“Asoslarning olinishi va xossalari”mavzusida bir soatlik dars
ISHLANMA
Texnika xavfsizligi qoidalari; Labaratoriya tajribalarini bajarayotganda texnika xavfsizligi qoidalari rioya etish.
Fanlararo bog`lanishi;geografiya,tarix,biologiya.
Darsning borishi;O`quvchilar bilan salomlashish,navbatchi axborati o`tilgan mavzuni so`rash,yangi mavzu bayoni.
Darsning bayoni-darsdagi barcha jarayonni o`quvchilarga yetgazish.Asoslarni(kimyoviyva fizik xossalari ) tushuntirish.
Fizik xossalari-Asoslar ko`p fizik xossalariga va o`zgarish xaraktiri qarab o`zgaradi
1.suvda eriydigan
2. suvda erimaydigan asoslar
Asoslar turli ranglarga ega bulgan qattiq moddalardir KOH , NaOH
Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari(berilliy va magniydan boshqa) gidroksidlari suvda eriydi.
Qolgan asoslar suvda erimaydi yoki juda yomon eriydi.qattiq asoslar kristal panjaralar tugunlarida ionlar va gidroksid ionlari tutadi.
Kimyoviy xossalari; 1. Suvda eriydigan asoslar ko`p idikatorlar rangini o`zgartiradi.masalan fenolftaleinning suv-spili eritmasi har qanday suvda eruvchi asos ta`sirida pushti rangga kiradi.
2.Asoslar kislotalar bilan ta`sirlashib , tuz va suv hosil qiladi
NaOH + HCI= NaCI +H2O
Mg(OH)2 +HCI =Mg(OH)CI + H2O
3. Asoslar kislotali oksidlar bilan ta`sirlashadi,tuz va suv hosil qiladi.
Ca(OH)2 + CO2 = CACO3 + H2O
4. Ishqorlar tuzlar bilan ta`sirlashadi va yangi asos hamda tuz hosil buladi
NiCI2 +2NaOH =Ni(OH)2 +2NaCI
Asoslarning olinishi.
1.Ishqoriy va ishqoriy yer metallari suv bilan tas`irlashib olinadi
2Na +2H2O =2NaOH +H2O
Ca +2H2O=Ca(OH)2 +H2
Asoslarning nomlanishi; Asoslarning nomi o`zgarmas valetnli metallar uchun metall so`ziga gidroksid qo`shib o`qiladi.Masalan;Kaliy gidroksidi-KOH.
Agar metal atomi o`zgaruvchan valentli bo`lsa va bir necha xil gidroksid hosil qilsa,metal atomi nomidan kiyen qavs ichida rim raqami bilan kursatiladi.Masalan mis(II)- gidroksidi-Cu(OH)2.
Darsning barcha jarayonlarini tushuntirib bo`lgach sinf o`quvchilarini 2-guruhga bo`lib olib darsni savol-javob asosida mustahkamlaymiz.
O`tilgan mavzuni o`quvchilar bilan to`liq o`rganamiz va BBB usuli orqali baholanadi.
Xulosa;o`quvchilar darsdan olgan taasurotlarni bayon qiladilar
Uyga vazifa;berilgan mavzuni o`qib kilish.