№
|
Tekshiruv bosqichlari
|
1
|
2
|
1.
|
Inventar ro‘yxat (AV-7 shakl) (yoki daftar)dagi barcha obyektlar dastlabki qiymat summalarini balansning 012 satri bilan (yil boshiga va oxiriga) va hisoblangan eskirish summasini 011 satri bilan (yil boshi va oxiriga) solishtirish.
|
2.
|
Amortizatsiya hisoblash usulining to‘g‘ri tanlanishi, koeffitsientlar va hisob-kitoblar to‘g‘riligini tekshirish; asosiy vositalarning qayta baholanishini tekshirish.
|
3.
|
«Asosiy vositalar inventar ro‘yxati» (AV-7 shakl) (yoki daftari) va «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari (AV-1, AV-2 shakllar)da aks ettirilgan summalar tengligini solishtirish yo‘li bilan tekshirish.
|
4.
|
«Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnoma» larining (AV-1, AV-2) to‘g‘ri rasmiylashtirilishini tekshirish.
|
5.
|
«Asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar» (AV-6 va b. )da aks ettirilgan inventar qiymatga tengligini tekshirish.
|
6.
|
Asosiy vositalar kartotekasini yuritish va inventar kartochkalar to‘lg‘azilishining to‘g‘riligini tekshirish.
|
7.
|
Tugatilgan (hisobdan chiqarilgan) asosiy vositaning «Asosiy vositalar inventar ro‘yxati» (AV-7 shakl) (yoki dafta-ri)da aks ettirilgan qiymati va «Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomalari» (AV-3, AV-4 shakllar) da aks ettirilgan qiymati tengligini tekshirish.
|
8.
|
«Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomalari» (AV-3, AV-4 va b. ) to‘g‘ri rasmiylashtirilishini tekshirish.
|
9.
|
Tekshiruv uchun tanlangan asosiy vositalar guruhi (turkumi) bo‘yicha summalarning «asosiy vositalar inventar ro‘yxati» (AV-7-shakl) (yoki daftari)dan 0110-0190 schyotlar bo‘yicha oborot vedomostiga o‘tkazilishining to‘g‘riligini tekshirish.
|
10.
|
0110-0199 schyotlar bo‘yicha hisobot davri oxiriga chiqarilgan qoldiqlar to‘g‘riligini tekshirish. 0110-0199 schyotlar bo‘yicha tegishli hisobot davri oxiriga chiqarilgan qoldiqlarning, oborot vedomostlardagi aynan shu hisobot davri oxiriga chiqarilgan qoldiqlarga mosligini tekshirish.
|
11.
|
№13-ASK Jurnal-order «hammasi» degan satridagi 0110-0199 schyotlarning kredit oborotlarini tegishli hisobot davri uchun oborot vedomostlaridagi aynan shu schyotlar bo‘yicha kredit oborotlari bilan solishtirish.
|
12.
|
№13-ASK Jurnal-orderining «hammasi» degan satridagi summa va 0110-0199 schyotlarning krediti bo‘yicha yozuvlar yoziladigan tomonidagi 1-27-satrlar summalar tengligini tekshirish. №13 – ASK jurnal-orderning 0210-0299 schyotlar krediti bo‘yicha yozuvlar yoziladigan qismidagi «hammasi» degan satr summasi va 1-6-satrlar summalari tengligini tekshirish.
|
13.
|
Tegishli oy bo‘yicha: Bosh daftarning 18 grafasidagi summaning №13-Jurnal-orderdagi 0110-0199 schyotlar krediti bo‘yicha «hammasi» degan yozuvga tengligini tekshirish.
|
14.
|
0110-0199 schyotlar bo‘yicha debet oborotlarini jamlashning to‘g‘riligini tekshirish.
|
15.
|
Bosh daftarning: 19-grafasidagi 0110-0199 schyotlar bo‘yicha debet qoldiqlarning Balans 012 satridagi summaga; 20-grafasidagi 0210-0299 schyotlar bo‘yicha hisobot davri oxiriga kredit qoldiqlarning Balans 011-satridagi summaga tengligini tekshirish.
|