Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga
oshiradi:
jami respublika bo„yicha va hududlar kesimida muhim tovarlar va xizmatlar
narxlari (tariflari) dinamikasining tahlili;
soliq qonunchiligini takomillashtirish bo„yicha takliflar kiritish uchun xo„jalik
sub'yektlari faoliyatiga soliq yukining ta'siri tahlilini o„tkazish;
tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilingan O„zbekiston Respublikasi
Hukumatining farmon va qarorlari, qonunlar va boshqa me'yoriy-huquqiy xujjatlar
loyihalarining ekspertizasi;
makroiqtisodiy ko„rsatkichlarning o„zaro uyg„unligini ta'minlash maqsadida davlat
byudjetini ishlab chiqishda ishtirok etish (yig„ma byudjetni milliy iqtisodiyotning
boshqa sektorlari bilan);
yig„ma byudjet daromadlarining o„rnatilgan prognoz ko„rsatkichlariga muvofiq,
soliq to„lovlari bo„yicha tushumlar, byudjet va byudjetdan tashqari jamg„armalarga
to„lovlar bo„yicha boqimanda qarzdorlik darajasi yuzasidan monitoring olib borish;
narx va monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yo„nalishlari bo„yicha takliflar
tayyorlashda, tovarlar va xizmatlar narxlari va tariflarini boshqarish mexanizmini
takomillashtirishda ishtirok etish;
byudjet, soliq, pul-kredit siyosati va tabiiy monopoliyalar tovarlari va xizmatlari
narxlari va tariflarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan
monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yo„nalishlari bo„yicha takliflar
tayyorlashda ishtirok etish;
iqtisodiyotdagi tarkibiy o„zgarishlarning o„rta muddatli prognozlarini ishlab
chiqishda ishtirok etish;
Davlat byudjeti daromadlari tushumining prognozini ishlab chiqishda ishtirok
etish;
bank, soliq va statistika qonunchiligini hamda iste'mol narxlari indeksini hisoblash
metodikasi va metodologiyasini takomillashtirishda ishtirok etish;
respublika iqtisodiyot organlari, x
o„jalik birlashmalari, mahalliy boshqaruv
organlarining pul agregatlari va inflyatsiya jarayonlarini prognozlashtirish
borasidagi uyg„unlashgan faoliyatini ta'minlovchi metodik va instruktiv materiallar,
shakl va ko„rsatkichlarni tayyorlashda ishtirok etish;
pul
muomalasi,
inflyatsiya
va
narxlarning
shakllanishi
borasida
barqarorlashtirishga qaratilgan muammolarni hal qilish bo„yicha tashkiliy-metodik
ishlarni o„tkazishda ishtirok etish;
kelgusi yil uchun statistik ishlarni o„tkazishga davlat buyurtmasini shakllantirish
hamda bo„lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo„yicha statistik hisobotlarning shakl
va ko„rsatkichlariga umumiy talablarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
inflyatsiya jarayonlarini prognozlashtirish va imitatsion modellashtirishning ilmiy
bazasini ishlab chiqishda ishtirok etish;
iqtisodiy islohotlarning borishi natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish hamda
ularni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlik va
inflyatsiyaning pasayishini ta'minlovchi iqtisodiy siyosatning ustuvorliklarini
amalga oshirish mexanizmini korrektirovka qilish bo„yicha takliflar tayyorlash;
iqtisodiyot va uning tarmoqlari bo„yicha moliyaviy holatning, pul muomalasining
hamda narxlar indekslarining hisobot va prognoz ko„rsatkichlarini ishlab chiqish
asosida inflyatsiya darajasi va uning tendensiyalarining tahlili;
rahbariyatga axborot berish maqsadida narxlar indekslarining yillik, choraklik va
oylik statistik dinamik qatorlari tahlilini amalga oshirish;
respublika iqtisodiyot organlari, v
azirliklar, idoralar, xo„jalik birlashmalari, mahalliy
boshqaruv organlarining davlat va mahalliy byudjet, pul agregatlari va inflyatsiya
jarayonlarini prognozlashtirish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo„yicha
takliflar kiritish;
bo„lim vakolatiga kiradigan masalalar bo„yicha ilg„or xorijiy tajribalarni muntazam
ravishda o„rganib borish va zaruriyat tug„ilganda ularni joriy qilish bo„yicha takliflar
kiritish;
bo„lim xodimlari tomonidan mutasaddilik qilinadigan masalalar bo„yicha
ma'lumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va yangilab borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |