187 -modda. Taftish o‘tkazish uchun tayinlanadigan shaxslar
Oldingi
tahrirga qarang.
Taftish o‘tkazish uchun tayinlanadigan shaxslar sifatida O‘zbekiston
Respublikasi Bosh
prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi
kurashish departamentining,
davlat soliq
xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va
hududiy moliya organlarining
mutaxassislari ishtirok etishi mumkin.
(187 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Zarur bo‘lgan
hollarda, surishtiruvchining,
tergovchining,
prokurorning qaroriga yoxud
sudning ajrimiga ko‘ra boshqa davlat organlari va tashkilotlarning xodimlari ham taftish o‘tkazish
uchun jalb etilishi mumkin.
187 -modda. Tadbirkorlik subyektlarini taftishdan o‘tkazish shartlari
Tadbirkorlik subyektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar
albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan
mustasno) o‘tkaziladi.
Yuridik xizmat vakilining ishtirokidan va (yoki) advokatning yuridik
yordamidan voz kechish
taftishning keyingi bosqichlarida tadbirkorlik subyekti tomonidan ularni jalb etish uchun to‘siq
bo‘lmaydi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxs tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning taftish o‘tkazishda
ishtirok etishga yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etishga yoxud ularning ishtirokidan
voz kechishga bo‘lgan huquqini taftish o‘tkazish boshlanguniga qadar yozma shaklda tushuntiradi
va bu haqda bayonnoma tuziladi.
Agar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan yuridik xizmat vakilini
va (yoki) advokatni jalb etish niyati bildirilsa, taftish o‘tkazishning boshlanishi yuridik xizmat vakili va
(yoki) advokat yetib kelguniga qadar, biroq ko‘pi bilan yigirma to‘rt soatga to‘xtatib turiladi.
Yuridik xizmat vakilining va (yoki) advokatning yigirma to‘rt soat ichida yetib kelish imkoniyati
bo‘lmagan taqdirda, taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi.
Taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi quyidagi hujjatlarning mavjud bo‘lishi
tadbirkorlik subyektini taftishdan o‘tkazishning majburiy shartidir:
taftish tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim;
vakolatli organning taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
taftish o‘tkazuvchi shaxsning xizmat guvohnomasi;
taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma.
Do'stlaringiz bilan baham: