SHORT FUTBOL 3х3
1. O'yin 5 daqiqadan 2 taym davom etadi. Sekundomer faqatgina uzoq muhokama qilinadigan holat
(jarohat, munozarali holat, to'p bilan bog'liq muammo va sh.k.) yuzaga kelsa to'xtatiladi.
2. Maydon o'lchami 18 x 9 (o'zgartirish mumkin).
3. 3 ga 3 bo'lib o'ynaydilar, almashuvlar soni cheklanmagan.
4. Darvozabonlar yo'q. Agar qo'l bilan o'ynalsa, jarima zarbasi, agar jarima maydonida qo'l bilan
o'ynalsa – penalti belgilanadi.
5. Penalti ochiq darvozaga maydon markazidan turib uriladi. Agar to'p darvoza chizig'ini havodan
kesib o'tsa, gol hisoblanadi.
6. Agar o'yinchi jarima maydonchasida 2 soniyadan ko'proq tursa, penalti belgilanadi.
7. Sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakatlar va o'yinchi chetlatilgan taqdirda, ozchilikda qolgan
jamoaga mag'lubiyat hisoblanadi.
8. Barcha munozarali holatlarda yakuniy qarorni hakam beradi.
9. Agar o'yin boshlanib, qandaydir sababga ko'ra to'liq o'ynalmasa, unda barcha garovlar 1
koeffitsiyenti bilan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |