- Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar, hurmatli anjuman qatnashchilari!
Barchangizni Asosiy Qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 – yilligi munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Aziz do‘stlar!
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘ldi. Ertangi kunga ishonch bilan boqayotgan xalqimiz chin vatanparvar, erksevar, o‘zining va o‘zganing qadrini yuqori tutuvchi millat sifatida dunyoga tanildi.
Davlatimiz rahbari muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov rahnamoligida mamlakatimizda olib borilayot-gan ulkan islohotlarga Konstitutsiyamiz mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugun Jahon O‘zbekistonni xalqaro tinchlik uchun faol kurashchi, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarga doir yangiliklarni izchillik bilan hayotga tadbiq etayotgan mamlakat sifatida yaxshi biladi.
Qadrli eldoshlar!
Respublikamizda turli sohalarida kechayotgan tub islohotlar Xorazmdagi yangilanishlarda ham o‘zining to‘la aksini topmoqda.
2012 yil oktyabr oyida viloyatimizga qilgan tarixiy tashrifidan keyin Yurtboshimiz vohaning ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirishga qaratilgan to‘rtta tarixiy qarorlarini qabul qilgan edilar. Ana shu muhim hujjatlar asosida ishlab chiqilgan Davlat dasturlari yaqin va uzoq kelajakka mo‘ljallangan strategik taraqqiyot yo‘nalishlarimizni belgilab berdi.
Xalqimizda “Nondan ulug‘ ne’mat yo‘q”, degan ibratli naql bor. Buni zamonaviy tilda ifodalab, hayotimiz farovonligini ta’minlovchi bosh omil - mustahkam iqtisodiyot, deyish mumkin.
Shu ma’noda viloyatimiz sanoati salohiyatini oshirishga qaratilgan Davlat Dasturining samarali ijrosi barchamiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
2013 yildan beri sohaga 336 milliard so‘m investitsiya jalb qilindi. Amalga oshirilgan loyihalar doirasida yangidan to‘rt yarim mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratildi.
Natijada Xorazm o‘nlab yangi sanoat mahsulotlari, jumladan engil avtomo-billar ishlab chiqaradigan hududga aylandi. “JM O‘zbekiston” avtozavodi-ning viloyatdagi filiali shu kungacha yigirma mingga yaqin “Damas” va “Shevrole Orlando” avtomobillarini xaridorlarga etkazib berdi.
Urganch shahrida xitoylik hamkorlar ishtirokida qishloq xo‘jaligi uchun nihoyatda zarur bo‘lgan zamonaviy ekskavatorlar yig‘ish yo‘lga qo‘yildi. Yil oxirigacha qo‘shma korxo-nada 90 ta ekskavator va buldozer tayyorlanadi. Kelgusi yil esa ularning soni 200taga etadi. Yangi yildan boshlab bu erda yo‘l qurish texnikalari ham yig‘ila boshlanadi.
Yangibozor tumanida 2500 tonna trikotaj mato tayyorlash quvvatiga ega bo‘lgan fabrika ishga tushirildi. Yil oxirigacha shunday korxonalar Bog‘ot hamda Xiva tumanlarida ham o‘z faoliyatini boshlaydi.
Yuqoridagi tadbirlar natijasida Xorazmda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 150 foizga o‘sdi. Viloyat 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab subventsiyasiz faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi.
Hurmatli eldoshlar!
Insoniyat taraqqiyotining eng qadimgi markazlaridan biri bo‘lgan Xorazm azaldan olam ahlining e’tiborini tortib kelgan.
2013-2015 yillarda yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish Dasturiga ko‘ra mehmonxona, restoran va boshqa turistik infratuzilma ob’ektlarini qurish, madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlash ishlari boshlanib, bugun jadal davom etmoqda.
Dastur doirasida Xorazmda uch yilda 215 mlrd. so‘mlik ikki yuzdan ortiq loyiha amalga oshiriladi.
Umuman, bugun viloyatda olib bori-layotgan keng ko‘lamdagi qurilish va obodonlashtirish ishlarining barchasi-ni viloyatning sayyohlik salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar, deyishimiz mumkin.
Urganch shahrining Bosh rejasini hayotga tadbiq qilishga qaratilgan ishlar doirasida birgina shu yil boshidan beri 300 mlrd. so‘mlik qurilish va rekonstruktsiya ishlari ado etildi. Toshkent axborot-texnologiya-lari universiteti (TATU) Urganch filialining yangi binosi, “Yoshlar ko‘li” , “Turizm va mehmonxona xizmati” kasb-xunar kolleji, Urganch shahridagi 2-son bolalar musiqa va san’at maktablari yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.
Urganch shahridagi “Yoshlik” massivi-da joylashgan ulkan yopiq sport maneji, gimnastika zali, basseyn, “Basketbol” va “Badminton” markaz-larida qurilish ishlari davom etmoqda.
Nasib bo‘lsa bu o’ektlar 2015 yil bahorida umumta’lim maktab o‘quvchi-lari orasida Xorazmda tashkillash-tiriladigan respublika “Umid nihol-lari” musoboqalarining final bosqi-chi o‘tadigan davrgacha bitkaziladi va ushbu muhim tadbir yangi ob’ektlarda o‘tkaziladi.
O‘rni kelganda “Sog‘lom bola yili” Davlat Dasturining viloyatimizdagi ijrosi xususida ham to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Yil boshidan beri tasdiqlangan hududiy dastur ijrosi doirasida 405 mlrd. so‘mlik loyihalar amalga oshirilib, yillik parametr - 110,5 foizga bajarildi. Jumladan, viloyat-dagi tibbiyot muassasalarida 15 milliard so‘mlik qurilish-rekonstruk-tsiya ishlari amalga oshirilib, ularga 3 million dollarlik zamonaviy jihoz va asbob – uskunalar etkazib berildi.
28 - 29 oktyabr kunlari Urganch shahrida "Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish" mavzusida xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz konferentsiya qatnashchilariga yo‘llagan tabrigida ta’kidlanganlaridek, “Orolbo‘yi aholisining genefondi va salomatli-gini asrash uchun sharoitlarni yaratish, ijtimoiy infratizilmani, tibbiyot va ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengay-tirish” bugungi kunning asosiy masalasidir.
Anjuman yakunlariga ko‘ra Orol dengizi halokatining atrof – muhit va aholiga etkazayotgan ekologik, ijtimoiy – iqtisodiy va gumanitar oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan umumiy qiymati 3 milliard dollarlik ko‘lamdor loyihalar amalga oshirishga kelishib olindi.
Bularning bari inson omili, uning baxt saodati yo‘lida mamlakat-da qanchalik ulkan ishlar amalga oshirilayotganligining isbotidir.
Aziz do‘stlar, hurmatli eldoshlar!
Ayni kunlarda yana bir katta siyosiy tadbir arafasida turibmiz. 21 dekabrda Konstitutsiyamiz kafolat-lab bergan erkin saylash va saylanish huquqidan foydalanamiz. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga o‘zimiz loyiq ko‘rgan nomzodlarimizga ovoz beramiz.
Fursatdan foydalanib barchangiz-ni ushbu mas’uliyatli siyosiy tadbir-da faol ishtirok etishga chaqiraman! Chunki bugungi tanlovimiz shahar va tumanlar, viloyatimiz va mamlakati-mizning yaqin kelajakdagi taraqqiyo-tida muhim rol o‘ynaydi.
Hurmatli anjuman qatnashchilari!
Baxtimiz Qomusi – Konstitutsiya-miz qabul qilinganligining navbat-dagi sanasi munosabati bilan hammangizni yana bir marta chin qalbimdan tabriklayman!
Barchangizga sog‘liq – salomatlik, baxt-saodat, oilalaringizga tinchlik va xotirjamlik yor bo‘lsin!
Rahmat!
3 dekabr, 2014 yil
Ogahiy nomidagi drama teatri
Do'stlaringiz bilan baham: |