9. O‘zbekistonda astronomiya
Ulug‘bek rasadxonasi. Osmon jismlarini o‘rganishda, bizning ajdod - bobokalonlarimizning ham xizmatlari katta bo‘lgan. Ulardan biri - Amir Temurning nabirasi - Ulug‘bek, XV asrning o‘rtalarida Movaraunnahrning taniqli astronomlarini Samarqandga to‘plab, u yerda osmonni tekshiradigan astronomik rasadxona, jumladan eng yirik kuzatish asbobi-sekstantni qurish bo‘yicha maslahat qildi.
Olimlar bir ovozdan bu fikrni quvvatlashgach, Obi rahmat daryosining bo‘yida, Kuxaq degan tepalik ustida radiusini 40,2 metrga teng bo‘lgan astronomik kuzatish asbobini qurish boshlandi.
Bu asbob yordamida Quyosh, Oy va planetalarning yulduzlar oralab harakatlari, minglab yulduzlarning o‘rinlari (koordinatalari) aniqlandi. Yuzlab shaharlarining koordinatalari topildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |