Nils Armstrong oy sirtida olgan birinchi fotosurat.
Edvin Oldrin Oy sirtida. 1969 yil 21 iyul.
Oydan turib Yerning ko‘rinishi. Apollon-8 olgan
fotosurat.
To‘lin oy.
Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
29
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Quyosh tizimi.
Markaziy yulduz –
Quyosh
va uning atrofida aylanuvchi
8 ta sayyora
va ularning tabiiy yo‘ldoshlari,
shuningdek, 5 ta karlik sayyora va ularning tabiiy yo‘ldoshlari,
asteroid
lar,
kometa
lar va ho kazo tabiiy osmon
jismlarida iborat sistema. Quyosh tizimi, bundan taxminan 4.57 milliard yil avval, gaz-chang bulutining
gravitatsion siqilishi natijasida yuzaga kelgan degan faraz mavjud.
Quyosh tizimining asosiy massasi, markaziy obyekt – Quyoshda jam bo‘lgan: 99,866 %. Quyosh
tizimining to‘rtta kichik
ichki sayyora
lari –
Merkuriy
,
Venera
,
Yer
va
Mars
, asosan silikat va metallardan
tashkil topgan, qattiq jism xususiyatiga ega sayyoralardir. Ularni Yer guruhi sayyoralari sifatida
umumlashtiriladi. To‘rtta
tashqi sayyora
lar –
Yupiter
,
Saturn
,
Uran
,
Neptun
– massasi va hajmiga ko‘ra, yer
guruhi sayyoralaridan bir necha o‘n barobar katta bo‘lib, ular asosan gazsimon moddalardan tashkil topgan,
bu guruh sayyoralarni «Gaz Gigantlari» sifatida umumlashtirib yuritiladi. Gaz gigantlaridan Yupiter va
Saturn, Quyosh tizimi sayyoralari ichida eng kattalari bo‘lib, ular asosan geliy va vodoroddan iborat. Ikki
chetki sayyoralar Uran va Neptun esa, geliy va vodoroddan tashqari, metan hamda, is gazidan ham iboratdir.
Ushbu ikki sayyora «muzlagan gigantlar» sifatida ta’riflanadi. Sakkizta sayyoradan oltitasi va shuningdek
uchta karlik sayyora, tabiiy yo‘ldoshlarga ega. Tashqi sayyoralarning barchasida, sayyora atrofini o‘rab
turuvchi halqalar sistemasi mavjud.
Quyosh tizimida, kichik o‘lchamlardagi osmon jismlari bilan to‘lgan ikkita o‘xshash hudud mavjud:
birinchisi, Mars va Yupiter sayyoralari orbitalari orasidagi fazoda joylashgan Asteroidlar belbog‘i; hamda,
ikkinchisi, Neptun orbitasidan tashqarida joylashgan
transneptun obyekt
lardan iborat osmon jismlari
hududidir. Asteroidlar belbog‘ida, tuzilishiga ko‘ra, Yer guruhi sayyoralariga yaqin bo‘lgan, asosan silikat va
metallardan tarkib topgan osmon jismlari harakatlanadi. Ulardan eng yiriklari –
karlik sayyora
Serera
,
asteroidlar
– Pallada, Vesta, Gigeyalardir. Transneptun obyektlar esa, asosan muzlagan holatdagi suv, metan
va ammiakdan, shuningdek tog‘ jinslariga o‘xshash jinslardan tarkib topgan osmon jismlaridir. Transneptun
obyektlarning eng yiriklari –
Pluton
, Sedna,
Makemake
,
Haumea
, Kvavar, Ork hamda
Erida
lardir. Bulardan
tashqari Quyosh tizimi tarkibiga, Yer atrofi asteroidlari, sayyoralarning kvazi-yo‘ldoshlari, troyanlar,
kentavrlar va kosmik changdan iborat mayda osmon jismlarini ham kiritiladi. Ushbu osmon jismlarning
aksariyati, muayyan orbita yoki aylanish qonuniyatlarga ega bo‘lmay, ochiq fazoda betartib harakatlanishi
bilan ajralib turadi.
Quyosh tizimi, Somon Yo‘li galaktikasi tarkibiga kiradi.
Quyosh tizimi tarkibiga kiruvchi aksariyat jismlar – sayyoralar va karlik sayyoralar, amalda bitta
tekislikda – ekliptika tekisligida harakatlanadi. Biroq
kometalar
hamda,
koyper belbog‘i
dagi obyektlarning
aksariyati, ekliptikaga nisbatan katta burchak ostida og‘ish bilan aylanadi. Quyosh tizimidagi deyarli barcha
sayyoralar va boshqa obyektlar, bir xil yo‘nalishda – soat strelkasiga qarama-qarshi yo‘nalishda (Quyoshning
shimoliy yarim shariga nisbatan olganda) aylanadi. Biroq, teskari yo‘nalishda aylanuvchi obyektlar ham
mavjud, masalan Galley kometasi orbitasi shunday. Eng katta burchak tezlikka Merkuriy sayyorasi ega. U 88
Yer kecha-kunduzi mobaynida, Quyosh atrofini bir marta to‘liq aylanib chiqib ulguradi. Eng uzoq sayyora –
Neptun esa, 165 yer yilida bir marta Quyoshni aylanib chiqadi.
Sayyoralarning aksariyati, o‘z o‘qi atrofida ham, Quyosh atrofida aylanish yo‘nalishida aylanadi. Istisno
holati faqat Venera va Uran sayyoralarining o‘z o‘qi atrofida aylanish yo‘nalishlaridir. Venera o‘z o‘qi
atrofida, boshqa sayyoralarga nisbatan teskari – g‘arbdan sharqqa qarab aylansa, Uran esa, shimoldan janubga
qarab aylanadi.
Quyosh tizimini modellashtirish va matematik tenglamalar yordamida uning qonuniyatlari ifodalashga
bo‘lgan ko‘plab urinishlar mavjud (masalan
Titsius-Bode qonuniyati
). Biroq hozirgacha ularning birortasi
to‘liq isbotini topmagan. Quyosh tizimining aksariyat modellarida, sayyoralar orasidagi masofa, teng oraliqlar
bilan ifodalanadi. Biroq amalda, sayyoraning Quyoshdan uzoqlashish tartibida, uning o‘zidan keyingi
sayyoragacha bo‘lgan masofasi, o‘zidan avvalgisigacha bo‘lgan masofaga nisbatan kattalashib boradi.
Quyosh tizimidagi obyektlarning orbitalari
Kepler qonunlari
ga asosan ifodalanadi. Sayyoralarning
orbitalari, aylana shakliga juda yaqin shakldagi ellipslardir. Biroq, kometalar va koyper belbog‘i hududidagi
obyektlarning aksariyatining orbitalari, keskin cho‘zinchoq shaklga ega.
Quyosh tizimining chetki qismi sifatida uzoq yillar mobaynida Pluton orbitasi qarab kelingan edi. Biroq,
XX asrning so‘nggi yillarida va XXI asr boshida olib borilgan tadqiqotlar, Quyosh tizimining chegaralari
Do'stlaringiz bilan baham: |