Mustaqil yechish uchun masalalar
1.6. Uzunligi l =28,5 km bo‘lgan mis simli telefon tarmog‘i qarshiligini aniqlang. Atrof-muhit harorati 20 °S va simning diametrini d = 4 mm deb oling.
javob: 80 Om
1.7. Uzunligi l =57 km va diametri d=5 mm bo‘lgan mis simning qarshiligi aniqlang. Atrof-muhit harorati 40 °S.
javob:54 Om
1.8. Nominal quvvati 1 kVt va kuchlanishi 220 V bo‘lgan istemolchi 110 V li tarmoqqa ulangan. Nominal va 110 V kuchlanishda istemolchi quvvati va toki aniqlansin.
javob:250 Vt; ≈ 4,55 A; ≈ 2,27 A
1.9. Qarshiligi Rt=4 Om bo‘lgan ikki simli o‘zgarmas tok tarmog‘iga (1.2-rasmdagi ekvivalent sxema) qarshiligi 0 dan ∞ qadar o‘zgaradigan iste’molchi Ris ulangan. Liniya boshidagi kuchlanish Uab. Iste’molchi qismalaridagi Ucd kuchlanish, liniya toki va manba tomonidan (P1) iste’molchiga (P2) uzatilayotgan quvvat aniqlansin. Hisoblashlar iste’molchi qarshiligi Ris =0; Rt; 2Rt; 5Rt; 10Rt; ∞ bo‘lgan holatlar uchun amalga oshirilsin.
1.10. Kundalang kesim yuzasi 1 mm2 bo‘lgan mis sim orqali 1 A tok oqmoqda. Har bir mis atomida bittadan erkin elektron mavjud deb hisoblab, o‘tkazgich buylab tartibli harakatlanayotgan elektronlarning o‘rtacha tezligini aniqlang. Misning zichligi 8,9 g/sm3.
javob:75 mkm/s
1.11. O‘zgarmas kuchlanishli manba qismalarida harorat t1=20°S dan t2=1200°S qadar o‘zgarsa, zanjirning aktiv bo‘lmagan qismidan oqib o‘tayotgan tok kuchi qanday o‘zgaradi. Platina qarshiligining harorat koeffisienti 3,65·10-3 K-1 ga teng deb olinsin.
javob: 5,3 marta
1.12. Kundalang kesim yuzasi 0,3 mm2 bo‘lgan mis sim orqali 0,3 A tok oqmoqda. Elektr maydoni tomonidan alohida erkin elektronlarga ta’sir etayotgan kuchini aniqlang. Misning solishtirma qarshiligi 17 mOm·m.
javob: 2,72·10-21N.
1.13. Qarshilishi 10 Om bo‘lgan o‘tkazgichdagi tok kuchi 30 s davomida bir tekis I0=3 A dan I=0 qadar kamaydi. Ushbu vaqt oralig‘ida o‘tkazgichda ajralib chiqqan issiqlik miqdorini aniqlang.
javob: 900 J .
1.14. Alyumin simdagi elektr maydoni zichligi 5 A/sm2 ga teng. Agar alyuminning solishtirma qarshiligi 26 mOm·m bo‘lsa, tokning solishtirma issiqlik quvvatini aniqlang.
Javob: 65 J/ (m3·s)
1.15. Manbaning EYUK E =12 V; ichki qarshiligi Rich=1 Om. Tashqi qarshilikning qanday qiymatida uning quvvati eng yuqori bo‘ladi va nimaga teng?
javob:1 Om; 36 Vt
1.16. Havo liniyasi simlari qarshiligini +40 va –40 °S haroratlarda aniqlang. Liniyaning uzunligi l =28,5 km, mis simning diametri d=5 mm.
javob: 540 m; 38 Om.
1.17. Iste’molchi 220 V kuchlanishda 5 sutka tinimsiz ishlab 24 kVt·soat energiya isrof qildi. Tok kuchi va iste’molchi qarshiligini aniqlang.
javob:0,91 A; 242 Om
1.18. Iste’molchi va generatorni birlashtiriuvchi, diametri 4 mm bo‘lgan o‘tkazgichdagi tok zichligini aniqlang. Generatorning sutkalik energiya iste’moli 220 V kuchlanishda 48 kVt·soatni tashkil etadi.
javob: 0,72 A / mm2
1.19. Quvvati 5 kVtli 220 V kuchlanishga ega bo‘lgan tarmoq ichki qarshiligi Rich=0,22 Om bo‘lgan generatorga ulangan. Generatorning EYUK va FIK ni aniqlang.
javob: 225 V; 97,8 %
1.20. 220 V kuchlanish va 85 % FIK ga ega o‘zgarmas tok elektrodvigatelining mexanik quvvati 8,5 kVt ni tashkil etadi. Dvigatelning elektr quvvati va tokini aniqlang.
javob: 10 kVt; 45,5 A
1.21. G‘altak tayyorlashda diametri 0,5 mm li bo‘lgan 200 m mis sim ishlatildi. Agar tokning ruxsat etilgan zichligi j=2 A/mm2 ga teng bo‘lsa, ushbu g‘altakka ulash mumkin bo‘lgan o‘zgarmas kuchlanishni aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |