Ekspert tekshiruvi uchun namunalar gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan,
jabrlanuvchidan, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha
ustidan ish
yuritilayotgan shaxsdan olinishi mumkin.
Hodisa sodir bo‘lgan joyda yoki ashyoviy dalillarda boshqa shaxslar tomonidan ham iz
qoldirilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida yetarlicha asoslar bo‘lgan taqdirda shu shaxslardan ham
ekspert tekshiruvi uchun namuna olinishi mumkin.
191-modda. Namuna olish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
Namuna olish to‘g‘risida surishtiruvchi,
tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda:
namuna oladigan shaxs yoki organ; namuna olinishi kerak bo‘lgan shaxs; aynan qanday namuna
va qancha miqdorda olinishi lozimligi; namuna olinadigan shaxs qachon va kimning huzuriga
kelishi zarurligi; olingan namunaning qachon va kimga taqdim qilinishi kerakligi ko‘rsatilishi lozim.
192-modda. Namuna olishda majburlov chegarasi
O‘zidan namuna olinishi uchun kelishdan bosh tortayotgan
gumon qilinuvchilar,
ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar majburiy keltirilishi mumkin, bunda,
basharti
qo‘llaniladigan usullar og‘riq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz bo‘lsa,
ulardan majburlov yo‘li bilan namunalar olinadi.
O‘zga shaxslardan namunalar faqat ushbu Kodeksning
190-moddasida
nazarda tutilgan
hollarda hamda tanosil kasalligi va boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan
hollarda majburlov yo‘li bilan olinishi mumkin.
193-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan namunalar olish tartibi
Surishtiruvchi yoki tergovchi namuna olinishi kerak bo‘lgan shaxsni chaqirtiradi yoki u turgan
joyga borib, uni namuna olish to‘g‘risidagi qaror yoki sudning o‘ziga
kelib tushgan ajrimi bilan
tanishtirib tilxat oladi va bu shaxsga, mutaxassisga, xolislarga ularning
huquq va majburiyatlarini
tushuntiradi, agar kimdir rad etilgan bo‘lsa, bu masalani hal qiladi. Keyin surishtiruvchi yoki
tergovchi kerakli harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda og‘riq
bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lmagan ilmiy-texnikaviy vositalar
qo‘llanilishi mumkin.
Murdadan, shuningdek xomashyolardan, mahsulotlardan, boshqa materiallardan namunalar
olish eksgumatsiya qilish, olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Olingan namunalar o‘raladi va muhrlanadi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni namuna
olish bayonnomasi bilan birga tegishli ekspertga yuboradi. Agar namuna olish sudning ajrimiga
binoan amalga oshirilgan bo‘lsa, ushbu ajrimni bajargan surishtiruvchi yoki tergovchi namunalarni
ularni olish to‘g‘risidagi bayonnoma bilan birga sudga yuboradi. Sud taraflar
ishtirokida
namunalarni ko‘zdan kechirib, ularning haqiqiyligiga va to‘la saqlanganligiga ishonch hosil
qilgandan keyin olingan namunani ajrim va bayonnoma bilan birga tegishli ekspertga yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: