Xulosa. Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog’lanishi natijasida hosil bo’lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Psixologiyada xulosa chiqarish jarayonida foydalanilgan tayyor hukmlar asoslar deyiladi, ularni taxlil qilib chiqarilgan yangi hukm esa xulosa deb ataladi. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan: har qanday harakat materiya harakatidir; Issiqlik harakat shaklidir degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan; «Demak, issiqlik materiya harakatidir» degan yangi hukm chiqariladi.
Psixologiya fanida tafakkur turlari quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |