Asosiy qoidalar


 -modda. Mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish tartibi



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

536 -modda. Mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mahkumni amnistiya aktiga asosan asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki
qisman ozod qilish yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki unga
tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish prokurorning
iltimosnomasiga binoan mahkumning jazoni o‘tash joyidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar)
sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(536 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan
kuchga kiradi)
537-modda. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash
sharoitini jazoni o‘tash vaqtida o‘zgartirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni jazoni ijro etishning bir tartibli
koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga va koloniyadan turmaga o‘tkazish
jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining taqdimnomasiga binoan, shuningdek mahkumning
yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga ko‘ra sudya tomonidan amalga oshiriladi.
(537-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sudya jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan
koloniyaga, koloniyadan turmaga o‘tkazishni rad etsa, bu masala yuzasidan kiritilgan taqdimnoma
yoki iltimosnoma rad qilish haqida qaror chiqarilgan kundan boshlab kamida olti oy o‘tgach qayta
ko‘rib chiqilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni
ijro etish koloniyasiga o‘tkazish tarbiya koloniyasi ma’muriyatining voyaga yetmaganlar ishlari
bo‘yicha idoralararo komissiya bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan sudya tomonidan amalga
oshiriladi.
(537-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga
o‘tkazish masalasini hal etishda sudya uning tuzalish darajasini hisobga olishi lozim. Mahkum
1
1


tarbiya koloniyasida jazoni o‘tash muddatini davom ettirish uchun uzog‘i bilan yigirma bir yoshga
to‘lgunga qadar qoldirilishi mumkin.
(537-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish