Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati - aktivdan foydalanish mo‘ljallangan davr yoki korxona mazkur aktivdan foydalanishdan olishni mo‘ljallagan mahsulot (ish va xizmat)lar miqdori (xajmi) tushuniladi. 7-son BHMS ning 39-bandida nomoddiy aktivning amortizatsiya qilinadigan qiymati muntazam asosda quyidagi tarzda taqsimlab borilishi lozim bo‘lgan amortizatsiya qilish muddatlari belgilangan:
uning foydali xizmat ko‘rsatish muddati mobaynida (biroq xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat ko‘rsatish muddati doirasida);
foydali foydalanish muddatlarini aniqlash imkoni bo‘lmagan 5 yil hisobida (biroq, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat muddati doirasida). Foydali xizmat muddatini belgilash mumkin bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari me’yori besh yil etib belgilanadi, ammo mazkur muddat korxona faoliyat ko‘rsatish muddatidan oshmasligi lozim.
Nomoddiy aktivning iqtisodiy xizmat ko‘rsatish muddatini belgilash odatda qiyin bo‘lgani sababli, uning xizmat ko‘rsatish muddatini aniqlash uchun quyidagi omillar hisobga olinishi lozim:
xizmat ko‘rsatishning eng ko‘p muddatini cheklashi mumkin bo‘lgan yuridik, tartibga soluvchi va shartnoma qoidalari;
mo‘ljal qilinayotgan xizmat qilish muddatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangilash yoki muddatni uzaytirishga oid shartlar;
xizmat qilish muddatini kamaytirish mumkin bo‘lgan eskirish, talab va boshqa xil iqtisodiy omillar;
kutilayotgan ish muddati yoki xodimlar guruhiga muvofiq kelishi mumkin bo‘lgan xizmat qilish muddati;
nomoddiy aktivning mavjud raqobatbardoshligini cheklashga qodir raqobatchilar va boshqa sub’ektlarning ko‘tilayotgan xatti- harakatlari;
turli xizmat ko‘rsatish muddatlaridagi ko‘pgina alohida aktivlarning asosi bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomoddiy aktiv.
Korxonalarida nomoddiy aktivlardan foydalanish jarayonida ular o‘zining dastlabki qiymatini yo‘qotib boradi. Ushbu aktivlar buxgalteriya hisobi milliy standart qoidalariga asosan nomoddiy aktivda mujassamlashgan iste’mol xususiyatlari sarflanganda, balans qiymati tegishli summaga kamayib boradi. Bu esa, nomoddiy aktivlarning butun foydali hizmat qilish muddatlari davomida qoldiq qiymati chegirilgan holda, dastlabki qiymatini xarajatga muntazam o‘tkazish hisobiga amalga oshiriladi. Demak, nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanganda belgilangan me’yorlarga asosan «Nomoddiy aktivlariga amortizatsiyani hisoblash qaydnomasi» tuzilishi kerak. Nomoddiy ob’ektlarga amortizatsiyasini hisoblash qaydnomasi (NMA-3 shakl). Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, iqtisodiy adabiyotlarda amortizatsiya qaydnomasining tegishli bo‘lgan ustunlarida nomoddiy aktivlar amortizatsiya me’yorlari ham keltiriladi. Lekin, ushbu me’yorlar ilmiy jihatdan to‘liq asoslanilmagan. Buning asosiy sababi amortizatsiya me’yorlari haqidagi maxsus hujjatlar ishlab chiqilmagan. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash qaydnomasining amaldagi namunaviy shakliga amortizatsiya me’yorlarini qayd etuvchi ustunini kiritish mumkin.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisob-kitob qilishda ishchi jadvali korxona bo‘yicha hisobot oyida yoziladigan nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasini belgilash uchun foydalaniladi. Ushbu jadvalning qo‘llanilishi amortizatsiya hisoblash jarayonini yanada soddalashtirishga olib keladi. Bunda hisob-kitob quyidagicha amalga oshiriladi: oy boshidagi amortizatsiya summasiga kelib tushgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi qo‘shilib, o‘tgan oyda hisobdan chiqqan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasi chegirib tashlanadi. Bunda hisob-kitob ma’lumotlari faqat amortizatsiya qismida keltirilib, u nomoddiy aktivlar dastlabki qiymati asosida belgilanadi.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasining qiymati guruhlashagan me’yorlar bo‘yicha belgilanib, bular patentlar, litsenziyalar kabilarning turlariga qarab ajratiladi. Shuningdek, bu ishlanma jadvalida amotizatsiya summasi har bir foydalanish ob’ektlari bo‘yicha belgilanadi. Bunda amortizatsiya ajratmalari xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
Nomodsiy aktivlar bo‘yicha eskirish normasi nomoddiy aktiv ob’ektlari dastlabki bahosi va foydali xizmat muddati asosida hisoblaniladi.
Bu muddat xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ishlab turgan davr mobaynida dastur mahsulotlari, monopol huquklar, mahsulot ishlab chiqarish va boshqalardan foydalanish davri uzunligiga bog‘liq.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi quyidagicha tartibda hisoblanadi:
№
Nomoddiy
aktivlar
turi
Dast-
labki
qiyma-
ti
Foyda-
li
foyda-
lanish
sanasi
Iillik
amortiza-
tsiya
normasi, %
hisobida
Oylik
amortiza-
tsiya
normasi, %
hisobida
Oylik
amorti-
zatsiya
summasi
Foydala-
nish joii
1
2
3
4
5
6
7
8
Amortizatsiya boshlang‘ich qiymat bilan tugatish (qoldiq) qiymati o‘rtasidagi farq sifatida shakllanuvchi amortizatsiya qilinadigan qiymat yuzasidan hisoblab yoziladi.
O‘zbekiston Respublikasida “Nomoddiy aktivlar” nomli 7-sonli BHMSga muvofiq nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash to‘rtta usulda amalga oshiriladi. Jumladan:
1. To‘g‘ri chiziqli usul, ya’ni bir maromli usul.
2. Ishlab chiqarish usuli, ya’ni bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash usuli.
3. Kamayib boruvchi qoldiq usuli, ya’ni ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli.
4. Kumulyativ usul, ya’ni yillar summasi usuli.
1. To‘g‘ri chiziqli usul (Straight-line method), bu usulda aktivdan foydalanishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat bo‘ladi. Bu ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati xizmat qilish muddatlari mobaynida teng ulushlarda hisobdan chiqarib boriladi. Demak, bu usulda nomoddiy aktivlarning har yildagi amortizatsiya summalari bir xil ko‘rinishda bo‘ladi, qoplanayotgan amortizatsiya bir xil sur’atda ortadi, natijada ob’ektning ichki qiymati bir xil darajada kamayib boradi. Shunga muvofiq to‘g‘ri chiziq usulida amortizatsiya ajratmalarini hisob-kitob qilish quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
; bu yerda:
As-amortizatsiya summasi;
Dq-dastlabki qiymati;
Tq-tugatilish qiymati;
TF-tugatishdan olingan foyda;
TH-tugatilish bo‘yicha xarajatlar;
HM-xizmat qilish muddati.
Masalan, Mahsulotlar belgisiga bo‘lgan guvohnomaning dastlabki qiymati 6000000 so‘m, undan foydalanish muddati 10 yil. Bu muddat ichida guvohnomaga har yili bir xil me’yorda amortizatsiya hisoblanadi.
Ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, birinchidan, guvohnoma uchun 10 yil davomida amortizatsiya ajratmasi bir hil tartibda hisoblangan, ikkinchidan, qoplanayotgan amortizatsiya summasi ham bir darajada ortib borgan, uchinchidan esa qoldiq qiymati proporsional ravishda kamayib boradi. Ushbu usulda amortizatsiya aktivning xizmat muddatini uzoq davom etishiga bog‘liqligiga asoslanadi va amortizatsiya me’yorlari doimiy hisoblanadi.
1. To‘g‘ri chiziqli usul shunga asoslanadiki, amortizatsiya teng maromda, nomoddiy aktivlarni foydali xizmat muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi.
Masalan, “Iqtisod-moliya” DUK mualliflik shartnomasi bo‘yicha 25 mln. so‘m to‘lab, “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartalari” kitobini 5 yil davomida 750 ming nusxada nashr qilish huquqini sotib oldi. Mazkur nomoddiy aktiv uchun amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usul bo‘yicha hisoblash vaziyatini ko‘rib chiqamiz.
Amortizatsiyani bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya nomoddiy aktivning qiymati va uning foydalanish muddati (5 yil) dan kelib chiqqan holda, teng ulushlarda hisoblanadi.
Amortizatsiya ajratmalarining to‘rt yillik summasi:
25 000 000 / 5 = 5000 000 so‘mni tashkil qiladi.
To‘rt yil davomida amortizatsiya hisoblashni quyidagicha aks ettirishimiz mumkin: