Bosh boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi
funksiyalarni amalga oshiradi:
iqtisodiyotni rivojlant
irishning muhim ustuvor yo‟nalish va strategiyalarini ishlab
chiqishni tashkillashtirish, davlat ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi siyosatini asoslash,
iqtisodiy rivojlanishni barqarorlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta‟minlashga
yo‟naltirilgan iqtisodiy islohotlar jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, bozor
metodlari va vositalari asosida iqtisodiyotni liberallashtirishni amalga oshirishning
ta'sirchan mexanizmini ishlab chiqish;
mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish asosiy makroiqtisodiy ko‟rsatkichlari,
makroiqtisodiy mutanosiblik, iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash
ko„lamlarini, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini
b
aholash indikatorlari tizimi, tarkibiy o‟zgarishlar va tendensiyalar bo‟yicha
sistematik
yaxlit tahlil o‟tkazish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni
aniqlash va uni
bartaraf etish yo‟llarini asoslash;
byudjet, soliq, pul-kredit, valyuta va monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy
yo'nalishlari, mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarga narxlar va tariflarni tartibga
solish mexanizmini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;
asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning pul-kredit agregatlari, davlat byudjeti
parametrlari, tashqi savdo, to'lov balanslari va tarmoqlararo balanslar bilan o'zaro
bog'liqligini ta'minlovchi mexanizmni shakllantirishda qatnashish;
moliya, pul muomalasi, inflyatsiya va narxlarni shakllantirida muvozanatlashga
yo'naltirilgan muammolarni echishga qaratilgan tashkiliy-uslubiy ishlarni
o'tkazishda qatnashish;
prognoz qiymat loyihasini, shuningdek hom-ashyo, materiallar, tayyor mahsulot
va oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bo'yicha talab va taklif muvozanatini
ishlab chiqishni tashkillashtirish;
jaxon tajribasi va ilmiy tadqiqotlar, makroiqtisodiy modellashtirish, moliyaviy
dasturlash va balans metodlariga asosan makroiqtisodiy parametrlarni
prognozlashtirish va tahlil qilish metodologiyasini takomillashtirish;
iqtisodiyot rivojlanishini prognozlashtirish sohasidagi respublika iqtisodiy
organlarini, xo'jalik birlashmalari, mahalliy boshqaruv organlarini izchil faoliyatini
taminlaydigan tashkiliy-metodik rahbarlikni va nazorat qilish ishlarini amalga
oshirish;
asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni prognozini (qisqa va uzoq muddatli
davrga), respublika iqtisodiyotining rivojlanishi ahvoli to'g'risida yillik va har
choraklik ma'ruzalar tayyorlaydi, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar va
mamalakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, iqtisodiy islohatlarni
normativ-xuquqiy ta'minlash bo'yicha asoslangan xulosa va takliflar tayyorlashni
ta'minlash;
statistik ma'lumotlar olish, mutassadilik qiladigan masalalari bo'yicha statistika
hisobini va hisobotlar metodologiyasini takomillashtirish qismi bo'yicha
o'zbekiston respublikasi davlat statistika qo'mitasi bilan yaqin hamkorlikni amalga
oshirish;
ilmiy iqtisodiy tadqiqot mavzulari bo'yicha davlat buyurtmasini shakllantirishda
ishtirok etish;
har choraklik indikatorlar tizimlarini baholash va tahlil qilish natijasida keyinchalik
vazirlar mahkamasiga kiritish uchun iqtisodiy umumlashtiruvchi qisqacha
ma'lumot tayyorlash qismi bo'yicha o'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi
huzuridagi prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti bilan yaqin
hamkorlikni amalga oshirish;
iqtisodiy islohatlar jarayonlarini chuqurlashtirishga yo'naltirilgan qonunchilik
bazasini va yangi qonunchilik aktlarini ishlab chiqishda qatnashish;
mamalakatda va respublika hududlarida qulay biznes-muhitni yaratish bo'yicha,
tadbirkorlikka, kichik va hususiy biznesga ko'proq erkinlik berish amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish;
hisobot tizimlarini va moliya, soliq va statistika organlariga hisobotlarni topshirish
mexanizmlarini yanada takomillashtiri va unifikatsiyalashtirish bo'yicha takliflar
tayyorlashda qatnashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |