Sotsial bashorat – ijtimoiy rivojlanish xususiyati va yo‘nalishi, jamiyat ijtimoiy rivojlanishining ustuvor jihatlarini, o‘tmish tajribalari, uning tadrijiy o‘zgarib borishi asosida oldindan aytib berish. Bashorat –ma’lum bir dalillarga asoslangan xolda biror-bir jarayonning rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosga tayanib oldindan aytib berish.
Sotsial dinamika – jamiyatning muntazam ravishda muayyan kuchlar ta’sirida taraqqiy etishi va ijtimoiy hayotdagi voqealarning o‘zgarib borish jarayoni.
Sotsial jarayon – individ, ijtimoiy institutlar, guruhlarning ijtimoiy holati yoki turmush tarzining o‘zgarishini ifodalovchi barqaror harakatlar, o‘zgarishlar, xatti-harakatlar holatlarining majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |