Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
14
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Quyosh, biz biladigan nurlanish to‘lqinlarining barcha diapazonida nurlanish taratadi. U, inson ko‘ziga
ko‘rinadigan odatiy yorug‘lik diapazonidan tashqari, gamma, infraqizil, ultrabinafsha va rentgen nurlanishlari
ham taratadi. Quyosh spektri ionlashgan va neytral metallar, shuningdek ionlashgan vodorod chiziqlaridan
iborat. Quyosh nurlanishi, Yer va boshqa sayyoralar uchun asosiy energiya manbaidir. Quyoshdan Yerga yetib
kelayotgan nurlanish energiyasi, Yerning Quyosh nurlariga perpendikulyar bo‘lgan maydon birligidan
o‘tayotgan energiya miqdori bilan tavsiflanadi va quyosh doimiysi deb ataladi. Quyosh doimiysining qiymati,
bir astronomik birlik (ya’ni, Yer orbitasida) masofada 1,37 kVt/m
2
ga teng.
Yer atmosferasi
da o‘tib kelar ekan,
Quyosh nurlanishi, o‘z energiyasining ma’lum qismini yo‘qotadi va ochiq ob-havoda, (Quyosh zenitda turgan
vaqtda) Yer sirtiga taxminan 1000 kVt/m
2
qiymat bilan yetib keladi. Bu energiyadan, tabiat va insoniyat
tomonidan, turli xil tabiiy va sun’iy jarayonlarda foydalaniladi. Masalan, Yerdagi biosferaning katta qismi,
xususan o‘simliklar, aynan Quyosh energiyasi hisobiga (fotosintez) organik birikmalar sintez qiladi va
kislorod ishlab chiqaradi.
Yerdan kuzatilganida, Quyoshning osmon sferasi bo‘ylab bosib o‘tadigan yo‘li, bir yil davriylikda
takrorlanadi va u 8 raqami shaklida namoyon bo‘ladi. Bu yo‘l traektoriyasi analemma deyiladi.
Yer, Quyoshdan eng uzoq masofasi – afeliyni, iyul oyi boshida bosib o‘tadi va bu vaqtda, Yer Quyoshdan
152000000 km masofada bo‘ladi. Perigeliyda esa, 147000000 km gacha Quyoshga yaqinlashib boradi va bu
ikki nuqta orasida, yerdagi kuzatuvchiga nisbatan Quyoshning ko‘rinadigan diametri 3% ga o‘zgaradi.
Perigeliy va afeliy nuqtalarida masofalar farqi 5000000 km bo‘lganidan, afeliyda Yer Quyoshdan
perigeliydagiga nisbatan 7% kamroq energiya qabul qiladi. Shu tufayli ham, Yerning shimoliy yarim sharidagi
qish fasli, janubiy yarim shardagidan nisbatan iliqroq bo‘ladi.
Quyosh – magnitik faol yulduzdir. Uning o‘ta kuchli
magnit maydoni
, milliardlab kilometr masofaga
yoyilgan bo‘lib, uning kuchlanganligi, davriy o‘zgarib turadi va har 11 yilda,
Quyosh faolligi
davrida, o‘zining
yuqori qiymatiga erishadi. Bu vaqtda, Quyosh faolligi eng yuqori darajaga erishib, natijada, Quyosh shamoli,
Quyosh dog‘lari, Quyosh chaqnashi kabi effektlarning ham turli yo‘nalishlardagi o‘zgarishlari aynan shu
davrda yuz beradi. Natijada, bu effektlar, Yerda geomagnit bo‘ronlar keltirib chiqarishi, buning oqibatida esa,
aloqa tizimlari va elektr uzatish tarmoqlarida nosozliklar paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |