Dt Dastgoh (yangi) 1.000.000
Dt Jamlangan amortizatsiya 350.000
Dt Asosiy vositalarni ayriboshlashidan ko’rilgan zarar 50.000
Kt Dastgoh (eski) 550.000
Kt Pul mablag’lari 850.000
Ikkinchi holat - ayirboshlash natijasidagi zararlarni tan olmaslik. Oldingi misolda zararlar tan olinganida, yangi dastgoh xarid bahosi – 1.000.000 hisobga olinib ko’rilgan zararlar 50.000 so’m miqdorda hisoblangan edi. Zarar-larni ko’rsatish ko’zda tutilmagan holda, yangi ob’ektning boshlangich qiymati vu-judga keladigan zararlar summasiga ortadi. Balans qiymati eski dastgohning ba-lans qiymatiga to’langan pul mablag’larini qo’shish yo’li bilan hisoblanadi,so’m hisobida:
Eski uskunaning balans qiymati 200.000
Pul mablag’lari 850.000
Yangi uskunaning hisobdagi qiymati 1.050.000
Muomalalarni bunday qayd etishda zararlar ko’rsatilmaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |