Mavzu: Asteroidlar va Meteorlar.
Reja:
1)
Asteroidlar va ularning o‘lchamlari.
2)
Meteorlar (“Uchar yulduzlar”).
Asteroidlar ichida eng yiriklarining o‘lchamlari ham Yer
radiusi bilan solishtirganda juda kichik bo‘ladi. Ularning eng
yiriklari–Serera (ko‘ndalang kesimi–1000 km), Pallada (610
km), Vesta (540 km) va Gigeya (450 km). Faqat 14 ta mayda
planetaning ko‘ndalang kesimi 250 km dan ortiq, qolganlari
ancha kichik, eng kichigining kesimi 1 km atrofida (Germes).
Asteroidlarning massalari 1,4 · 10
²¹
kg dan (Serera), ya’ni Yer
massasidan 4,4 ming marta kichik, to 10
¹²
kg (Germes) gacha
borib, o‘rtacha zichligi 2 g/sm
³
dan (toshli asteroid) to 7 – 8
g/sm
³
gacha (temir – nikelli asteroid) boradi. 1 – rasmda bir
guruh asteroidlarning Quyosh atrofidagi orbitalarining o‘zaro
joylashishi tasvirlangan.
Asteroidlardan Ikar, Germes, Eros va Adonislar Yerga
davriy ravishda yaqinlashib turadi. Bunda ular Yerga 6 mln.
km dan 23 mln. km gacha yaqinlashib, Yer uchun katta xavf
tug‘diradi.
Biroq asteroidlarning Yerga, davriy ravishda bunday
yaqinlashib turishidan tashvishga tushishga hojat yo‘q.
CHunki bunday asteroid-larning orbitalarining hisob –
kitobi bilan Xalqaro Astronomik Ittifoqning bir guruh olimlari
doimiy shug‘ullanishadi. Planetamiz bilan biror asteroidning
to‘qnashish ehtimoli ro‘y berishi-ni ular bir necha yil oldindan
ogohlantira oladilar.
Bunday ogohlantirish asosida, planetamiz Yerni asteroid
bilan halokati uchrashuvidan asrab qolishning turli yo‘llarini
olimlarimiz allaqachon topib qo‘yganlar.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
1-rasm. Mayda planetalarning orbitalari
Tunda chiroyli iz qoldirib “uchgan yulduz”larni kim
ko‘rmagan deysiz? Biroq bu “uchar yulduz”larning haqiqiy
yulduzlarga hech aloqasi yo‘qligini har kim ham bilmasa
kerak. Aslida ular – osmonning “daydi” mayda tosh
zarrachalaridir.
Ularning
kattaliklari
millimetrning
ulushlarida, massalari milligrammlarda o‘lchanadi. Ular
Yerga yaqinlashgach, planetamiz atmosferasiga sekundiga 10
kilometrdan 70 – 80 kilometrgacha tezlik bilan kiradilar.
Shubhasiz, bunday katta tezlikdagi tosh zarrachasi atmosfera
molekulalari bilan ishqalanib cho‘g‘lanadi va uchish davomida
juda tez yemiriladi. Fanda
meteorlar
deb yuritiluvchi “uchar
yulduz”lar yo‘lining uzunligi bu osmon jismlarining
kattaliklari bilan bog‘liq bo‘lishi o‘z – o‘zidan tushunarli.
Meteor zarralar qanday vujudga keladi, ularning
manbalari qayerda, degan tabiiy savol tug‘iladi. Gap shundaki,
ayrim kometalar, Quyosh sistemasining boshqa osmon
jismlaridan farq qilib, vaqt o‘tishi bilan parchalanadi. Kometa
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
har damda Quyosh yaqinidan o‘tayotib, yadrosiga tegishli bir
qism gaz va changni yo‘qotadi. Kometa yadrosida bu gaz va
changlarning zaxirasi chegaralanganligini e’tiborga olsak,
ma’lum davrdan so‘ng “dumli yulduz”lar boshsiz va dumsiz
qolishlarini
tushunish
qiyin
bo‘lmaydi.
Perigeliydan
o‘tayotgan kometaning dumsiz va komasiz bo‘lishi uning
“qariligi”dan darak beradi. Ma’lumki kometa qancha vaqtdan
so‘ng o‘z yadrosidagi gazni sarflab bo‘lishini hisoblash
mumkin bo‘lib, xuddi shu xildagi hisoblashni rus olimi
S.V.Orlov Galley kometasi uchun bajardi. Uning hisoblashlari
bu kometa Quyosh atrofida 330 marta aylangandan so‘ng,
ya’ni qariyb 25 ming yildan so‘ng gaz zaxirasidan ajralajagini
ma’lum qildi. Astronom S.K.Vsexsvyatskiy o‘z tadqiqotlari
asosida, davriy kometa har damda Quyosh yaqinidan
yangidan o‘tayotganda uning ravshanligining kamayishini
aniqladi. Bunday dalil ham nisbatan qisqa vaqt ichida
kometaning gaz zaxirasi kamayib ketishidan darak beradi.
Aslida kometa gaz zaxirasidan ajralgandan keyin ham changli
dum hosil qilib, “sochli” degan nomni anchagacha oqlab
yuradi.
Kometaning
butunlay
parchalanib
ko‘zdan
yo‘qolishioshqa bir jarayonning – mexanik parchalanishning
oqibatida bo‘ladi. Mexanik parchalanish Quyosh yaqinida
o‘tayotgan juda ko‘p kometalarda kuzatilagan. Xususan, 1846
– yilda kuzatilgan Biela kometasi Quyosh yaqinida o‘tayotib
ikki bo‘lakka ajralgan. Navbatdagi 1857 – yili ko‘rinishida, bu
bo‘laklarning biri ikkinchisidan ikki million kilometrga
uzoqlashgan va shundan keyin to shu paytgacha, har qancha
urinishlarga qaramay, bu kometa hech kim tomonidan
kuzatilmagan. 1872 – yili mazkur kometaning Yerga juda
yaqin oraliqda o‘tish paytida kometa o‘rnida kuchli “meteor
yomg‘iri” kuzatilgan (2 – rasm).
1950 – yili olim D.D.Dubyago parchalangan kometa
yadrolari-ning meteor oqimlarining vujud-ga kelishidagi
rolini chuqur o‘rganib chiqdi. Uning hisob – kitobining
ko‘rsatishicha, kometa yadrosini “tashlab qochgan” meteor
zarralarining buluti Quyosh beradigan ko‘tarilish kuchi
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
2-rasm “meteor yomg‘iri”
ta’sirida ham cho‘zilib, ham kengaya boradi va bir necha ming
yillardan so‘ng kometa orbitasi bo‘ylab bir tekis taqsimlanib
qoladi. Parchalangan kometalarning qoldiqlari kelgusida
meteor oqimlarini tug‘dirish dalillarida yaxshi tadsiqlandi.
Buning uchun parchalangan kometa orbitasi va yillik davr
bilan kuzatiladigan meteor oqimlarining yulduzlar ichidagi
o‘rnini solishtirish kifoya. Shunday solishtirish natijasida har
yili avgust oyida kuchayadigan “meteor yomg‘irlari” dan biri –
Perseid meteor oqimi, “1862 III” deb nomlangan
parchalangan kometa yadrosining zarrachalari tomonidan
hosil qilishi aniqlandi. Mashhur Galley kometasi ham ikkita –
Orionid deb nom olgan Orionid yulduz turkumidagi va may
oyida kuzatiladigan Akvarid yulduz turkumlaridagi meteor
oqimlarini vujudga keltiradi. Shu xildagi “meteor yomg‘iri”
dan o‘nga yaqini fanda ma’lum.
3 – rasmda har yili 8 – 12 – oktabr kunlari tunda Ajdarho
yulduz turkumiga proyeksiyalanib ko‘rinadigan chiroyli
Drakonid “ meteor yomg‘iri ” tasvirlangan.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
3-rasm. Ajdarho yulduz turkumiga proyeksiyalanadigan
Drakonid “ meteor yomg‘iri ”
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
SAVOLLAR
1)
Quyosh tizimi ichidagi eng yirik sayyora nomi?
2)
Merkuriy sayyorasining atmosferasi asosan nimadan
tashkil topgan?
3)
Yerning eng yaqin qarindosh sayyorasining nomini
toping?
4)
“Tong yulduzi” deb nom olgan sayyora nomi nima?
5)
Koinotdagi sersuv sayyora nomi nima?
6)
Dengiz va okeanlar hudosi nomi bilan atalgan sayyora
nima deb ataladi?
7)
Obero, Titaniya, Umbrial, Ariel, Miranda – ushbu
yo‘ldoshlar qaysi sayyoraga tegishli ekanligini toping?
8)
Ko‘z ilg‘amaydigan eng hira yulduzlardan ham 4 ming
marta hira ravshanlikka ega bo‘lgan sayyora nomi nima?
9)
…………… sochli yoki dumli yulduz degan ma’noni
bildiradi. Kerakli so‘zni qo‘ying?
10)
Halqali sayyora nima deb ataladi?
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Do'stlaringiz bilan baham: |