Asosiy qoidalar


-modda. Sinov muddati to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

543-modda. Sinov muddati to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish
Sudya shartli hukm qilingan shaxsning sinov muddatini qisqartirish bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalarni ko‘rib chiqayotganida sud majlisiga ana shu shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat
olib boruvchi organlarning, shuningdek mahkumni kuzatib turuvchi va u bilan tarbiyaviy ish olib
boruvchi jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakillari taklif etiladi.
544-modda. Sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish
Sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi masala sudya tomonidan jazoni o‘tab bo‘lgan
shaxsning, uning himoyachisi yoki qonuniy vakilining yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoaning
iltimosnomasiga asosan ko‘rib chiqiladi.
Sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda iltimosnoma kim
haqida berilgan bo‘lsa, shu shaxsning sud majlisida qatnashishi shart. U himoyachi olish huquqi
bilan ta’minlanadi. Sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnoma jamoat birlashmasi yoki
jamoa tomonidan berilgan bo‘lsa, ularning vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart.
Sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish taqdim qilingan
iltimosnomani o‘qib eshittirishdan boshlanadi, so‘ng sudya sudda hozir bo‘lganlarning fikrlarini
eshitadi va ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Sudlanganlikni olib tashlash rad etilsa, sudyaga bu masalaga doir qayta iltimosnoma ajrim
chiqqan kundan boshlab kamida bir yil o‘tganidan keyin kiritilishi mumkin.
545-modda. Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga
qo‘shish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish
Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish
to‘g‘risidagi masala jamoat birlashmasi yoki jamoa iltimosnomasi bo‘yicha, jazoni o‘tab chiqqan
shaxs mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan taqdirda esa, uning iltimosnomasi bo‘yicha ham mazkur
shaxs turgan joydagi tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish
to‘g‘risidagi masala sudya tomonidan ko‘rib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida berilgan
bo‘lsa, shu shaxsning, shuningdek iltimos qo‘zg‘atgan jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili
qatnashishi shart.


Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish
to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish mavjud materiallarni o‘qib eshittirish bilan boshlanadi, so‘ng
sudya chaqirilgan shaxslarni tinglaydi, mahkumning axloq tuzatish ishlarini o‘tash vaqtida halol
mehnat qilganligi va namunali xulqidan dalolat beruvchi ma’lumotlarni aniqlab oladi.
Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish
to‘g‘risidagi iltimosnoma yuzasidan sudya chiqargan ajrim ustidan yuqori sudga shikoyat berish va
protest bildirish mumkin.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish