ham – mehnatsevar emas, dangasa ekan.
B) Yashashning asl mazmuni yaratish.
C) Guruhimiz musobaqada birinchi edi.
D) Bu- achchiq haqiqat.
39. Beshta so’z birikmasi bor qaysi gapda ko’makchi morfemalari omonim xarakterga ega bo’lgan morfologik usul bilan yasalgan so’z mavjud?
A) Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko’proq nafratlanadi.
B) Ertalabki kuchli shamol maktab bog’idagi daraxtlarning bargini to’kib yubordi.
C) Yoshlardan yurak jo’shqinligi, qalb qo’ri, bilak kuchi, teran aql-idrok talab qilinadi.
D) Shokir sholipoyada shovqin solib, shaqildoqni shaqillatdi.
40. Aldov, makr, xiyonat bilan hokimiyat tepasiga kelgan bolsheviklar ishonuvchan xalqlarni bir umrga tutqinga olish, johil bo’lib qolish, mehnatdan boshi chiqmasligi, o’zligi, qadr-qimmati, taqdiri, istiqboli haqida o’ylamasligi uchun ozmuncha harakat qilishmadi.
Ushbu gapda ko’makchili boshqaruvlar soni nechta?
A)9ta B) 8ta C)10 ta D) 11ta
41. Ham qaratqich aniqlovchini ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang.
A) Yelkamizga oftobni tekkanligi rost bo’lsin…
B) Dildorani shohi ko’ylagini hamma yoqtirdi.
C) Kunduzning g’aroyib chog’idir oqshom, Saodat birla u nurafshon bo’lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |