Asosiy vositalar hisobi



Download 276,39 Kb.
bet48/56
Sana21.10.2022
Hajmi276,39 Kb.
#855157
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Bog'liq
1. Asosiy vos va nomoddiy aktivlar his

16.5-jadval.
Nomoddiy aktivlarga kumulyativ, ya’ni yillar summasi usuli bo‘yicha amortizatsiya hisoblash
(so‘mda)

Sanalar

Dastlabki qiymati

Yillik amortizatsiya
summasi

Jamlangan eskirishi

Qoldiq qiymati

Sotib olish sanasi

750 000 000

-

-

750 000 000

1-chi yil oxiri

750 000 000

(5/15 x 742 500 000) = 247 500 000

247 500 000

502 500 000

2-chi yil oxiri

850 000 000

(4/15 x 742 500 000) = 198000000

445500 000

304 500 000

3-chi yil oxiri

750 000 000

(3/15 x 742 500 000) = 148 500 000

594000 000

156 000 000

4-chi yil oxiri

750 000 000

(2/15 x 742 500 000) = 99 000 000

693000 000

57 000 000

5-chi yil oxiri

750 000 000

(1/15 x 742 500 000) = 49500 000

742500 000

7 500 000

Ushbu usulda eng katta amortizatsiya summasi birinchi yilda hisoblanadi. Jamlangan eskirish oz-ozdan o‘sib borib, qoldiq qiymat har yili amortizatsiya summasiga kamayadi va tugatish qiymatigacha yetib boradi.
Shuni ham aytib o‘tish joizki, nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashda yillik amortizatsiya summasi eng ko‘p hisoblanadigan usul bo‘lib, qoldiqni kamaytirish usuli (ikki baravar amortizatsiya me’yorini qo‘llash) hisoblanadi. Chunki mazkur usulda, birinchi navbatda, uning tugatish qiymati boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan ayrilmaydi va boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining o‘zi amortizatsiyalanadigan qiymat bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, birinchi yilning o‘zida, agar nomoddiy aktivning xizmat muddati 4 yil bo‘lsa 50 foizga, xizmat muddati 5 yil bo‘lsa 40 foizga birdaniga nomoddiy aktivning yillik eskirish summasi ko‘payadi (3-jadval). Ushbu usuldan asosan bajariladigan ish, xizmatlar juda katta hajmni tashkil etadigan va ikki smenada ish tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mazkur nomoddiy aktivlardan foydalanilganda qo‘llaniladi.
Yillik eskirish summasi katta miqdorni tashkil etadigan keyingi usulga kumulyativ, ya’ni yillar summasi usuli misol bo‘la oladi. Mazkur usulda nomoddiy aktivning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymati ayriladi va undan qolgan summa amortizatsiyalanadigan qiymat bo‘lib hisoblanadi. Ushbu usulda nomoddiy aktivning xizmat muddati 5 yil bo‘lgan taqdirda birinchi yili yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatning 33,3 foizini tashkil etadi, ya’ni: 247 500 000/ 742 500 000x 100 (4-jadval).
Amortizatsiya qoldiqni kamayib borish usuli bilan hisoblanayotganda tegishli koeffitsiyentlardan foydalaniladi. Bizning fikrimizcha, nomoddiy aktivlarga davlatning amortizatsiya siyosatiga bog‘liq ravishda ikki marotaba tezlashtirilgan usulda hisoblanishi lozim. Xorij davlatlarida bu koeffitsiyentlar turli hil ko‘rinishda bo‘ladi: xususan, Fransiyada aktivning xizmat qilish muddati 4 yilgacha bo‘lsa, 1.5, 5 yildan 6 yilgacha 2.0 va 6 yildan ortiq bo‘lsa 2.5 koeffitsiyentlar qo‘llaniladi. Italiyada 2.0, Kanadada 2.0 va 3.0, AQShda 1.5 va 2.0, Germaniyada 1.3 dan 2.0 gacha koeffitsiyentlardan foydalaniladi.4
Nomoddiy aktivlarning yuqorida takidlab o‘tilgan amortizatsiyasini hisoblash usullari taqqoslansa, hisobot davrlari bo‘yicha amortizatsiya summalarining ortishi, qoldiq qiymatlarining kamayib borishini ko‘rish mumkin. Agar ma’lum yildagi raqamlarga e’tibor berilsa, to‘g‘ri chiziqli va bajarilgan ishlar hajmiga taqsimlash usullariga qaraganda jadallashtirilgan usulda aktiv qiymatining deyarli 70-80 foizi amortizatsiya xarajatlari ko‘rinishida mahsulotlar tannarxiga yoki davr xarajatlariga olib borilishini ko‘rish mumkin. Bu esa avvalgi ikki usullarda 50-55 foizni tashkil etadi.
Shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, g‘arb davlatlarida buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiyani alohida hisoblab chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Biz soliqqa tortiladigan foydani hisoblab chiqish uchun buxgalter qaysi usuldan foydalanishdan qat’iy nazar, nomoddiy aktivlar bo‘yicha jadallashtirilgan amortizatsiya usullaridan foydalanib xarajatlarni jadallashtiril-gan qoplash tizimini joriy etish lozim deb hisoblaymiz. Xarajatlarni jadallashtirilgan qoplash tizimiga muvofiq xarajatlarni qoplash davri nomoddiy aktivlarning turli ob’ektlari uchun 1 yildan 20 yilgacha bo‘ladi. Bunda xarajatlarni qoplash davri 1 yildan 10 yilgacha bo‘lgan nomoddiy aktivlar uchun 2.0 koeffitsiyent bilan qoldiq qiymat usulidan foydalaniladi.
Shuningdek, qoplash davri 10-20 yilgacha bo‘lgan nomoddiy aktivlar uchun 1.5 koeffitsiyent bilan qoldiq qiymat usulidan foydalanish korxona uchun samarali bo‘lishi mumkin.
Nomoddiy aktivlardan kutilayotgan iqtisodiy samara o‘zgaradigan bo‘lsa, ularga nisbatan qo‘llaniladigan amortizatsiya usuli har yili hisobot davri oxirida qaytadan ko‘rib chiqilishi kerak. Amortizatsiya usuli o‘zgargan taqdirda joriy davr uchun hisoblab yozilgan amortizatsiyaga tuzatish kiritiladi.
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son buxgalteriya hisobi milliy standartining 41-bandiga ko‘ra, hisobot davri uchun amortizatsiya me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish va tuzatish mumkinligi e’tirof etiladi. Amortizatsiya summasi qolgan davrlar uchun taqsimlanadi, bu esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliqqa tortiladigan bazasiga ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi misolda dasturiy ta’minotning xizmat qilish muddati 10 yil, dastlabki qiymati 500000 so‘mga teng. Lekin bu ob’ektdan yana 4 yil foydalanish mumkinligi aniqlandi. Demak, dasturning foydalanish muddati 10 yildan 5 yilgacha kamaydi. Dasturiy ta’minotga yillik amortizatsiya summasi buxgalteriya yozuvlarida quyidagi tartibda aks ettirladi;
Debet:0430 «Dasturiy ta’minoti» schyoti-45000 so‘m.
Kredit:0530 «Dasturiy ta’minot amortizatsiyasi» scheti - 45000 so‘m.
Dasturiy ta’minotning qolgan qiymati esa to‘rt yil uchun teng bo‘lgan summada hisob-kitob qilinadi:
(500000-45000-5000=405000 so‘m).
Qoldiq qiymati 405000 so‘mga teng bo‘lib u 4 yilga taqsimlanadi. (405000/4);
Debet: 9400 «Davr xarajatlari» schyotlari – 101250 so‘m.
Kredit: 0530 «Dasturiy ta’minot amortizatsiyasi» schyoti-101250 so‘m
Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalangan qiymatini hisobdan chiqarish buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettiriladi:
amortizatsiya qiymati 5000 so‘m bo‘lgan nomoddiy aktiv hisobdan chiqarildi.
Debet: 0510-0590-«Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi» schyotlari-5000 so‘m
Kredit: 9220-«Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti- 5000 so‘m.
G‘arb davlatlarida buxgalter xodimlar aktivlarning amortizatsiya me’yorlarini qayta ko‘rib chiqishgani bilan ularning bahosini o‘zgartirmaydilar, chunki aktivlarning bahosi o‘zgarganda muvofiqlilik yoki taqqoslash tamoyili buziladi. Bunda hisobot yilidagi daromad (foyda) bilan xarajatlar bilan o‘zaro solishtirish imkoniyatiga ega bo‘linmaydi.
Amortizatsiyalanadigan mulk ko‘pgina hollarda aktivlarning asosiy qismini tashkil etadi. Bu haqda iqtisodchi olima M.Yusupova quyidagi fikrni bildiradi: «Amortizatsiya hisobi, faqatgina boshqaruv hisobinigina emas, balki moliyaviy hisobning ham asosiy bo‘lagidir».5 Bu fikrlarga iqtisodchi olim B.Hasanov. esa quyidagicha yondashadi: «Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash ularning boshlang‘ich qiymati unumli foydalanish muddatiga teng ravishda amalga oshiriladi».6
Nomoddiy aktivlarga hisoblanayotgan amortizatsiya summasini xarajatlar tarkibiga to‘g‘ri aks ettirishning iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar olimlari, jumladan amerikalik olimlar Nidlz. B, Anderson. X va Kolduell. D lar quyidagicha izohlaydilar: «Asosiy vositalar bo‘yicha egri tartibda, nomoddiy aktivlar bo‘yicha esa to‘g‘ri usul bilan amortizatsiya hisoblanishi kerak.»7
Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi, bizning fikrimizga ko‘ra, xuddi shu ob’ektni yana qayta xarid qilib olishni anglatmaydi. Korxona xo‘jalik faoliyatida bir necha nomoddiy aktivlarni xarid qilib olishi mumkin. Amortizatsiya xarajatlarini bir marotaba qoplash kerak bo‘ladi. Bu esa ularga hisoblanayotgan amortizatsiyaning to‘g‘ri chiziqli usulidan foydalanish kerakligini taqozo qiladi.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblanganda belgilangan me’yoralarga asosan «Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya» qaydnomasi (NMA 5-shakl) joriy davrda tuziladi. Mazkur qaydnomada nomoddiy aktivlarning dastlabki (balans) qiymati, foydalanish (hizmat) muddati yillik amortizatsiya me’yorlari, jami amortizatsiya summalari, oy davomidagi amortizatsiya summalari va qoldiq qiymati ko‘rsatib boriladi.



Download 276,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish