Sotsial infrastruktura – ijtimoiy hayotning barcha sohalari, shu jumladan ijtimoiy-maishiy sohada inson hayoti va faoliyatini oqilona tashkil etishni ta’minlovchi moddiy elementlarning mustahkam majmui.
Sotsial maqom (status)– individning ijtimoiy munosabatlar tizimidagi holati.
Sotsial nazorat – jamiyatning sog‘lom ijtimoiy tartibini ta’minlashni nazarda tutgan holda individ xatti-harakati va xulq-atvoriga maqsadli ta’sir ko‘rsatish.
Sotsializatsiya (ijtimoiylashuv) – individ tomonidan mavjud ijtimoiy normalar, qadriyatlar va bilimlar tizimini o‘zlashtirish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |