9.47. SHORT FUTBOL
SHORT FUTBOL 2х2
1. O'yin 5 daqiqadan 2 taym davom etadi. Sekundomer faqatgina uzoq muhokama qilinadigan holat
(jarohat, munozarali holat, to'p bilan bog'liq muammo va sh.k.) yuzaga kelsa to'xtatiladi.
2. Maydon o'lchami 18 x 9 (o'zgartirish mumkin).
3. 2 ga 2 bo'lib o'ynaydilar, almashuvlar soni cheklanmagan.
4. Darvozabonlar yo'q. Agar qo'l bilan o'ynalsa, jarima zarbasi, agar jarima maydonida qo'l bilan
o'ynalsa – penalti belgilanadi.
5. Penalti ochiq darvozaga maydon markazidan turib uriladi. Agar to'p darvoza chizig'ini havodan
kesib o'tsa, gol hisoblanadi.
6. Burchak to'plari va autlar yon va markaziy chiziqlar kesishgan joyidan tepiladi, raqiblar bu vaqtda
maydonning o'ziga tegishli yarmida bo'lishlari kerak.
7. Sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakatlar va o'yinchi chetlatilgan taqdirda, ozchilikda qolgan
jamoaga mag'lubiyat hisoblanadi.
8. Barcha munozarali holatlarda yakuniy qarorni hakam beradi.
9. Agar o'yin boshlanib, qandaydir sababga ko'ra to'liq o'ynalmasa, unda barcha garovlar 1
koeffitsiyenti bilan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |