Interiorizatsiya muammosi psixolog olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari tomonidan turli jabhalarda tadqiqot qilingan. Interiorizatsiya sharofati bilan inson psixikasi muayyan vaqt oralig’ida uning idrok maydonida yo’q narsalarning timsolidan foydalanish qurbiga ega bo’ldi. Shu narsa ma’lumki, bunday o’zgarishlarning muhim quroli bo’lib, so’z o’zgarish vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun so’zlarni to’g’ri ishlatishga odatlanish favqulodda buyumlarning muhim xususiyatlarini axborotidan foydalanishning usullarini o’zlashtirish demakdir.
Bizning tuzilmalarimiz o’rganish va ta’lim berish haqidagi ishonchlarimizni ifodalashi hamda birlashish, qatnashish va jamiyat to’g’risidagi muammolarni aks ettirishi lozim. Agar biz tuzilmalarimizni o’rganuvchilarning turli xil bilim olishlari uchun ishlab chiqmasak, unda biz oliy ta’limning cheklovchi amaliyotinin davom ettirgan hisoblanamiz (Watson, 2007).
Mazkur g’oya, Glasgow Caledonian Universitetining innovatsion Saltmire Markazini tashkil etishda qatnashgan shaxslardan biri tomonidan taklif etilgan bo’lib, uning mohiyati guruh bo’lib ta’lim berishdan iborat. Oliy ta’lim tizimida ba’zi repetitorlar guruh sinfxonalari sharoitlariga aynan holatda ishlashadi. Biroq, qatnashish va o’zaro munosabatni rag’batlantirish uchun xonani jixozlashda ko’p ishlar qilinishi mumkin. O’zaro munosabatga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan atrof-muhit omillari keng ko’lamda tadqiqot qilingan bo’lib, uning natijalari moddiy ta’minlashning katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
Ma’lumki, agar ijtimoiy daraja yoki mavqeida farqlar kichik bo’lsa aloqalar ortadi. Shuning uchun repetitorning vazifalaridan biri bo’lib rollardagi farqlarni kamaytirish va shu jumladan o’zining hokimiyatini kamaytirish hisoblanadi. Bu muhokamaning erkin amalga oshishiga xizmat qiladi. Bu oson ish emas, chunki repetitor o’zining hokimiyatini kamaytirish bilan birgalikda doimo holatini nazoratda ushlashi kerak. Ijtimoiy mavqe o’rtasidagi farqlarni minimallashtirish kerakligi to’g’risidagi bu bilim repetitorning haqiqatda guruhda qaysi holatni egallaganiga ta’sir ko’rsatadi. Aslida, ko’zda tutilgan ma’lum natijalarga erishish uchun maxsus xonani tashkil etish mumkin. Quyidagi uch holat (Griffiths va Partington, 1992) bu nuqtai nazarga misol sifatida xizmat qiladi:
Agar jaxldor talabalarning guruhdagi o’rni repetitorga mayilligi teskari (to'g'ridan-to'g'ri ko'z bilan aloqada) yoki xushli bo’lsa unda ularni ko’proq ishtirok etishi uchun imkon berish mumkin.
Juda faol va shovqinli talaba repetitor qarama-qarshisida o’tqazilishi bilan tinchlantirilishi mumkin.
Talaba ishtiroki va talaba bilan talaba muloqoti darajasiga xonaning o’zini tanlash orqali ta’sir ko’rsatish mumkin.
Repetitorning shaxsiy mavqei o’zining xonasi bilan birga talaba ishtirokiga ko’proq yoki kamroq qulay bo’ladimi? To’rt burchakli stol va maxsus kresloli
bezalmagan, bo’sh seminar xonasi guruh faoliyatini boshqarishda qanday ta’sir ko’rsatadi.108
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko’ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo’lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo’nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o’tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko’pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o’girilganda, malaka hosil bo’ldi deyiladi.
Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o’rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko’ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko’nikmalar deb ataymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |