Asosiy vositalar hisobi


Biznes birlashuvini belgilash



Download 276,39 Kb.
bet55/56
Sana21.10.2022
Hajmi276,39 Kb.
#855157
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
1. Asosiy vos va nomoddiy aktivlar his

Biznes birlashuvini belgilash
Sotib oluvchi turli yo‘llar orqali sotib olinuvchi ustidan nazoratga ega bo‘lishi mumkin, masalan:
(a) pul mablag‘i, pul mablag‘i ekvivalentlari yoki boshqa aktivlarni (jumladan biznesni tashkil etadigan sof aktivlarni) o‘tkazish orqali;
(b) majburiyatlarni qabul qilish orqali;
(v) kapitaldagi ulushlarni chiqarish orqali;
(g) tovonning bir ortiq turini ta’minlash orqali; yoki
(d) tovonni o‘tkazmasdan, jumladan shartnomaning o‘zi orqali (43-bandga qarang).
B6 Biznes birlashuvi yuridik, soliq yoki boshqa sabablar tufayli turli usullarda tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi, ammo bu bilan cheklanib qolmaydi:
(a) bir yoki undan ortiq bizneslar sotib oluvchining shu’ba tadbirkorlik sub’ektilariga aylanadi yoki bir yoki undan ortiq bizneslarning sof aktivlari sotib oluvchiga yuridik tarzda qo‘shiladi;
(b) bir birlashadigan tadbirkorlik sub’ekti o‘zining sof aktivlarini, yoki uning mulk egalari o‘zlarining kapitaldagi ulushlarini, boshqa birlashadigan tadbirkorlik sub’ektiga yoki uning mulk egalariga o‘tkazadi;
(v) barcha birlashadigan tadbirkorlik sub’ektilar o‘zlarining sof aktivlarini, yoki ushbu tadbirkorlik sub’ektilarning mulk egalari o‘zlarining kapitaldagi ulushlarini, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektiga (ba’zida yig‘ish yoki birlashtirish operatsiyasi ham deyiladi) o‘tkazadilar; yoki
g) birlashadigan tadbirkorlik sub’ektilardan birining sobiq mulk egalarining guruhi birlashgan tadbirkorlik sub’ekti ustidan nazoratga ega bo‘ladi
Asosan pul mablag‘i yoki boshqa aktivlarni o‘tkazish orqali yoki majburiyatlarni qabul qilish orqali amalga oshirilgan biznes birlashuvida, sotib oluvchi bo‘lib odatda pul mablag‘i yoki boshqa aktivlarni o‘tkazadigan yoki majburiyatlarni qabul qiladigan tadbirkorlik sub’ekti hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlar:
Sotib oluvchi biznes birlashuvida sotib olingan aniqlanadigan nomoddiy aktivlarni, gudvilldan alohida tarzda, tan olishi lozim. Agarda nomoddiy aktiv ajratilish mezonini yoki shartnomaviy-yuridik mezonni qanoatlantirsa, u aniqlanadigan hisoblanadi.
Shartnomaviy-yuridik mezonni qanoatlantiradigan nomoddiy aktiv aniqlanadigan bo‘ladi hattoki agarda aktiv o‘tkaziladigan bo‘lmasa yoki sotib olinuvchidan yoki boshqa huquqlar va majburiyatlardan ajratiladigan bo‘lmasa.
Masalan:
(a) Sotib olinuvchi ishlab chiqarish inshootini bozor shartlariga nisbatan qulay bo‘lgan shartlarga ega operativ ijara asosida ijaraga beradi. Ijara shartlari ijara (sotuv yoki ikkilamchi ijara orqali) o‘tkazilishini yaqqol taqiqlaydi. Aynan bir yoki o‘xshash moddalar uchun joriy bozor operatsiyalarining shartlari bilan solishtirganda ijara shartlari qulayroq bo‘lgan summa nomoddiy aktiv bo‘lib, u gudvilldan alohida tarzda tan olish uchun shartnomaviy-yuridik mezonni qanoatlantiradi, bunda sotib oluvchi ijara shartnomasini sotish yoki boshqa hollarda o‘tkazish imkoniga ega bo‘lmasa ham.
(b) sotib olinuvchi atom elektr stansiyasiga ega va uni boshqaradi. Ushbu atom elektr stansiyasini boshqarish litsenziyasi nomoddiy aktiv bo‘lib, u gudvilldan alohida tarzda tan olish uchun shartnomaviy-yuridik mezonni qanoatlantiradi, bunda sotib oluvchi uni sotib olingan elektr stansiyasidan alohida tarzda sotish yoki boshqa hollarda o‘tkazish imkoniga ega bo‘lmasa ham. Sotib oluvchi boshqarish litsenziyasining haqqoniy qiymati bilan elektr stansiyasining haqqoniy qiymatini moliyaviy hisobot maqsadlarida yagona aktiv sifatida tan olishi mumkin, agarda ushbu aktivlarning foydali muddatlari o‘xshash bo‘lsa.
(v) Sotib olinuvchi texnologik patentga egadir. U ushbu patentni boshqalarga faqatgina ichki bozordan tashqarida foydalanish uchun litsenziya sifatida taqdim etgan va buning evaziga kelgusi xorijdagi foydaning ma’lum ulushini oladi. Texnologik patent va unga tegishli litsenziya kelishuvi gudvilldan alohida tarzda tan olish uchun shartnomaviy-yuridik mezonni qanoatlantiradi, hattoki agarda patent va unga tegishli litsenziya kelishuvini bir biridan alohida tarzda sotish yoki ayirboshlash amaliy mumkin bo‘lmasa ham.
Ajratilish mezoni shuni anglatadiki, sotib olingan nomoddiy aktiv sotib olinuvchidan ajratilgan yoki bo‘lingan holda, alohida yoki tegishli shartnoma, aniqlanadigan aktiv yoki majburiyat bilan birga sotilishi, o‘tkazilishi, litsenziyalanishi, ijaraga berilishi yoki ayirboshlanishi mumkin. Sotib oluvchi sotish, litsenziyalash yoki boshqa hollarda qiymatga ega boshqa moddaga ayirboshlash imkoniyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktiv ajratilish mezonini qanoatlantiradi, hattoki agarda sotib oluvchi uni sotish, litsenziyalash yoki boshqa hollarda ayirboshlashni ko‘zda tutmasa ham. Sotib olingan nomoddiy aktiv ajratilish mezonini qanoatlantiradi, qachonki ushbu turdagi aktiv yoki o‘xshash turdagi aktiv bo‘yicha ayirboshlash operatsiyalarining dalili mavjud bo‘lsa, bunda hattoki agarda ushbu operatsiyalar kam hollarda sodir bo‘lsa ham va sotib oluvchi ularda ishtirok etishi yoki etmasligidan qat’iy nazar. Masalan, mijoz va obunachi ro‘yxatlari tez-tez litsenziyalanadi va demak ajratilish mezonini qanoatlantiradi. Hattoki agarda sotib olinuvchi uning mijoz ro‘yxatlari boshqa mijoz ro‘yxatlaridan farq qiladigan xususiyatlarga ega bo‘lishiga ishonganda ham, mijoz ro‘yxatlari tez-tez litsenziyalanishi to‘g‘risidagi dalil umuman olganda shuni anglatadiki, sotib olingan mijoz ro‘yxati ajratilish mezonini qanoatlantiradi. Biroq, biznes birlashuvda sotib olingan mijoz ro‘yxati ajratilish mezonini qanoatlantirmasligi mumkin, agarda maxfiylik yoki boshqa kelishuvlar shartlari tadbirkorlik sub’ektining uning mijozlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sotishini, ijaraa berishini yoki boshqa hollarda ayirboshlashini taqiqlasa.
Sotib olinuvchidan yoki birlashgan tadbirkorlik sub’ektidan alohida tarzda ajratilmaydigan nomoddiy aktiv ajratilish mezonini qanoatlantiradi, agarda u tegishli shartnoma, aniqlanadigan aktiv yoki majburiyat bilan birga ajratiladigan bo‘lsa. Masalan:
(a) bozor ishtirokchilari depozit majburiyatlarni va tegishli depozitor aloqasi bo‘yicha nomoddiy aktivlarni kuzatiladigan ayirboshlash operatsiyalarida ayirboshlaydi. Shu tufayli, sotib oluvchi depozitor aloqasi bo‘yicha nomoddiy aktivni gudvilldan alohida tarzda tan olishi kerak.
(b) sotib oluvchi ro‘yxatga olingan savdo belgisiga va savdo belgisiga ega mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan hujjatlashtirilgan ammo patentlanmagan texnik tajribaga egadir. Savdo belgisi bo‘yicha egalik huquqini o‘tkazish uchun, mulk egasidan sobiq mulk egasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotdan farqlanmaydigan mahsulotni yoki xizmatni ishlab chiqarish uchun yangi mulk egasiga zarur bo‘lgan boshqa barcha qismlarni o‘tkazish ham talab etiladi. Tegishli savdo belgisi sotilganda, patentlanmagan texnik tajriba sotib olinuvchidan yoki birlashgan tadbirkorlik sub’ektidan ajratilishi va sotilishi shart bo‘lganligi tufayli, u ajratilish mezonini qanoatlantiradi.
Qayta sotib olish huquqlari
Biznes birlashuvining qismi sifatida, sotib oluvchi u o‘zining bir yoki undan ortiq tan olingan yoki tan olinmagan aktivlaridan foydalanish uchun sotib olinuvchiga oldin taqdim etgan huquqini qayta sotib olishi mumkin. Bunday huquqlarga misollar franchayzing kelishuvi asosida sotib oluvchining savdo nomidan foydalanish huquqini yoki texnologiya litsenziyasi kelishuvi asosida sotib oluvchining texnologiyasidan foydalanish huquqini o‘z ichiga oladi. Qayta sotib olingan huquq sotib oluvchi gudvilldan alohida tarzda tan oladigan aniqlanadigan nomoddiy aktivdir.
Agarda qayta sotib olingan huquqni yuzaga keltiradigan shartnoma shartlari aynan bir yoki o‘xshash moddalar bo‘yicha joriy bozor operatsiyalarining shartlariga nisbatan qulay yoki noqulay bo‘lsa, sotib oluvchi hisob-kitob bo‘yicha foyda yoki zararni tan olishi lozim. B52-band ushbu hisob-kitob foydasi yoki zararini baholash bo‘yicha ko‘rsatmani ta’minlaydi.
Yig‘ilgan ishchi kuchi va aniqlanmaydigan boshqa moddalar
Sotib oluvchi gudvillda tarkibida sotib olish sanasi holatiga aniklanmaydigan sotib olingan nomoddiy aktivlarning qiymatini jamlaydi.
Masalan, sotib oluvchi yig‘ilgan ishchi kuchining mavjudligiga nisbatan qiymatni aks ettirishi mumkin, qaysiki xodimlarning mavjud jamlanmasi bo‘lib, u sotib oluvchiga sotib olingan biznesni sotib olish sanasidan boshlab yuritishni davom ettirishga imkon beradi. Yig‘ilgan ishchi kuchi malakali ishchi kuchining aqliy kapitalini – sotib olinuvchining xodimlari o‘z faoliyatlariga olib keladigan (ko‘p hollarda maxsus) bilim va tajribani – aks ettirmaydi. Yig‘ilgan ishchi kuchi gudvilldan alohida tarzda tan olinadigan aniklanadigan aktiv bo‘lmagani tufayli, unga nisbatan aks ettirilgan har qanday qiymat gudvill tarkibida jamlanadi.
Sotib oluvchi sotib olish sanasida aktivlar sifatida tasniflanmaydigan moddalar bo‘yicha aks ettirilgan har qanday qiymatni ham gudvill tarkibida jamlaydi. Masalan, sotib oluvchi sotib olinuvchi sotib olish sanasida yangi mijozlar bilan muzokaralar olib borayotgan potensial shartnomalarga nisbatan qiymatni aks ettirishi mumkin. Ushbu potensial shartnomalar sotib olish sanasi holatiga aktiv bo‘lmagani tufayli, sotib oluvchi ularni gudvilldan alohida tarzda tan olmaydi. Sotib oluvchi ushbu shartnomalar qiymatini sotib olish sanasidan keyin sodir bo‘ladigan hodisalarga nisbatan keyingi davrlarda gudvilldan qayta tasniflamasligi kerak. Biroq, sotib oluvchi alohida tan olinadigan nomoddiy aktiv sotib olish sanasida mavjud bo‘lgan yoki bo‘lmaganini aniqlash uchun sotib olishdan qisqa muddatdan so‘ng sodir bo‘ladigan hodisalar to‘g‘risidagi dalillar va holatlarni baholashi kerak.
Dastlabki tan olishdan so‘ng, sotib oluvchi biznes birlashuvida sotib olingan nomoddiy aktivlarni BHXS 38 “Nomoddiy aktivlar” ning shartlariga muvofiq hisobga oladi. Biroq, BHXS 38 ning 3-bandida izohlangandek, dastlabki tan olishdan so‘ng ba’zi sotib olingan nomoddiy aktivlarni hisobga olish boshqa MHHSlar orqali belgilanadi.
Aniqlanish mezonlari nomoddiy aktiv gudvilldan alohida tarzda tan olinishi yoki olinmasligini aniqlaydi. Biroq, mezonlar nomoddiy aktivning haqqoniy qiymatini baholash bo‘yicha ko‘rsatmani ta’minlamaydi va nomoddiy aktivning haqqoniy qiymatini baholashda foydalanilgan farazlarni cheklamaydi. Masalan, sotib oluvchi haqqonyi qiymatni baholashda bozor ishtirokchilari nomoddiy aktivni baholash paytida foydalanadigan farazlarni, masalan shartnomani kelgusida yangilashlarni, inobatga olishi mumkin. Yangilashlarning o‘zi aniqlanish mezonlarini qanoatlantirishi shart emas. Biznes birlashuvida tan olingan qayta sotib olingan huquqlar uchun haqqoniy qiymatni baholash tamoyiliga nisbatan istisnoni belgilaydi.
Noaniq pul oqimlariga ega aktivlar (baholash rezervlari)
Sotib oluvchi sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatida baholanib, biznes birlashuvida sotib olingan aktivlar uchun sotib olish sanasi holatiga alohida baholash rezervini tan olmasligi lozim, chunki pul oqimlari to‘g‘risidagi noaniqlik ta’sirlari haqqoniy qiymatni baholashda inobatga olingan bo‘ladi.
Masalan, mazkur MHXS sotib oluvchidan sotib olingan debitorlik qarzlarini, jumladan kreditlarni, ularning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatida baholashni talab etishi tufayli, sotib oluvchi ushbu sanada umidsiz deb hisoblangan shartnomaviy pul oqimlari bo‘yicha alohida baholash rezervini tan olmaydi

Download 276,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish