O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Akademik yozuv II fani
Mustaqil ish
Guruh: AWR021
Bajardi: Murodova Gulnoza
Tekshirdi:Hayitboyeva Nazokat
“AT sohasida yangiliklar” mavzusida doklad yozish.
Axborot ustida kerakli amallarni bajarish tashkil qilingan jarayonga axborot texnologiyalari deyiladi. Axborot texnologiyasi deganda, axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar tushuniladi. Ushbu texnologiyalarning paydo bo’lishi va keng tarqalishi muloqot, tarbiya, fikr almashinish, jahon hamjamiyatiga kirib borishda katta xizmat vazifasini o’tab kelmoqda. Ta’limni axborotlashtirish esa o’quvchi, talaba hamda o’qituvchi-professorlarga ma’lumotlar bazasi vazifasini bajarib, obyektlarning tez va qulay ravishda topilishi, foydalanilishi, informatsiyalarning oson, tushunarli hamda interaktiv bo’lishini ta’minlab beradi.
Bugungi kunda nafaqat yurtimiz O’zbekistonda, balki butun dunyoda axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Zero, AT sohasidagi islohotlar – shaxsning, davlatning, millatning, butun insoniyatning taraqqiyot mezonidir. Yurtimizda keyingi yillarda AT sohasini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan davlat boshqaruv organlari, iqtisodiyot tarmoqlarida AT ga bo’lgan talab hamda ehtiyojlarni samarali bartaraf etish, IT-tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash, turli loyihalarni investitsiyalash, IT-xizmatlarini kengaytirish hamda barqarorlashtirish bugungi kunda diqqat-markazimizni egallamoqda. Telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish - boshqa sohalarni gullab-yashnashida bosh mezon bo’lib qolmoqda. Bundan tashqari, elektron hukumat xalq bilan samarali muloqot qilishning qulay hamda ommabop usuli bo’lib, uni takomillashtirish-raqamlashtirish jarayonlarining ustuvor yo’nalishidan biri hisoblanadi. Davlat xizmatlari organlari va aholi o’rtasidagi interaktiv muloqotning salmog’li mexanizmlari, tizimlarinining barpo etilishi fuqarolarning vaqt va mablag’larini tejaydi, foydalanishni yanada qulay, sodda va tushunarli bo’lishini ta’milaydi, shu bilan birgalikda davlat organlari hodimlarining faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bu ham esa axborot va telekommunikatsiya tizimlarining mahsuli bo’lib hisoblanadi. Bularga misol qilib, my.gov.uz, openbudjet.uz, id.gov.uz, business.gov.uz, yagonadarcha.uz kabi fuqarolar uchun mo’ljallangan foydalanishga qulay, ammo zamirida AKT ning mutaxassislarigagina ayon bo’lgan qanchadan-qancha mashaqqatlar turibdi.
AT ni rivojlantirish borasida yana bir katta qadam tashlanmoqda, bu yurtimizda IT markazi (IT-park) ning qurilishi va yaqin kunlarda zamonaviy, talabchan, ishbilarmon, AT sohasining bo’lajak malakali mutaxassis yoshlari bilan hamkorlikda o’z faoliyatini boshlashi kutilmoqda. IT parkning foydali jihati shundan iboratki, uning yordamida kelajakda o'z sohasining yetuk mutaxassislarini yetishtirish bilan birgalikda, bilim, ko'nikma, malaka, kuchli tafakkurga ega barcha qiziquvchilarni kashf eta oladi hamda jahon bilan raqobatbordosh davlat tuzishda o’zining samarali hissasini qo’sha oladi.
Yana bir istiqbolli yangilik sifatida shuni aytish mumkinki, AQSH ning “Delta Telecom International I, LLC” kompaniyasi va O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “O’zbekiston Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” bilan hamkorlikda AT ni rivojlantirish borasida bir qator islohotlar o’tkazishmoqda. Ularning maqsadi turli biznes jarayonlarini avtomatlashtirishga yo’naltirilgan dasturiy ta’minotlar va ilovalar ishlanmasini yaratish, turli vazifalarga yo’naltirilgan ma’lumotlar bazalarini yaratish va ularga xizmat ko’rsatish, turli axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, server va boshqa tarmoq qurilmalariga xizmat ko’rsatish bo’yicha auto-sorsing xizmatlarini ko’rsatishdan iboratdir.
Bundan tashqari, AKT ning telekommunikatsiya, aloqa, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, pochta, dasturiy injinering kabi yo’nalishlarini rivojlantirish maqsadida yurtboshimiz tomonida katta hajmdagi mablag’lar ajratilmoqda. Bularni inobatga olgan holda O’zbekistonning AT sohasi rivoji va ilg’or texnologiyalarni faollashtirish hamda yuksaltirish ishlari qadam-baqadam amalga oshirilmoqda. Bu esa, kelgusida O’zbekistonning jahon bozoridagi ulushini oshirish va mamlakatning axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mavqeini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |