Assalomu alekum bugungi suhbatimiz abituriyentlarning sevimli ko`pchilikka tanish va samarali bo`lgan “Step by step”kitobining muallifi Registon chilonzor filiali direktori Shahboz Toshpo`lotov bilan
Suhbat
Assalomu alekum bugungi suhbatimiz abituriyentlarning sevimli ko`pchilikka tanish va samarali bo`lgan “Step by step”kitobining muallifi Registon chilonzor filiali direktori Shahboz Toshpo`lotov bilan. -ustoz bilamizki hozirgi kundan dars berishni to`xtatgansiz ammo hali-hanuz kuniga o`ndan ziyod o`quvchilar shu ustozni darsni qo`yib bering deb murojaat qilishadi,siz shuncha qora ko`zlarni va sizning o`qitish tizimizinga bo`lgan kuchli talablarni ko`rib yana dars o`tgingiz kelmaydi? -Va alekum assalom Laylo o`zingiz ham abituriyent bo`lgansiz tog`rimi? Ularning har bir darsdagi daqiqasi oltinga teng.To`g`ri men har kuni officega kelaman va imkon qadar shu yerda bo`laman lekin ish bo`yicha va majlislarga ketib qolishim ishchilarning muammosi bo`lishi mumkin, agar men guruh ochib ularni o`qitishni boshlasam darsdan yarim soat oldin men usha yerda tayyorlanib turishim kerak.Muhim uchrashuvlar aynan shu vaqtga to`g`ri kelsa meni darsim bor deya olmaymanku,o`quvchilarni vaqtini olish ham yoki sarson qilish ham men uchun gunoh chunki o`zim ham ikki yil o`qishga kira olmaganman.
-Shu yaqin kelajakdachi niyatizngiz yo`qmi negaki o`zim ham darslaringizni qatnashganman,men nafaqat ingliz tili gramatikasi o`zbek tili gramatikasini ham barravar o`rganganman. -Sizga yoqgan bo`lsa unda ochamiz (miyig`ida kulib qo`ydilar).Albatta ko`p bo`lmaydi bo`lsa bitta yoki ikkita,asosan shogirtlarni tayyorlash guruhi bo`ladi.
-Noodaitiy savol bilan murojaat qilmoqchiman,oz bo`lsa ham ish tajribamdan kelib chiqgan holda ancha muncha qaysar,jahldor o`quvchilar bilan ishladim ularni nimagadur ko`ndirish yoki o`quv markazning qoidalarini aytsam ularni tushunishni xohlashmaydi.Shundan so`ng oxirida sizga yo`naltiramiz va siz hech qanday baqir chaqirsiz ularni yo`q deb turgan joyida fikrini o`zgartirib mamnun bo`lib chiqib ketishadi.Bunaday mahorat qanday paydo qilsa yoki rivojlantirsa bo`ladi. -Menimcha bu hech qanday mahorat emas shunchaki o`zingizga qatiyan ishonishigiz va “Yo`q” deya olishni ham bilishingiz kerak.Bundan tashqari ko`p kitob o`qing.Sizni ham kuzatganman juda ko`nglingiz bo`sh bunaqada qoqilishingiz mumkin.O`ta mehribonlik qilish ham yaramaydida ayniqsa katta lohiya,bizneslarda.
-Unda bugundan boshlab “yo`q” deyishni o`rganaman
-Ustoz bilamizki abituriyentlar orasida ma`lum va mashhur nafaqat Toshkent barcha viloyatlarda ham foydalanadigan “Step by step” kitobini o`zingiz yozgansiz.Juda ham tushunarli juda kichik detallargacha tushintirgansiz.Bu kitobni yozishga nima undagan bilamizki juda ko`p qo`llanmalar bor ularni ishlatsangiz ham bo`lardiku? -O`zingiz katta ustoz darjasiga chiqganingizda o`zingizni kitobingiz bo`lishini qanchalar xohlashingizni bilasiz.Hamma o`zi uchun qulay yani qanday dars o`tishiga qarab kitob chiqaradi.Men avval o`zim gramatik formullar yozib qog`ozlarda o`quvchilarga chiqarib berardim keyin bir kitob qilsamchi shunda ham menga ham o`quvchilarga qulay bo`ladi degan fikrda bir boshidan formula so`zlar hammasini yig`ib ustozimdan maslahat olib tayyor kitob holiga keltirdim va chiqartirdim.Bunchalik ommabop bo`lishini kutmagandim faqat o`zimni o`quvchilarim foydalansa bo`ldi degan maqsadda nashriyotga bergandim.Allohga shukr aytaman o`zim dars bermasam ham qo`llamamdan foydam tegayotganidan.
-Yana bir filial ustida ish olib boryapsizlar.Sentabrda ochilishi kutilmoqda qiyin emasmi ikkta filialni baravar olib borish teng pallada? -Laylo qarang siz kengroq o`ylang albatta men ikkta filialda teng bo`lina olmayman u yerga yoki bu yerga boshqa shogirtimni tayyorlaymanda,agar ikkisini ham o`zim yurg`azadigan bo`lsam ikkisidan biri e`tibordan chetda qolishi mumkin.
-Rahmat kattokon samimiy fikr va maslahatlaringiz uchun. -Sog` bo`ling,ko`proq kitob o`qing(kulib o`qing).