96
36–rasm. Chuqur aerolift flotatsion mashina
Aerolift
kamerada
havo
pufakchalarining
maydalanishi
bo‘tana-havo
aralashmasining turbulent xarakati tufayli yuzaga keladi.
Minerallashgan xavo
pufakchalari aerolift kamerada yuqoriga ko‘tariladi va yo‘naltiruvchi to‘siqlar
yordamida yonbosh bo‘lmalarga otiladi. Bu maqsadda aerokamera ustiga otboynik
(ushlovchi) o‘rnatiladi. Butanani aralashtirish, tashish, bo‘tana-havo aralashmasini
aerolift kameradan chiqarish uchun kerak bo‘lgan havo teshik orqali atmosferaga
chiqarib yuboriladi.
Pnevmatik flotatsion mashina FP-100 rangli, nodir, kamyob va qora metallar
rudalarini, hamda ko‘mir va shu kabi foydali qazilmalarni boyitishda ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan mexanik va pnevmatik flotatsion mashinalardan
tuzilishining
soddaligi, xarakatlanuvchi va tez ishdan chiquvchi qismlarining
yo‘qligi, kam metal va elektrenergiya ishlatilishi, kam joy egallashi bilan ajralib
turadi.
37-Pnevmatik flotatsion mashina FP–100
97
Mashina konus shaklidagi asosli (30-55
0
burchak ostida) po‘lat
listdan
tayyorlangan vertikal tsilindrik kameradan iborat. Mashina konus qismining
pastida mashinaning o‘qi bo‘ylab yordamchi shaybali aerator o‘rnatilgan. Bu
aerator rezinadan tayyorlanib, mashina devoriga mahkamlanadi va mashina uzoq
vaqt ishlamay turib qolganda uni ichidagi mahsuloti bilan
birga ishga tushirishga
xizmat qiladi.
Konus qismining yuqorisi tsilindrik qism bilan ulangan joyda teshik-teshik
elastik naydan yasalgan asosiy aerator kronshteynga tayanadi.
Aeratorning karkasi (qobirga) metal trubadan uni geometrik tarzda
ushlaydigan nippel bilan tayyorlanib, ularga elastik
teshik-teshik trubalar
mahkamlanadi.
Mashinaning yuqori qismida taxminan 4 m balndlikda ikkinchi aerator
o‘rnatilgan. Ikkala aerator xam uzlarini mashina balandligi bo‘ylab yo‘naltiruvchi
va ko‘taruvchi moslamalar bilan ta’minlangan. Bu esa flotatsiya mahsulotlariga
qo‘yiladigan talabga qarab, flotatsiyani boshqarish imkonini beradi.
Naysimon aerator butanadagi havo pufakchalarini samarali maydalaydi va
ularni muallaq holda ushlab turishni ta’minlaydi.
Naydagi har bir teshik jajji qopqoq (klapan) dan iborat bo‘lib, u ma’lum
havo bosimida ochiladi. Havo berish tuxtatilishi
bilan teshikcha yopiladi va
naysimon aeratorga butana okimi kirish tuxtaydi.
Mashinani dastlabki mahsulot (butana) bilan tuldirish uning yonboshidagi
(yuqori qismida) tuynuk orqali amalga oshiriladi.
Kupikli mahsulot (kontsentrat) tarnovchaga oqib tushadi. Chiqindi
bo‘shatuvchi moslama orqali chiqariladi.
Aeratorga berilayotgan havoning sarfi va bosimini o‘zgartirib ko‘pikni
minerallashtirish, kontsentratning sifatini va chiqishini boshqarish mumkin.
Yuqori qismda ko‘pik ushlovchi moslama o‘rnatilgan bo‘lib, u ko‘pikni
markazdan chetga yo‘naltiradi. Mashinani ko‘zdan kechirish uchun uning ostki
qismida lyuk o‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: