Assinger testi
(munosabatlardagi agressivlikni baholash).
Assinger so‘rovnomasi kishining jamiyatdagi munosabatida qay darajada to‘g‘riligi va engil muloqotda bo‘lish mumkinligini aniqlab berish imkonini beradi. Quyidagi test savollariga o‘zingizning fikringizga tayangan xolda javob berishingizni so‘raymiz.
I. O‘qish yuzasidan bo‘lgan nizolardan keyin yarashish yo‘llarini qidirasizmi?
1. Doimo 2. Ba’zan 3. Hech qachon
II. Qiyin vaziyatda o‘zingizni qanday tutasiz?
1.Qizishib ketaman 2. xotirjam qolaman 3. xar kanday xarakatga qo‘limni uraman.
III. Sinfdoshlaringizning ko‘pchiligi sizni qanday inson deb bilishadi?
1.Manmansiragan urushqoq 2. Haqiqiy do‘st 3. Kelishuvchan
IV. Agar sizga javobgarlik bilan bog‘liq vazifa topshirilsa, o‘zingizni qanday tutasiz?
1.Ikkilanaman, lekin qabul etaman 2. e’tirozlarsiz rozi bo‘laman 3. mutlaqo bo‘ynimga olmayman
V. Sizdan so‘ramay partangizdan narsangizni birortasi olsa, o‘zingizni qanday tutasiz?
1. achchig‘im kelib, urishib ketaman 2. qaytarib berishlarini kutaman
3. “yana biror narsa kerak bo‘lsa, ayting,”- deyman
VI. Ota-onangiz ishdan kech kelsa, ularni qanday kutib olasiz?
1.sababini so‘rayman 2. xavotir olganimni aytaman
3. o‘zimni xavotir olganligimni yashirmasdan e’tiroz bildiraman.
VII. Singlingiz (ukangiz) uyga kech kelsa, uni qanday kutib olasiz?
1.sababini so‘rayman 2. xavotirlanganimni aytaman 3. e’tiroz bildirib, to‘polon qilaman
VIII. Akangiz (opangiz) uyga kech kirsa uni qanday kutib olasiz?
1.sababini so‘rayman 2. Asabiylashaman 3. O‘zimni tuta olmasdan,urishib beraman
IX. Guruhingdagi a’lochiga bo‘lgan munosabatingiz qanday?
1. Xavas qilaman 2. Ishim bo‘lmaydi 3. Unga xasad qilaman
X. Hayotga bo‘lgan qarashingiz qanday?
1.o‘ylamayman,chunki yaqinlarimga ishonaman 2.xech narsa ayta olmayman
3. xayotning murakkabligidan xavotirga tushaman
XI. Ishingiz yurishmasa, nima qilasiz?
1.Aybni boshqa odam yoki vaziyatga yuklayman
2. imkoniyat qidiraman
3. yordam so‘rayman
XII. “Laqab qo‘yish, ustidan kulish, masxara etish” kabilarga qanday munosabatdasiz?
1.”Bu kabi holatlarga chek qo‘yish kerak”,- deb o‘ylayman
2. “ijobiy tadbirlar bu holatlarni oldini oladi”,-deb xisoblayman
3. bunga e’tibor bermayman,chunki birovlarning munosabati meni qiziqtirmaydi
XIII. Sinfda sizning o‘rningizga boshqa o‘tirib olsa, nima qilasiz?
1.Asabim buzilib,urushib ketaman 2. ishim bo‘lmasdan,men xam boshqa joyga o‘tiraman
3. “ boshqa safar joyimga o‘tiaman”,-deb o‘ylayman
XIV. Qo‘rqinchli filmlarni ko‘rganingizda, qanday holatga tushasiz?
1.Qo‘rqaman 2. ko‘rqmasdan oxirigacha ko‘raman 3. Rohatlanib,tomosha qilaman
XV. Darsga kech qolsangiz....
1.xavotirlanaman 2. o‘zimni hech nima bo‘lmaganday tutaman 3. Afsuslanib,kechirim so‘rayman
XVI. Sportga qanday yondashasiz?
1.sportga qiziqaman va g‘olib bo‘lishga intilaman 2. sport bilan o‘zimni tetik his etish uchun shug‘ullanaman
3. sportga qiziqmayman
XVII. Agar sizga oshxonada yomon xizmat ko‘rsatishgan bo‘lsa, nima qilasiz?
1. sabr qilaman 2. Ofitsiantga shikoyat qilaman 3. Boshlig‘iga shikoyat qilaman
XVIII. Agar ukangiz (singlingiz) ni maktabda ranjitgan bo‘lishsa, nima qilasiz?
1.O‘qituvchisidan tushuntirib berishini talab qilaman 2. aybdorning ota-onasi bilan gaplashaman
3. Ukam (singlim) ga o‘zini himoya qilish kerakligini uqtiraman
XIX. Harakatlaringiz qanday?
1.o‘rtacha,bosiq 2. keskin, mustaqil 3. O‘ta chaqqon, tezkor
XX. Kichik sinfdagi bolalar bilan koridorda to‘qnashib ketganingizda, u sizdan kechirim so‘raganida, nima qilasiz?
1.”Bu meni aybim”,- deyman 2. “uzr so‘rashning keragi yo‘q”,- deyman
3. “Ko‘zingga qarab yur!” -deb jahlim chiqadi
XXI. Gazeta va jurnallarda yoshlar tarbiyasizligiga oid chop etilayotgan maqolalarga qanday qaraysiz?
1.”Qachon shu bezorliklarga qarshi chora ishlab chiqiladi ?”deb o‘ylayman 2. “Ularga qattiq jazo tayinlash lozim”-deb xisoblayman
3. “Barcha ayblarni yoshlarga yuklamaslik kerak, ota-ona va tarbiyachilar ham aybdorlar”,-deyman
XXII. Sizga qaysi hayvonning harakatlari yoqadi ?
1.Yo‘lbarsning 2. Mushukning 3. Ayiqning
4. yana boshqa_________________________________________
Belgilangan javoblarni qo‘shib hisoblang.
FIO___________________________________________________________________________
Sinfingiz_________Jinsingiz_____________Yoshingiz____________Sana________________
Imzo__________________
NATIJALAR:
45 va undan yuqori ball. Ortiqcha agressiya, ko‘pincha o‘zgalarga shavqatsiz yondashasiz. Boshqaruv sohasida siz o‘zingizning usullaringizni ishlatib, odamlar qiziqishlarini hisobga olmasdan jazolagingiz keladi.
36-44 ball. Sizdagi agressiya (jahl, tajovuzkorlik) darajasi o‘rtacha, chunki o‘zingizga bo‘lgan ishonch etarli.
35gacha ball. Siz tinchliksevarligingiz uchun, o‘z kuchingiz va imkoniyatlaringizga ishonchingiz kamayib ketishi mumkin. Ko‘proq ishonchli va tezkor qarorlar qabul etishga urinib turing.
Do'stlaringiz bilan baham: |