Joul-Lens qonuni. Elektr zanjiridagi R qarshilikli elementdan t vaqt ichida ajralib chiqqan issiqlik miqdori quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(1.4)
bu yerda elektr o‘tkazuvchanlik, elektr quvvati.
Chiziqli elektr zanjirlarni Om va Kirxgof qonunlariga asoslangan holda hisoblash
Om va Kirxgof qonunlari yordamida har qanday murakkablikdagi elektr zanjirlarini hisoblash mumkin bo‘lsa ham, asosan konturlari soni ko‘p bo‘lmagan nisbatan oddiy zanjirlarni hisoblashda keng foydalaniladi. Murakkab elektr zanjirlarini ushbu qonunlar yordamida hisoblash bir qancha noqulayliklar tug‘dirib, ko‘p vaqt talab qilinganligi sababli, quyida keltirilgan bir muncha oddiyroq hisoblash usullari ishlab chiqilgan.
Elektr zanjirlarini hisoblashning ko‘pchilik hollarida kuchlanish yoki EYUK manbasi kattaliklari, elektr zanjiri elementlari qarshiliklari ma’lum bo‘lib, tarmoqlardagi toklarni aniqlash ta’lab etiladi. Toklarni aniqlab olgach zanjir elementlaridagi kuchlanishni, alohida va butun zanjir elementlaridagi quvvatni, manba quvvatini va boshqalarni aniqlash mumkin.
Tarmoqlardagi toklarni aniqlab olish uchun “p” ta tenglamadan iborat sistema tuzib olish va ularni toklarga nisbatan yechish zarur. Buning uchun Kirxgofning birinchi qonuniga ko‘ra zanjirning istalgan tarmog‘i uchun (q-1) tenglama tuzib olinadi. Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan n ta mustaqil konturlar uchun etishmaydigan n=p-(q-1) tenglamalar tuzib olinadi.
Masala yechish namunalari
1.1. Kuchlanishi 110 V bo‘lgan o‘zgarmas tok zanjiriga o‘langan quvvatlari 60 Vt va 40 Vt bo‘lgan H1 va H2 lampalar bir sutka mobaynida yonib turdi (1.2-rasm). Tarmoqdagi umumiy tok, lampalarning har birining qarshiligi va ular orqali oqib o‘tayotgan tok hamda tarmoq orqali isrof qilingan elektr energiyasi tannarxini hisoblang. Elektr energiyasining tannarxi bugungi kun narxlaridan olinsin.
1.2-rasm.
Yechish. Har lampaga ta’sir etayotgan kuchlanish 110 V. H1 va H2 lampalardagi tok kuchi mos holda
Tarmoqning umumiy toki I= I1+I2=0,545+0,364 = 0,909 A.
Lampalar qarshiligi
Lampalarning umumiy quvvati
P= P1+P2=60+40 =100 Vt.
Bir sutkada ishlatilgan energiya
W =Pt =100⋅24 =2400 Vt⋅soat =2,4 kVt⋅soat.
Isrof qilingan energiya narhi
C = WX = 2,4X so‘m.
1.2. 1.3-rasmda keltirilgan sxema uchun quyidagilar berilgan: manbaning ichki qarshiligi Rich=0,1 Om, tarmoq simlari qarshiligi Rt=0,5 Om. Agar istemolchi qarshiligi Ris va kuchlanishi Ucd 1.1-masaladagi kabi bo‘lsa, zanjirning FIKni aniqlang.
1.2-rasm.
Yechish. Lampalarning umumiy quvvati P1+P2 va tok I kuchi 1.1-masaladagi kabi bo‘lsa, ichki qarshiligi Rich.bo‘lgan tarmoqda isrof bo‘lgan quvvat I2Rt ga teng. Shu sababli FIK
1.3. Qaynatgichga urnatilgan nixrom simli qizdirgichdagi ruxsat etilgan tok zichligi j=10 A/ mm2. Diametri d = 0,4 mm bo‘lgan nixrom sim orqali qanday tok o‘tkazish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |