Assalomu alaykum Hurmatli
Yig‘ilish qatnashchilari.
2015 yilning 9 oyi davomida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ish-reja asosida “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil
25 sentyabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
2045-sonli qaroriga asosan quydagi ishlari amalga oshirildi. Jumladan:
- konsalting xizmatlarini ko‘rsatish uchun koreya konsalting kompaniyasini aniqlash maqsadida tender savdolari o‘tkazildi;
- tender savdolari natijasiga ko‘ra ANSE texnoloji konsalting kompaniyasi g‘olib deb topildi.
- Joriy yilning iyunь oyida ANSE texnoloji kompaniyasi bilan kontrakt tuzish maqsadida bajariladigan ishlar, texnik va moliyaviy shartlar bo‘yicha muzokarolar o‘tkazildi.
- 10 iyul kuni ANSE texnoloji konsalting kompaniyasi bilan konsalting xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ikki tomonlama kontrakt imzolandi.
- Ushbu kontrakt Koreya Eksimbanki va Tashqiy iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligidan ro‘yixatdan o‘tkazildi.
Hisobot davrida 2.2 mln. AQSh dollari miqdorida ish bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lib haqiqatda 211 ming AQSh dollorga ya‘ni 9.5 foizga bajarildi. (Ilova tarmoq jadvali)
Tasdiqlangan Tarmoq grafikidan 8 oy kechikish mavjud, sababi Koreya konsalting kompaniyasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tender savdolari 8 oyga chuzildi, xar bir o‘tkazilgan tadbirni Koreya Eksimbanki tomonidan kelishuvidan o‘tkazish (texnik baholash natijalarini, g‘olib kompaniyasini aniqlash, kontraktni shartlarini)
O‘zimiz tomonimizdan bajariladigan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha takliflarim:
Koreya konsalting kompaniyasi bilan birgalikda yetkazib beruvchi (integrator) Koreya kompaniyasini aniqlash maqsadida tender xujjatlarini tayyorlash va kelishuvdan o‘tkazish;
noyabrь oyida tender savdosiga e‘lon berish;
dekabr oyida kelib tushgan takliflarni ochib, baholash hisobotini Koreya Eksimbanki bilan kelishuvdan o‘tkazish, g‘olib kompaniya bilan kontraktga oid muzokaralar olib borib, kontrakt tuzish va ekspertizadan o‘tkazish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli qarori 2-ilovasi 5 bandiga asosan “Ko‘chmas mulk kadastri va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini integrallashgan axborot tizimini yaratish” bo‘yicha:
- 2014-2015 yillarda o‘rnatilgan tartibda loyihaning dastlabki Konseptsiyasi, Texnik topshiriq (TZ) va boshlang‘ich texnik iqtisodiy hisobi (PTER) ishlab chiqildi.
Xisobot davrida loyihaning moliyalashtirish manbaini aniqlash maqsadida Jahon banki vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Natijada ushbu loyiha 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-2020 yillarda Jaxon banki mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar ro‘yxatiga kiritildi va 20 mln. AQSh dollari miqdoridagi Jahon bankining kredit mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishga ruhsat berildi.
“Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi o‘rnatilgan tartibda loyihaning Texnik-iqtisodiy hisobini ishlab chiqishni boshladi. Tanlov o‘tkazilib, ijrochi-tashkilot tanlandi va Texnik-iqtisodiy hisob ishlab chiqishga shartnoma tuzildi.
2015 yil 12-16 oktyabr kunlari Jaxon banki loyihani baxolash missiyasi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Bank baholash missiyasi bilan birgalikda loyiha komponentlari bo‘yicha amalga oshiriladigan ish va tovarlarning baxolari ko‘rib chiqildi va tegishli vazirliklarga tagdim qilindi. Shuningdek,
Loyihaga tayyorgarlik ko‘rish uchun Jahon banki tomonidan 400 ming AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘i ajratish bo‘yicha kelishuv imzolanish arafasida..
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi PQ-1958-sonli “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 24 fevraldagi 39-sonli “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat dasturining so‘zsiz bajarilishini ta‘minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’gi qaroriga asosan Qashqadaryo viloyatining Qamashi (30053 ga), Qarshi (43360 ga), Koson (63726 ga) tumanlari va Jizzax viloyatining Arnasoy (31966 ga), Do‘stlik (34041 ga), Mirzacho‘l (31183 ga), Zafarobod (27543 ga), Paxtakor (27341 ga), Zarbdor (34097 ga) va Zomin (24663 ga) tumanlaridagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari sho‘rlangan tuproqlarini sho‘rlanish darajalarini aniqlash va xaritaga tushirish ishlari to‘liq yakunlandi.
Xorazm (217172 ga) va Navoiy (96804 ga) viloyatlarining barcha tumanlarida tuproqlarni sho‘rlanish darajalarini aniqlash bo‘yicha to‘liq dala tayyorgarlik ishlari yakunlanib hozirda laboratoriya tahlili, kameral va maydon hisoblash hamda kartorgafik ishlar olib borilmoqda.
4. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi 295-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Qo‘mita tizimidagi tashkilotlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari, tabiiy ob‘ektlar, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi ob‘ektlari nomlarini yig‘ish, tizimlashtirish, normallashtirish va geografik ob‘ektlarning Davlat reyestrini yuritish bo‘yicha 9 oyi mobaynida 28 030 ta ob‘ekt to‘g‘risida ma‘lumotlar to‘plandi, shundan 26 010 tasi normallashtirilib Davlat reyestri bazasiga kiritildi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi 1-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarni bajarilishini ta‘minlash maqsadida:
- Ko‘chmas mulk-3 dasturiy ta‘minot bazasiga 5,2 mln. ta ko‘chmas mulk ob‘ektlari haqida ma‘lumotlar yuklandi. Shundan bugungi kungacha Davlat Soliq qo‘mitasiga 2,1 mln. ta ko‘chmas mulk ob‘ektlari elektron aloqa kanallari orqali taqdim etildi.
- “Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish bo‘yicha dasturiy ta‘minot ishlab chiqildi.
Xozirda dasturiy ta‘minotga yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari hamda ularning yer turlari bo‘yicha maydoni, sifati va me‘yoriy qiymati yer toifalariga bo‘lingan holda tasdiqlangan shakllarda 320 509 ta ob‘ektlarning ma‘lumotlari kiritildi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 1 iyundagi 37-sonli “Jizzax va Namangan viloyatlari, Baxmal, G‘allaorol, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlari hokimliklari rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 13 martdagi PQ-1937-sonli “2013-2015 yillar davomida respublikada uzumchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Jizzax va Namangan viloyatlaridagi mavjud takzorlar hatlovdan o‘tkazildi.
Hatlov natijasiga asosan 2015 yil 1 iyul holatiga Jizzax viloyati tumanlarida jami 3052,0 gektar (2015 yil 1 yanvar yer hisobotiga nisbatan 17,0 gektar kam), shundan 343,0 gektar yangi ekilgan va 12,0 gektar eski tokzorlar o‘rniga ekilgan tokzorlar mavjudligini aniqlandi.
Namangan viloyati tumanlarida jami 9284,0 gektar (2015 yil 1 yanvar yer hisobotiga nisbatan 150,0 gektar ko‘p), shundan 222,0 gektar yangi ekilgan va 42,0 gektar eski tokzorlar o‘rniga ekilgan tokzorlar mavjudligini aniqlandi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 sentyabrdagi 06-03-13-1-sonli “2016 yil hosili uchun joriy yil sentyabr-dekabr oylarida piyoz, chesnok va to‘qsonbosti usulida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, ularga talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini ta‘minlash maqsadida, Jizzax viloyati hududidan “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” aktsiyadorlik jamiyatiga 1473,4 gektar, “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi “Meva uzum savdo eksporti” MChJga 658,7 gektar, “Navoiy kon metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga 544,7 gektar, “O‘zkimyosanoat” davlat aktsiyadorlik kompaniyasiga 548,8 gektar yer maydonlari qishloq xo‘jaligi ekinlarni ekish uchun ajratib berildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyatiga Sirdaryo viloyati hududidan jami 6151,8 gektar yer maydonlari ajratib berildi.
8. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 avgustdagi 66-sonli rayosati majlisi ijrosini ta‘minlash maqsadidaning bayonida belgilangan topshiriqlardan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-sonli qaroriga muvofiq davlat kadastrlarining yagona tizimi yaratilishi yo‘lga qo‘yish maqsadidan Davlat kadastri yurituvchi mas‘ul vazirlik va idoralar mutaxassislari tarkibida Geodeziya va kartografiya milliy markazida Shtab tashkil etildi.
Xar bir davlat kadastri bo‘yicha chora-tadbir ishlab chiqildi.
Shtabda vazirlik va idoralarni ma‘lumotlarini markazlashgan holda muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
9. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi 235-sonli “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Respublikaning 161 tumanlari (2087 ta massiv)dagi jami 88 491 ta qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning qishloq xo‘jalik yerlarini normativ qiymatini aniqlash ishlari amalga oshirildi va natijalari belgilangan tartibda Davlat soliq qo‘mitasiga va Moliya vazirligiga taqdim qilindi.
10. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan 9 oyi davomida 299 ta xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning 562,0 ming gektar yer maydonida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida 284 ta holatda (jami tekshirishga nisbatan 95 foiz) fermer xo‘jaliklari, korxona va tashkilotlar tomonidan 34,8 ming gektar maydonda yer qonunbuzilish holatlari aniqlanib, shundan 237 ta xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt rahbarlariga nisbatan ma‘muriy javobgarlikka doir ish qo‘zg‘atilib 62,4 mln. so‘m miqdorida ma‘muriy jarimaga tortildi, 34 ta holatda esa aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rish maqsadida hududiy kengashga hujjatlar rasmiylashtirilib taqdim etildi.
11. Davlat kadastri yo‘nalishida umumiy maydoni 53 949.8 gektarni tashkil etgan 72 155 ta ob‘ekt bo‘yicha kadastr s‘yomkasi ishlari amalga oshirildi.
308 314 ta ob‘ekt bo‘yicha bino-inshoot inventarizatsiyasi va baholash ishlari bajarildi;
Respublika bo‘yicha 94 676 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar, 247 499 ta bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar, 23 524 ta ipoteka shartnomalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
12. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan hozirgi kunda Davlat kadastrlari yagona tizimining talabi bo‘yicha ma‘lumotlarni yagona tizim, elektron dasturiy format hamda texnologik printsiplar bo‘yicha taqdim etish ishlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishida:
- davlat yer kadastri - 70%
- davlat suv kadastri - 56%
- bino-inshootlar davlat kadastri - 75%
- kartografiya-geodeziya davlat kadastri - 72%
- energetika ob‘ektlari davlat kadastri - 45%
- davlat o‘rmon kadastri - 45%
- shaharsozlik davlat kadastri - 40%
- aloqa ob‘ektlari davlat kadastri - 90%
- texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri- 30%
- gidrotexnika inshootlar davlat kadastri - 35%
- madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri - 15%
- avtomobil yo‘llari davlat kadastri - 16%
- temir yo‘llari davlat kadastri - 25%
- yetkazib berish quvurlari davlat kadastri - 7.5%
- chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat
kadastri - 25%
- tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri - 80%
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri - 5%
- o‘simlik dunyosi ob‘ektlari davlat kadastri - 7%
- hayvonot dunyosi davlat kadastri - 5%
- konlar, foydali qazilmalar va texnogen xosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri - 91% ga shakllantirildi.
13. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish soxasida hududiy boshqarmalar va tashkilotlar hamda Vazirlik va idoralar bilan elektron hujjat almashish tizimi (E-XAT) joriy qilindi, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish xolatini baxolash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355 sonli qarori talablari asosida Qo‘mitaning veb-sayti yaratildi, yuqori sifatli optik tolali liniyalarga ulanish ishlari yakunlanish arafasida.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dasturiy ta‘minoti (Ko‘chmas mulk-3) ishga tushirildi, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi 235-sonli “Qishloq xo‘jalik ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash” to‘g‘risidagi qarori asosida dasturiy ta‘minot ishlab chiqildi shuningdek, 2014yil 1 yanvardagi 1 sonli qaroriga asosan “Kadastr daftari” dasturi va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi “Geografik ob‘ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik ob‘ektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori asosida dasturiy ta‘minotlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu dasturlarning ishga tushirilishi bir qancha vazirlik va idoralarning tegishliligicha ma‘lumotlarni elektron tarzda almashish imkoniyatlarini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |