Asosiy vositalar amartizatsiyasining auditi. Asosiy vositalari taminlash xarajatlari auditi



Download 104 Kb.
bet1/3
Sana26.05.2022
Hajmi104 Kb.
#609980
  1   2   3
Bog'liq
ASOSIY VOSITALAR AMARTIZATSIYASINING AUDITI. ASOSIY VOSITALARI TAMINLASH XARAJATLARI AUDITI




ASOSIY VOSITALAR AMARTIZATSIYASINING AUDITI. ASOSIY VOSITALARI TAMINLASH XARAJATLARI AUDITI
Reja:


1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o`tkazish ketma-ketligi
2. Asosiy vositalar auditining ma'lumot manbalari
3. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish
4. Asosiy vositalarga eskirish (amortizatsiya) to`g`ri hisoblanishini tekshirish
5. Asosiy vositalarni harakati bilan bog`liq muomalalar auditi
6. Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi
7. Asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari auditi
1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o`tkazish ketma-ketligi
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish mijoz-subyekt faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi moliyaviy hisobot asosiy vositalar harakati bilan bog`liq ko`rsatkichlarning ishonchliligi to`g`risida fikr shakllantirish va subyektda asosiy vositalar bilan bog`liq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O`zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri bo`lib, undagi o`rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish mumkin:

  • asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o`rnatishnita'minlash (obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to`g`riligi);

  • asosiy vositalarning to`g`ri turkumlanishi;

  • asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarliknitashkil etish (analitik va sintetik hisob hamda hisobot ma'lumotlarining mosligi);

  • asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki hujjatlashtirishhamda hisobda aks ettirish;

  • asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob

registrlarida aks ettirish;

  • asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish;

  • asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks etgirish;

  • amortizatsiya hisoblash usullarini qo`llashning qonuniyligi va to`g`riligi;

  • jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo`llashning qonuniyligi;

  • amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to`g`riligi;

  • amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to`g`riligi;

  • asosiy vositalarni ta'mirlash, tiklash, zamonaviylashtirish va qayta jihozlashnihisobda aks ettirish;

  • ta'mirlash usullari;

  • ta'mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to`g`riligi;

  • asosiy vositalarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir muomalalarnihisobga olish;

  • asosiy vositalar sintetik va analitik hisobining subyekt buxgalteriyasidagiholatini baholash;

  • belgilangan qoidalarga muvofiq subyektning o`ziga qarashli, joriy tartibdaijaraga olingan va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni saqlash joylarida moddiy javobgar shaxslarga biriktirilganligini baholash;

  • subyektning o`ziga qarashli va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarbo`yicha yillik eskirish hisoblanishining to`g`riligini tekshirish. Chunki, bu ma'lumotlar realizatsiya qilinadigan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti) shakllanishi bilan bog`liq bo`lib, oqibatda subyektning moliyaviy natijalari (balans foydasi yoki zarari) ga va budjetga to`lanadigan foyda (daromad) solig`ining miqdoriga ta'sir etadi;

  • asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ularni yuridikva jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog`liq muomalalar bo`yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish;

  • asosiy vositalarni xojalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) ta'mirlashxarajatlarini hisobga olishning subyektda amal qilinayotgan tartibini, subyektda bir yilga qabul qilingan hisob yuritush siyosatidan kelib chiqqan holda baholash va tekshirish;

  • subyektda asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig`i va quvvati bo`yichasubyektning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil qilish (agap auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo`lsa);

  • asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish.

Auditor ushbu asosiy masalalarni o`rganib, ularga auditorlik hisobotining tashkiliy qismida baho berishi va yo`l qo`yilgan xatolar hamda hisobning belgilangan qoidalaridan chetga chiqish hollarini bartaraf qilish bo`yicha takliflar berishi lozim.
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashdan oldin, birinchi navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur:

  • subyektning hisobot davridagi hisob siyosati va uning o`tgan hisobotdavridagiga nisbatan o`zgarishi bilan tanishish;

  • asosiy vositalarning inventarizatsiya natijalari bilan tanishish;

  • asosiy vositalarni qayta baholash materiallari va ularning hisobda aks ettirilishibilan tanishish. Bunda auditor O`zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo`mitasining tegishli me'yoriy hujjatlariga muvofiq subyekt balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati bo`yicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim.

Subyektda asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo`yicha doimiy komissiya tashkil etilishi: asosiy vositalarni foydalaiish joylarida saqlash uchun javobgar shaxslar haqida buyruq (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, shunindek, ular bilan shaxsan to`la moddiy javobgarlik to`g`risida shartnomalar tuzilganligini aniqlash, shuningdek, asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi me'yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi (unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan subyekt buxgalteriyasi qay darajada ta'minlanganligini aniqlash lozim.
Shu tarzda olingan ma'lumotlar auditorga mazkur subyektda asosiy vositalar hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish imkonini va tekshiruvda maxsus e'tibor berish lozim bo`lgan masalalarni aniqlashga yordam beradi.
Bosh daftarda aks ettirilgan 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0200 – «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar», 0300 – «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0700 – «O`rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0800«Kapital qo`yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0920 – «Uzoq muddatli ijara bo`yicha olinadigan to`lovlar», 4800 – «Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 – «Turli kreditorlarga bo`lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar»,
7900 – «Turli kreditorlarga bo`lgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar» sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ravishda analitik hisob registrlari va buxgalteriya balansi ma'lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular bo`yicha barcha pozitsiyalar oy boshiga qoldiq oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiqlar bir-biriga to`g`ri kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va subyektga asosiy vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo`yilmalarni, tuzilgan lizing shartnomalari bo`yicha majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tavsiya etiladi. So`ngra subyektning asosiy vositalarni hisobga olish bo`yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish zarur. Bunda asosan quyidagilarga e'tibor berish lozim:

    • asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo`llash qabul

qilinganligi;

    • asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday tartibi qabulqilinganligi, asosiy vositalarni ta'mirlash uchun rezervga mablag` ajratish mexanizmidan foydalanib, ya'ni ta'mirlash fondi (8910 – «Kelgusi xarajatlar va to`lovlar rezervlari» schyoti bo`yicha ta'mirlash fondi schyotini qo`llash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik bo`yicha subyekt hisob siyosatida aks etganligi yoki aks etmaganligi auditor xulosasida qayd etilishi lozim.


Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish