Asosiy qoidalar


-modda. Qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘iga



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

248-modda. Qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘iga
joylashtirish tufayli yetkazilgan zararni qoplash
Ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘iga
joylashtirish tufayli shaxsga yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi
chiqarilgan bo‘lsa yoki jinoyat ishi ushbu Kodeksning 
83-moddasida 
nazarda tutilgan asoslarga
ko‘ra tugatilgan bo‘lsa, to‘liq hajmda qoplanadi. Bunda ushbu Kodeksning 
yettinchi bo‘limi
qoidalari qo‘llaniladi.
(248-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli 
Qonuni 
tahririda —
O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
249-modda. Garov
Oldingi
 tahrirga qarang.
Garov gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qarindoshlari, boshqa fuqarolar
yoki yuridik shaxslar tomonidan surishtiruv, dastlabki tergov organining yoxud sudning depozit
hisobvarag‘iga topshiriladigan pul mablag‘idan yoki qimmatbaho buyumlardan iboratdir. Garov
tariqasida ko‘chmas mulk ham qabul qilinishi mumkin.
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan sud
tomonidan pul tarzidagi garov qo‘llanilgan taqdirda, garov surishtiruv yoki dastlabki tergov
organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Garovni qabul qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bayonnoma tuzadi, sud esa sud
majlisi bayonnomasiga tegishlicha belgi qo‘yadi. Bayonnomada gumon qilinuvchiga,
ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga uning ushbu Kodeksning 
46 
va 
48-moddalarida 
ko‘rsatilgan
majburiyatlari tushuntirilganligi va u bu majburiyatlarni buzmaslikka so‘z berganligi, garovga
qo‘yuvchiga esa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda


garov summasidan mahrum bo‘lishi ma’lum qilinganligi ko‘rsatilishi kerak. Bayonnoma garovni
qabul qilgan mansabdor shaxs, garovga qo‘yuvchi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi
tomonidan imzolanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Garov summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan kam bo‘lishi mumkin
emas va uni ushbu ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud
ayblovning og‘irligini, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va garovga
qo‘yuvchining shaxsini, garovga qo‘yuvchining mulkiy ahvolini hamda uning gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan munosabatlarini inobatga olgan holda belgilaydi.
(249-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Garovga qo‘yuvchi garovni topshirish chog‘ida, shu ehtiyot chorasi tanlangan ayblovning
mohiyati, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo va
o‘zining javobgarligi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. U o‘zi qabul qilgan majburiyatlaridan
garovning davlat mulkiga o‘tib ketishi uchun sabab bo‘ladigan asoslar yuzaga kelguniga qadar voz
kechishi mumkin.
Garovga qo‘yuvchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini
kuzatishga imkoni bo‘lmaganligini bahona qilishga haqli emas, bundan u bartaraf etib
bo‘lmaydigan vaziyatning ta’sirini isbotlab beradigan hollar mustasno.
Agar ehtiyot chorasini o‘zgartirish uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli ro‘y
bermayotgan bo‘lsa, xuddi shuningdek ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgan yoxud sud hukmi
kuchga kirgan taqdirda garov garovga qo‘yuvchiga qaytariladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan
taqdirda garov sud ajrimi bilan davlat mulkiga o‘tkaziladi va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga,
sudlanuvchiga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qo‘llaniladi.
(249-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish