Asosiy vositalar amartizatsiyasining auditi. Asosiy vositalari taminlash xarajatlari auditi


Asosiy vositalar auditining ma'lumot manbalari



Download 104 Kb.
bet2/3
Sana26.05.2022
Hajmi104 Kb.
#609980
1   2   3
Bog'liq
ASOSIY VOSITALAR AMARTIZATSIYASINING AUDITI. ASOSIY VOSITALARI TAMINLASH XARAJATLARI AUDITI

2. Asosiy vositalar auditining ma'lumot manbalari
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o`tkazishda foydalaniladigan manbalar buxgalteriya hisobining subyektda qabul qilingan tashkiliy shakliga ham bog`liq. Bular: jurnal-orderlar, vedomostlar, kartochkalar, komputer dasturlari va h.k lardir. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hisobning har qanday shakli sharoitida ham asosiy vositalarning harakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, xojalik ichidagi siljishi, ta'mirlanishi) me'yoriy va dastlabki hujjat shakllari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Asosiy vositalar auditining ma'lumot manbalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval Asosiy vositalar auditining ma'lumot manbalari

1.

O`zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to`g`risida» gi qonuni. 1996-yil 30avgustda tasdiqlangan

2.

O`zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to`g`risida» gi qonuni.. Yangi tahrirda 2000yil 26- mayda tasdiqlangan

3.

O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi (asosiy vositalarning eskirish me'yorlari) 2008y.

4.

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi. 2002- yil 30- avgust holatiga o`zgartirishlar bilan. 1996- yil 29- avgustda 257-1- sonli O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan 1997- yil 1- martdan kuchga kiritilgan

5.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo`yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi Nizom» (2003, 2004 va 2005 yillardagi qo`shimcha va o`zgartirishlar bilan)

6.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Lizing operatsiyalarini buxgalteriya hisobi va hisobotida aks etish tartibi» nomli 1998 yil 6 maydagi 194-sonli qarorining 2ilovasi

7.

«Inventarlash vaqtida aniqlangan mol-mulkning kamomadi va ortiqchasini buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi haqidagi Nizom». 2001-yil 20-iyunda 56G`2001-38-son bilan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2001-yil 23-iyulda 1054-son bilan ro`yxatga olingan

8.

«Balansdagi asosiy vositalarni hisobdan chiqarish tartibi haqida Nizom». 2001 yil 28 fevralda 26-son bilan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan

9.

«2001-yil 1-yanvar holatiga ko`ra asosiy vositalarni qaytadan baholash tartibi haqidagi Nizom». 2001-yil 2-fevralda RA-01G`8-6a, 17-03G`113A, 2001-32-sonlar bilan
O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo`mitasi qarori bilan tasdiqlangan

10.

Moliyaviy hisobot shakllarini to`ldirish qoidalari. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan

11.

1-son «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS). 1998-yil 26-iyulda 474-son bilan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 1998-yil 14-avgustda ro`yxatga olingan.

12.

5-son «Asosiy vositalar» nomli O`zbekiston Respublikasi BHMS. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003-yil 9-oktyabr 114-son buyrug`i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2004-yil 20-yanvar 1299-son bilan ro`yxatga olingan

13.

21-son «Xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xojalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo`llash haqida yo`riqnoma» nomli BHMS 2002 yil 9 sentyabrda 103-son bilan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2002-yil 23-oktyabrda 1181-son bilan ro`yxatga olingan.

14.

19-son «Inventarlashni tashkil qilish va o`tkazish» nomli BHMS 1999-yil 19-oktyabrda EGG`17-19- 2075-son bilan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833-son bilan ro`yxatga olingan

15.

70-sonli «Moliyaviy hisobot to`g`risida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi»
O`zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS). 2001 yil 14 fevralda 20-soni bilan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2001 yil 10 martda 1016-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olingan

16.

11-son «Ma'lumotlarni kompyuterda qayta ishlash sharoitida audit» O`zbekiston Respublikasi AFMS 1999-yil 91-sentyabrda 76-son bilan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 1999-yil 23-sentyabrda 823-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olingan

17.

14-son «Xususiy kapital to`g`risidagi hisobot» nomli BHMS. O`zR. Adliya vazirligida
2004-yil 7-aprelda 1335-son bilan ro`yxatga olingan

18.

22-son «Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi» nomli BHMS.
O`zR. Adliya vazirligida 2004-yil 21-mayda 1364-son bilan ro`yxatga olingan

19.

6-son «Ijara hisobi» nomli BHMS. O`zR. Adliya vazirligida 2004-yil 22-iyunda 1374-son bilan ro`yxatga olingan

20.

23-son «qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish» nomli BHMS. O`zR. Adliya vazirligida 2005-yil 27-iyunda 1484-son bilan ro`yxatga olingan.

21.

«Yuridik shaxslar mol-mulki bo`yicha soliqlarni hisoblash va budjetga to`lash tartibi to`g`risida»gi Yo`riqnoma. 2002-yil 11-martda 1107-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olingan

22.

Subyektning hisob siyosati to`g`risidagi buyrug`i

23.

Asosiy vositalarni hisobga olishda subyektda qo`llaniladigan analitik va sintetik hisob registrlari

24.

Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi (nakladnoyi) (AB-l shakl)

25.

Ta'mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan obyektlarni qabul qilishtopshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl)

26.

Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl)

27.

Avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-4 shakl)

28.

Asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl)

29.

Asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro`yxati (AV-7 shakl)

30.

Asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl)

31.

Asosiy vositalarning inventar ro`yxati (ishlatish joylari bo`yicha) (AV-9 shakl)

Auditor ushbu me'yoriy hujjatlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlarda asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining mavjudligi va haqqoniyligiga e'tibor qaratib, barcha rekvizitlarning to`g`ri to`lg`azilganligini aniqlaydi. Shuningdek, subyektning hisob siyosati to`g`risidagi buypuqda bayon qilingan - asosiy vositalarni hisobga olish uslubiyoti bilan tanishib chiqishi lozim. Bunda xususan quyidagilarni aniqlash zarur:

    • obyektlarni asosiy vositalar va aylanma mablag`lar qatoriga olib borish uchunular qiymatining belgilangan chegaralari;

qiymatidan qat'iy nazar asosiy vositalar qatoriga olib boriladigan obyektlar
ro`yxati;

    • asosiy vositalar bo`yicha amortizatsiya hisoblash usullari;

    • asosiy vositalarni ta'mirlash uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish tartibi;

    • hisobot yilining 1-yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash ko`zdatutilganligi;

    • asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari;

    • asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olish uchunishchi schyotlar rejasida belgilangan schyotlar ro`yxati.

Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olishda qo`llaniladigan va tekshiruvda auditor tomonidan jalb qilinadigan, sintetik va analitik hisob registrlari buxgalteriya hisobining subyektda qo`llanilayotgan shakliga bog`liq. Ularga 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0200 – «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar», 0300 – «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlari bo`yicha sintetik hisob registrlari, sintetik va analitik hisob bo`yicha oborot va qoldiq vedomostlari kiradi. Asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar, odatda, dastlabki hujjatlarning yagona shakllari bilan, ayrim hollarda esa subyektda ishlab chiqilgan va hisob siyosati to`g`risidagi buyruq bilan tasdiqlangan dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Auditor tekshiruv mobaynida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan foydalanadi:

    • buxgalteriya balansi (1-shakl);

    • moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot (2-shakl);

    • asosiy vositalar to`g`risidagi hisobot (Z-shakl);

    • pul oqimlari to`g`risidagi hisobot (4-shakl);- xususiy kapital to`g`risidagi hisobot (5-shakl); - izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar.

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish