Asosiy vazifalari



Download 5,72 Mb.
bet39/146
Sana11.01.2022
Hajmi5,72 Mb.
#343602
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   146
Bog'liq
KASBIY tarqatma

1.

perseptiv faoliyat

atrof-muhitni yaxlit obrazlar shaklida ongda aks etishini ta’minlovchi faoliyat;

2.

mnemik faoliyat

narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi, yodda saqlab turilishi bilan bog‘liq xotira jarayonlarini o‘z ichiga oladigan faoliyat;

3.

fikrlash faoliyati

aql, fahm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar,

jumboqlarni echishga qaratilgan tafakkur jarayonlari;



4.

imajitiv faoliyat

(“image” – obraz so‘zidan olingan) faoliyat ijodiy jarayonlarda ayni paytda hali hayol va fantaziya vositasida ongda aks etmagan narsalarning xususiyatlarini anglash bilan bog‘liq aqliy

harakatlarni bildiradi.


Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali, bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo’ladi.



Ijtimoiy guruh nazariyachilari kiritish, shakllantirish va yondashuvdan qochish kabi bir qator atamalarni ishlatuvchi guruh faoliyatida boshlang’ich bosqichlarni tasvirlab berishadi (Tuckmann, 1965; Adair, 1996 ga qarang). Bu ishlar guruhlar bo’lib ishlayotgan shaxslarning xulq-atvorini muhokama qilish imkonini beradi. Shu narsa e’tirof etiladiki, guruhlarning qo’shilish holatini oldini olish bo’yicha qarama-qarshi tendentsiya mavjud bo’lib, u bunga talab, xafachilik va og’riqli hollar mavjudligi asos deb bilinadi. Bu “olidinga harakat, orqaga tortish” xulq-atvori guruhning boshlang’ich bosqichlaridanoq keskin holatlarga olib kelishi mumkin, agar bu narsani o’z vaqtida sezib jilovlanmasa. Muayan xulq- atvor talabaning chekinish yoki orqaga qaytishidan ko’ra birlashishdagi boshlang’ich bosqichlarining tabiiy qismi bo’lishi mumkin. Talabalarning o’zlarini

qanday tutishlari mumkinligini tushunish repetitorga ishonch uyg'otish va rivojlanish imkonini beradigan asoslarni ta'minlaydi.106

Borliqdagi qariyb barcha narsalar, munosabatlar, xususiyatlar, shart- sharoitlar, tuzilmalar bir-biri bilan doimiy bog’liqlikka ega bo’lib, muayyan qonuniyat asosida harakatlanadi, bir holatdan ikkinchisiga o’tadi. Shuning uchun idishdagi suv qaynatilsa bug’ga aylanadi, harorat pasaysa, u muzlaydi, havo isiganida esa muz eriy boshlaydi, bahor ketidan yoz keladi, narsalar ishqalansa qiziydi va hokazo. Xuddi shu bois obyekt bilan hodisa o’rtasidagi o’zgarmas, barqaror munosabatlar, obyektning muhim xususiyatlari - hodisaning qonuniyati deyiladi. Ularda o’zgarmas xususiyatlar va qonuniyatlarning mavjudligi o’zgarishlarni oldindan payqash, harakatlarni muvofiq yo’naltirish imkonini vujudga keltiradi.



Borliqdagi jonli mavjudotlarning o’ziga xos tarzda, muayyan yo’nalishda, ma’lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga undovchi ehtiyojlar ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi.

Amerika, Lotin Amerika va Afrika davlatlarida agar o’smir bola gapirib turgan bo’lsa, kichiklar uni hurmat qilib eshitishlari va gapini bo’lmasligi kerak (TorresGuzman, 1998). Sinfxonada o’qituvchi o’quvchilarning ko’zlari unga yo’naltirilmagan (hammagni ko’zlaring menda bo’lsin yoki doskada bo’lsin degablaridek) bo’lsa yoki e’tibor berilmayotgan bo’lsa, o’qituvchi bu holatni o’qiga bo’lgan hurmatsizlik deb qabul qiladi.

    • Ijtimoiy masofa farq ma’daniy tarzda turlicha bo’ladi.Ba’zi joylarda suhbat bo’layotgan paytda bir-biriga yaqin turish oddiy ma’daniyatdek qaraladi;boshqalarida bo’lsa, bir biridan uzoqda turish oddiy hol ko’rinadi (Beaulieu, 2004). Agar o’quvchi va o’quvchi turli xil ijtimoiy masofa tanlasa muammolar yuzaga kelishi mumkin. Masalan o’quvchi yaqin masofani afzal ko’rsa o’qituvchi buning teskarisini xohlasa bu shilqimlikka o’xshab ko’rinadi, yoki bo’lmasam o’qituvchi yaqin masofani xohlab o’quvchi xohlamasa bu ortiqch rasmiylik yoki ikkilanishdek tuyiladi.

    • Kutish vaqti madaniy ravishda turlicha bo’ladi.Kutish vaqti bir insonning savoli va ikkinchisining javobi o’rtasidagi oraliq hisoblanadi. Ba’zi ma’daniyatda kutish vaqti nisbatan uzoq uch yoki to’rt sekund bo’ladi (Tharp & Gallimore, 1989). Boshqa birlarida bo’lsa, inson gapini tugatib olishidan oldin unga javob berib bezovta qilish (manfiy) oddiy hol sanaladi. Sinfxonada, kutish vaqti nisbiy olganda bir sekundni tashkil qiladi; undan keyin o’qituvchi boshqa o’quvchiga yuzlanib boshqa savol beradi.Agar oquvchi bir sekunddan uzoq o’tib javob bersa u ikkilanganga o’xshab tuyuladi. Agar o’quvchi manfiy kutish vaqtiga moyil bo’lsa, u biroz qo’pol va hovliqma bo’lib ko’rinadi.

    • Angliya madaniyati, savollar odatda biror ma’lumot olish uchun beriladi va savol so’rayotgan insonda haqiqattan ham so’ralgan ma’lumot yo’q bo’ladi. (Rogoff, 2003). Ko’plab sinfxonalarda, o’qituvchi odatda o’quvchilardan





106A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 77.

savol so’raydi va javobini o’qituvchi allaqachon bilgan bo’ladi, u shunchaki o’quvchi javobni biladimi yoki yo’q shuni tekshiradi (Macbeth, 2003). Savol: “2 + 2 nechchi bo’ladi?” misol bo’ladi.Agar o’quvchi bu tekshirilish maqsadni bilmasa chalg’ib ketishi yoki o’qituvchi chindan ham e’tiborsiz deb o’ylashi turgan gap. Bundanda yomonio’qituvchi xuddi o’quvchining bilmasligini boshqalarga oshkora qilib uni sharmanda qilayotganga o’xshaydi.107

Insonning faolligi boshqa mavjudotlardan tub darajada ham mohiyat, ham shakl jihatdan tafovutga ega bo’lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda qondirilishida o’z ifodasini topadi.

Jumladan, mavjudotlar va hayvonlar o’zlarining tanasi va uning a’zolari tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga binoan, o’z o’ljasini tutib olishga nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan payqash sezgirligi orqali zudlik bilan faol harakat qiladi.

Hayvonlar ehtiyojlarining qondirilishi jarayoni qanchalik maqsadga muvofiq ravishda kechgan bo’lsa, bu esa o’z navbatida, ularning qurshab olgan yashash muhitiga engillik bilan moslashuvini ta’minlaydi.

Masalan, asalari xatti-harakatining tug’ma, irsiy dasturi uning gulshira (nektar) yig’ish ehtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu ehtiyojlarni qondirish obyektlari (gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi, qaysi tomonda joylashganligi, mo’l-ko’lligi kabilar ham) aks etadi. Shu boisdan mavjudotlarning ehtiyojlarida ularning faolligi omili sifatida tabiiy alomatlar, instinktlar, shartsiz reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi.

56-rasm

Inson faoliyati shakllari, turlari, avvalo, mehnat taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. Faoliyat elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va

manfaatlari, faoliyat predmeti, motivlari, faoliyatning maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va usullarini tashkil etadi.


Faoliyat muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi.

Keyingi davrlarda faoliyat funksiyalarining murakkablashuvi, turlarining ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy ahamiyatga molik masalaga aylandi. Shu bois, faoliyat bir qancha fanlar: psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya, huquqshunoslik, xususan, falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi.

Inson faoliyati murakkab va o’ziga xos jarayon bo’lib, shunchaki ehtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko’pincha jamiyatning maqsadi va talablari bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo’yilgan maqsadning anglanilganligi, unga erishish




107David G. Mаyers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 81-83b.

bo’yicha ish harakatlari tajribasi anglanilganligi va bog’liq ekanligi inson faoliyatining o’ziga xos belgisi bo’lishini tasdiqlaydi.




    1. rasm


Odatda faoliyatga ta’rif berilganda, birinchi galda anglanilgan maqsad bilan boshqarilishi, so’ngra psixik (ichki) va jismoniy (tashqi) faollikdan iborat ekanligi ta’kidlab o’tiladi. Lekin ushbu belgilar faoliyat ta’rifini mukammal tarzda ochib bermaydi. Ilmiy matnlar tahlilining ko’rsatishicha, faoliyat tushunchasi falsafa, fiziologiya, sotsiologiya, psixologiya fanlari predmetidan kelib chiqib, o’zaro qorishish oqibatida mehnat, ish, aktivlik, xulq singari to’rt xil tavsifga ega bo’lgan.

Yuqorida zikr etilgan tashqi va ichki faoliyatdan tashqari psixologiyada tarkib nuqtai nazaridan aqliy va jismoniyfaoliyat turlari farqlanadi. Aqliy faoliyat aqliy, intellektual harakatlarga asoslanadi va shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan harakatlarini o‘z ichiga oladi. Undan farqli, jismoniy faoliyat motor harakatlarga tayanadi.



    1. rasm


Faoliyatga yo’nalgan maqsad, odatda, yo ko’proq, yo ozroq darajada uzoqlashgan bo’ladi. Kishi ana shu maqsad yo’lida harakat qilgan sari uning oldida paydo bo’ladigan qator juz’iy vazifalarning kishi tomonidan izchillik bilan xal etila borishidan tarkib topadi.

Faoliyatning yolg’iz bitta oddiy joriy vazifani bajarishga yo’naltirilgan nisbatan tugallangan har bir shunday qismi harakat deb ataladi. Harakat tarkibiga kiruvchi sa’i-harakatlar sistemasi pirovard natijasida ushbu harakatning maqsadi bilan boshqariladi va yo’naltiriladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali bilimlar zahirasini boyitayotgan bo’ladi.





Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish