Assalomu aleykum A’lo Hazrat! Amir Temur


Qizlar: Hay hay o’lan! (musiqa)



Download 33,48 Kb.
bet2/2
Sana25.09.2021
Hajmi33,48 Kb.
#185464
1   2
Bog'liq
Amir temur

Qizlar:

Hay hay o’lan! (musiqa)

BIBI :


A’zo Haznat, nabiramiz Mirzo Ulug’bek, amirzoda Shohruxning farzandi.

Amir Temur :

Baxtli bo’ling!

BIBI :


Koshonaga yo’l oling kelin, muntazirdir sizga vazirlar!

Amir Temur :

Ma’qul Bibi!

BIBI :


A’lo Hazrat ko’rinasiz xorg’in bemajol. Biroz yotib olingizda, kirgaysiz kuchga!

Amir Temur :

Ma’qul Bibi!

Amir Temur :

Kim u kim bor bu yerda?

HIZIR :


Assalomu aleykum!

Amir Temur :

Voaleykum assalom! Siz kimsiz?

HIZIR :


Men bu joyga kelib ketguvchi darvesh. Sizni esa biz taniymiz siz Amir Temur. A’lo xazrat tunni yaxshi o’tkazdingizmi?

Amir Temur :

Tongga yaqin 1 daqiqa ko’zim ilinmish. - Yo qudratingdan!

HIZIR :


Qo’yvoringiz qo’limni tez!

Amir Temur :

Yo’q, qo’yvormayman siz hizirsiz! Besuyak-ku bosh barmog’ingiz! Tag’in sizga duch kelibman 50 yil o’tgach!

HIZIR :


Ha Hizirman tilagingni eshitmog’im shart! Yigit chog’ing ko’ringandim senga ilk daf’a. Ammo endi nima yetmas senga jahonda?! Yer yuzini qoq yarmini qo’lga kiritding! Toj-u taxting, xonadoning, xatsiz mulking bor.

Amir Temur :

Barchasi bor, ammo…

HIZIR :


Unda yana nima istaysan?.. Faqatgina Temur mendan umr tilama!..

Amir Temur :

Yaratganga shukur deyman, barchasi uchun! Qancha umr bergan bo’lsa shuncha yasharman. “Yassaviyni ko’rsatingiz” – so’rovim shuldur.

HIZIR :


Sohibqiron istagini rad etmoq mushkul! Tassavvur ayla, Temur shu soniyadan, Yassaviy - men, men – Yassaviy tayyorman mana!

Amir Temur :

Tinimsiz jang-gu jadal bilan o’tdi hayotim! Balki qancha umrlarga bo’lganman zomin! Oxiratda etagimdan tutmasmi ular?

HIZIR :


Ollohimning xohishiga muvofiq kelsa, ikki dunyo savob erur har qandayin ish! Ayt-chi Temur, sen besabab qon to’kganmisan?

Amir Temur :

Adolat va dini islom himoyasi deb, yer yuzin fath ayladim, tartib o’rnatdim.

HIZIR :


Ulug’, ezgu niyatlarning ro’yobi uchun, jang-gu jadal, qon to’kishlik, shartmikan amir!

Amir Temur :

Agar inson o’z nafsini tiya olmasa, uni majbur qilmoq lozim! Choradir bu ham.

HIZIR :


Niyat qancha jozibali bo’lsa ham Amir! Qilich bilan murod hosil bo’lmog’i gumon!

Amir Temur :

O’zingiz-chi yer tagiga tiriklay kirib, ne karomat ko’rsatdingiz? Nima o’zgardi?

HIZIR :


Yuzim yorug’ bordim tangri ostonasiga, mo’minlarga sabrim bilan ibrat bo’loldim. Hikmatlarim o’lmay yashar, insofga chorlar!

Amir Temur :

Siz yer ostida, men yer ustida lashkar tuzibmiz!

HIZIR :


Qaytgin Amir, har neki ish taqdirdan bo’lg’ay, seni qismat kutayotir o’zingni urma!

Amir Temur :

Qullug’ taqsir! Menga zafar tilang yaxshisi. Gadolik ham qismat erur, shoxlik ham qismat!

HIZIR :


Boshing toshdan bo’lsin Amir!

BIBI :


A’lo Hazrat yo’qlamishsiz, bu qandayin holat? Boisi ne?

Amir Temur :

Sen yaqinroq kel, Mirzo Ulug’bek!

MIRZO ULUG’BEK:

A’lo Hazrat!

Amir Temur :

Hazrat emas bobo degil, bobojon de! Seni ziyrak nabiram deb, suyib yuraman. Orzu etgum payti kelib mening naslimdan, osmon ilmining ham sardori chiqsa! O’sha kezlar bobojoning yulduzini ham, nazaringdan qochirmagin Mirzo Ulug’bek!

BIBI :


A’lo Hazrat! Bunday g’amgin o’gitlar nechun, gaplaringiz yuragimni tilkalamoqda.

Amir Temur :

Hech bir banda bu dunyoda mangu qololmas!

BIBI :


Tabiblarni chaqiring tez!

Amir Temur :

Shoshmang, Bibijon! Dilimdagi gaplarimni aytib olayin!

BIBI :


Unday demang Olampanox! Ollox sizni o’zi asrasin! To’leyimiz oftobisiz, so’nmassiz aslo!

MIRZO ULUG’BEK:

Bobo, bobojon!

Amir Temur :

Bitik qildim qoida-yu, amallarimni! Men ularni ataganman tuzukot deya! Umidvorman kelajakda shu tuzuklarim as qotgaydir, saltanat-u, avlodlarimg’a! Saltanatni menday uzoq saqlay desangiz, shamshiringiz o’ylab cheking, bo’ling hamjihat! Shunqorlarim adolatni dastur qilingiz! Eng avvalo, vatan ila, millatni asrang!

BIBI :


Tashlab ketmang! Tashlab ketmang bizni…

MIRZO ULUG’BEK:

Olampanoh, muntazirdir sizga tabiblar!

Amir Temur :

Endi kechdur, men chodirga kirib keturmen! Lek, ammo undan qachon qaytishimni bilmasman o’zim!

BIBI :


Olampanoh! Yoninggizda bo’lay to abad!

Ko'zimizda nihol bo'ldi ulug' bir hayot,

Uning yorqin nuri esa o'chmagay aslo!



Temur uchun, millat uchun, hur vatan uchun,

Yoshlar bugun hamdard bo'lib qalqing buyoqqa.
Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish